Ikkilamchi omillar: O‘quvchilarning darsga psixologik tayyorliklari--o‘quvchilarning oʻzlashtirish darajasi
O‘quvchilarning muayyan darajada hayotiy tajribalarga egaliklari--- O‘quvchilarning tengdoshlari va oʻqituvchi bilan hamkorlik qilishga moyilliklari
O‘quvchilarning oʻqituvchi tomonidan qoʻyiladigan talablarga boʻysunish xohishiga egaliklari --- O‘quvchilarning darsga nisbatan mas’uliyatli yondashishlari, burchni anglay olishlari.
Odatda interfaol ta’limga asoslangan ta’limiy harakatlar quyidagi shakllarda tashkil etiladi:
- individual;
- juftlik;
- guruh;
- jamoa bilan ishlash
Interfaol ta’limni qoʻllash jarayonida talabalar quyidagi imkoniyatlarga ega boʻladi:
- guruh yoki jamoa bilan hamkorlikda ishlash;
- tengdoshlari orasida o‘z g’oyalarini erkin bayon qilish,
- bilimlarini hech qanday ruhiy to‘siqlarsiz namoyish etish;
- muammoni hal qilishga ijodiy yondashish;
- guruh yoki jamoadoshlari bilan ruhiy yaqinlikka erishish;
- o‘z ichki imkoniyat va qobiliyatlarini to‘liq namoyon qila olish;
- fikrlash, fikrlarni umumlashtirish, eng muhimlarini saralash;
- o‘z faoliyatini nazorat qilish va mustaqil baholash;
- o‘z imkoniyatlari va kuchiga ishonch hosil qilish;
- turli vaziyatlarda harakatlanish va murakkab vaziyatlardan chiqa olish ko‘nikmalarini o‘zlashtirish
Interfaol ta’lim muayyan belgilarga ega. Quyidagilar interfaol ta’limga xos asosiy belgilar sanaladi:
Koʻp fikrlilik - Suhbat (dialog)
Fikrlashga asoslangan faoliyat - G’oyalarning yaratilishi (ilgari surilishi)
Tanlash imkoniyatining mavjudligi - Muvaffaqiyatli vaziyatlarni hosil qilish
Refleksiya (refleksiya - lot. “reflexio” – ortga qaytish, aks etishi: kishining oʻz xatti-harakatlari, ularning asoslarini tushunib yetishi, fahmlashiga qaratilgan nazariy faoliyati; bilishning alohida faoliyati; shaxsiy kechinmalari, his-tuygʻulari va oʻy-xayollari mohiyatini fikrlash orqali anglash), oʻz-oʻzini tahlil qilishi.
Barcha ta’lim turlari kabi interfaol ta’lim ham ustuvor tamoyillarga ega:
1. Mashgʻulot – ma’ruza emas, balki jamoaning umumiy ishi.
2. Guruhning tajribasi pedagogning tajribasidan koʻp.
3. Talabalar yosh, ijtimoiy mavqe va tajribaga koʻra oʻzaro teng.
4. Har bir talaba oʻrganilayotgan muammo yuzasidan oʻz fikrini aytish huquqiga ega.
5. Mashgʻulotda talaba shaxsi tanqid qilinmaydi (fikr tanqid qilinishi mumkin).
6. Bildirilgan gʻoyalar talabalarning faoliyatini boshqarmaydi, balki fikrlash uchun axborot (ma’lumot) boʻlib xizmat qiladi.
Interfaol ta’lim quyidagi imkoniyatlarga ega:
- o‘quvchilarda bilimlarni o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqishni uyg’otadi;
- ta’lim jarayonining har bir ishtirokchisini rag’batlantiradi;
- har bir o‘quvchining ruhiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi;
- o‘quv materialining puxta o‘zlashtirilishi uchun qulay sharoit yaratadi;
- o‘quvchilarga ko‘p tomonlama ta’sir ko‘rsatadi;
- o‘quvchilarda mavzular bo‘yicha fikr hamda munosabatni uyg’otadi;
- o‘quvchilarda hayotiy zarur ko‘nikma, malakalarni shakllantiradi;
- o‘quvchilarning xulq-atvorini ijobiy tomonga o‘zgartirilishini ta’minlaydi
Ta’limni tashkil etishga interfaol yondashuvni qaror topshirish uchun pedagoglar bir qator shartlarga rioya eta olishlari zarur. Ular:
1. Ta’lim jarayoniga jamoadagi barcha oʻquvchilarning toʻla qamrab olinishi.
2. Talabalarning mashgʻulotlarga ruhan tayyorliklarini inobatga olish.
3. Talabalar sonining koʻp boʻlmasligi (25-30 nafar oʻquvchi bilan kichik
guruhlarda ishlash samaralidir).
4. O‘quv xonasining jihozlanishi (stullar doira, archa, “Jonli liniya” kabi shakllarda joylashtiriladi).
5. Topshiriqni bajarish, materiallarni taqdim etish, guruhlarning ishlanmalarini muhokama qilish uchun vaqtning aniq belgilanishi.
6. Talabalarning kichik guruhlarga mohirona biriktirilishi (har bir guruhda faol, nofaol talabalarning teng miqdorda boʻlishi)
Shuni aytish joizki, stullar kichik va katta doira shaklida joylashtirilganda kichik doirada talabalar, katta doirada ekspert guruhi joylashadi.
Bugungi kunda jahon ta’lim tizimida interfaol ta’limning quyidagi shakllarda amalga oshirilayotganligi barchaga ma’lum.