10-mavzu: inflyasiya va unga qarshi kurash yo‘llari “Inflyasiya” tushunchasining mazmuni va inflyasiyaning turlari. Inflyasiyaning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari


O‘rmalovchi, evida bo‘ladigan inflyasiya



Yüklə 67,86 Kb.
səhifə4/5
tarix10.12.2022
ölçüsü67,86 Kb.
#120783
1   2   3   4   5
Инфляция ва унга карши курашиш йуллари

O‘rmalovchi, evida bo‘ladigan inflyasiya. Bunda narx- navo sekin o‘sadi va inflyasiya sur’atlari
yiliga 1-3% dan 5-10% gacha bo‘ladi. Mamlakatda iqtisodiy o‘sish davom etadi, ishsizlik katta bo‘lmaydi. bunday inflyasiya, odatda, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarga xosdir. Masalan, 1998 yilda inflyasiya sur’atlari Avstriya, Belgiya va Germaniyada - 1,0%,
Ispaniya, Buyuk Britaniya va AQSH da - 2%, Gretsiyada esa 4,8 % ni tashkil etgan. Bulardan tashqari bu guruhga G‘arbiy evropaning boshqa mamlakatlari, Kanada, YAponiya, Singapur, Malayziya, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni va boshqalar kiradi.
Suzib yuruvchi yoki yo‘rtib boruvchi inflyasiya. Bunda yillik inflyasiya sur’atlari 10%dan 100%gacha, ayrim hollarda 200% gacha etadi. Mamlakatda narx-navo tezroq o‘sa boshlaydi, iqtisodiy o‘sish sur’atlari pasayadi, ishsizlik ko‘paya boradi. Bunday inflyasiya rivojlanayotgan mamlakatlarga xosdir. Masalan, 2001 yilda Rossiyada inflyasiya - 18%ni, O‘zbekistonda esa - 24%ni tashkil etgan. 2002 yil O‘zbekistonda inflyasiya darajasi ancha pasaydi, uning o‘rtacha oylik miqdori 1,6 foizdan iborat bo‘ldi.
YUguruvchan inflyasiya yoki giperinflyasiya. Bu haddan tashqari inflyasiya bo‘lib, uning yillik sur’atlari 100% dan ko‘p bo‘lib, ayrim hollarda 1000 % dan ham ortadi. Narx-navo shiddat bilan o‘sadi , pul qadri g‘oyat tez pasayadi, pul topishga bo‘lgan intilish eng past darajaga keladi. Giperinflyasiya sharoitida korxonalar va aholi nima qilib bo‘lsa ham, qadrli pul bo‘lgan iqtisodiy qudratli mamlakatlarning valyutalarini yig‘a boshlaydilar. Narx-navoni mutlaqo tartibga solib bo‘lmaydi, narxlar oyiga 50% atrofida o‘sadi. Tovarlarni pul ishtirokisiz, bir biriga bevosita almashtirish, ya’ni barter paydo bo‘ladi. Pul muomalasi izdan chiqadi.
Giperinflyasiya suratlari 1985 yilda Boliviyada- 38000%, 1990 yilda Nikaragauda-8500%, Peruda-
8291,5%ni tashkil etgan. 1991 yilda SSSR parchalanib ketgandan so‘ng, sobiq Ittifoqdosh Respublikalarda ham giperinflyasiya ro‘y berdi. Jumladan O‘zbekistonda 1994 yilda inflyasiya o‘z cho‘qqisiga chiqib, 1282%ni tashkil etdi.


  1. Yüklə 67,86 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin