boradi, bazan 15-20 m ni tashkil etadi. Ular tog`li rayonlarda ham, tekisliklarda
ham uchraydi.
11-rasm. Karst voronkalari.
12- rasm. Karst qudug`i.
O`ziga xos yuza karst shakllari erish va suffoziya jarayonlarining birgalikda
rivojlanishi tufayli hosil bo`ladi.
Suffoziya
(lotincha suffosio – ostini kavlash)
deganda bo`shoq jinslar orasidan mayda gil zarralarining yuvilib ketilishi
tushuniladi. Karstlanuvchi jinslar qum-gilli yotqiziqlar bilan qoplangan hollarda
shimilayotgan suvlar yordamida ulardagi gil zarralari suv bilan yuvilib, pastdagi
karst bo`shliqlariga olib tushiladi. SHu tufayli qoplama jinslar cho`kib,
ostidagi
karst bo`shliqlariga o`pirilib tushadi.
Erosti karst shakllari asosan karst g`orlaridan iborat bo`ladi. Bu eng yirik
karst shakli bo`lib, uni
speleologiya
fani o`rganadi.
Karst g`orlari gorizontal va qiya kanallar tizimidan iborat bo`lib, odatda
murakkab tarmoqlanuvchi, bir kengayib, bir torayuvchi bo`shliqlardan iborat
bo`ladi. Karst g`orlarining bunday g`orayib shakllari karstlanuvchi jinslardagi
darzliklar tizimi va karstlanuvchi jinslar tarkibining o`zgaruvchanligi bilan bog`liq.
Yirik g`orlarning tubida yer osti ko`llari, soylari mavjud bo`lib, ular nafaqat
tog`
jinslarini eritadi, balki yuvadi ham (eroziya). Ba`zan g`orlarning usti qulab
tushib, karst voronkalari vujudga keladi.
SHunday qilib, erusti va erosti karst jarayonlari o`zaro bog`liq bo`ladi.
Kuchli karstlashgan rayonlarda ko`p qavatli g`orlar rivojlangan. Karst
g`orlarining bunday qavatliligi grunt suvlari sathining o`zgarishi bilan bog`liq.
Eroziya bazisining pasayishi grunt suvlari sathining pasayishi bilan birga kechadi
va bu g`orning yangi qavati shakllanishiga olib keladi.
Karst g`orlari dunyoning ko`plab mamlakatlarida uchraydi. Ular AQSH dagi
Kentukki platosini tashkil etuvchi g`ovakli ohaktoshlarda keng tarqalgan. Bu
erdagi eng yirik Mamont g`ori besh qavatli bo`lib, umumiy uzunligi 300 km va
asosiy zalining balandligi 30 m gacha boradi.
Karst g`orlarining eng chiroylisi Vengriyaning shimolida joylashgan
Agtelek hisoblanadi. U uch qavatli tuzilishga ega bo`lib, umumiy uzunligi 23 km
ni tashkil etadi. Kengligi 60m, balandligi 40 m gacha boradi. G`orning tubida soy
oqadi, ba`zi joylarida erosti ko`llari hosil bo`lgan. G`or
shiftida stalaktitlar keng
rivojlangan (143-rasm). Stalaktitlar pastdan ularga qarama-qarshi o`suvchi
stalagmitlar bilan qo`shilib ketib, ko`p qirrali va g`aroyib shakldagi ustunlarni
tashkil etgan (144-rasm). G`or devorlari silliq yuzali oqmalar bilan qoplangan.
G`orning 55 x 43 m li keng joyida konsert zali tashkil etilgan. Zalning salqin toza
havosi, ajoyib akustikasi, tiniq suvli ko`li, devorlaridagi koshinkor kristallar uni
turistlar uchun ajoyib orogomgahga aylantirgan.
Yer osti suvlarining faoliyati ikkita omil bilan belgilanadi. Ulardan birinchisi
suffoziya bo`lib, ostki jinslardan gil zarralarining yuvilib ketishi va grunt
mustahkamligining keskin pasayishi bilan bog`liq. Ikkinchisi esa erosti suvlarining
gidrodinamik bosimi bilan bog`liq. Tuproqqa shimilgan erosti
suvlari gil jinslarini
ko`pchitib, ular orasidagi ishqalish kuchini keskin kamaytiradi. Natijada ularning
ustidagi jins massalari yog`langan yuzadagidek past qiyalikda ham oson surilib ketadi.
Bu jarayonlar tufayli ko`chkilar rivojlanadi.
G`or ichidagi stalaktitlar, stalagmitlar va ustunlarni hamda uning devoridagi
oqmalarni hosil qilgan mineral zargarlikda oniks deb ataluvchi aragonit
kristallaridan tarkib topgan.
Tog`li, tog`oldi, daryo bo`ylari zonalarida yashaydigan aholi va xalq
xo`jaligi ob`ektlariga katta xavf tug`diradigan tabiiy ofatlardan biri ko`chkilardir.
Yirik ko`chkilarning aksariyat qismi zilziladan so`ng yoki zilzila paytida
hosil bo`ladi.
Markaziy Osiyodagi yer ko`chishi shakli va ko`lami bilan ajralib turadi. Ular
lyoss qatlamlarida tarqalgan bo`lib, yer ostiga shimilayotgan atmosfera yog`inlari
ma`lum chuqurlikkacha borib, suv o`tkazmaydigan qatlamga etgach yonbag`ir
bo`ylab oqadi. Hosil bo`lgan yuzaga siljish yuzasi deyiladi. Siljish yuzasi ustida
turgan yer massasiga gravitatsiya kuchi ta`sir qilishi oqibatida yonbag`irda tik qoya
hosil qilib uzilish paydo bo`ladi va uzilgan bo`lak pastga siljiy boshlaydi.
Harakatdagi jinslarning hajmi bir necha o`n mln. m
3
largacha boradi.
Yer ko`chishi yonbag`irning qiyaligiga, tog`
jinsi tarkibiga, atmosfera
yog`inlari miqdoriga bog`liq holda rivojlanadi. Yonbag`ir qiyaligi qanchalik nishab
bo`lsa, ko`chkining tezligi shunchalik katta bo`ladi. Ko`p holatlarda ko`chki
ekzogen jarayonlardan sel, jarlanish, cho`kish hodisalari bilan uyg`unlashib ketadi.
Tarixiy manbalarga nazar tashlasak, hududimizda XX asrning 60-
yillarigacha bu jarayon tabiiy omil natijasida rivojlanib borganligini ko`ramiz. 60-
yillarning oxiriga kelib tog`li va tog`oldi vodiylarida yer ko`chishi keskin ortib
borgan. Bunga asosiy sabab gidrometeorologik sharoitning murakkablashuvi,
atmosfera yog`inlarining haddan ziyod bo`lishi, qadimdan lalmikor erlar
hisoblangan tog`oldi zonalarida xo`jalik faoliyatining kengaytirilishidir. Tog`oldi
adirliklarida ko`ndalangiga texnik ishlov berilishi natijasida yonbag`irning
eroziyaga bardoshliligi pasayib ketadi va bu xol avval mahalliy,
kichik-kichik,
so`ng yirik ko`chkilar paydo bo`lishiga olib keladi. Ayniqsa, bunday joylar aholi
yashaydigan qishloqlarga yaqin bo`lsa, juda katta xavf tug`diradi.
Yer ko`chishi osuda turmush tarziga xavf solishi, ayniqsa qishloq xo`jalik
iste`molida bo`lgan maydonlarga katta zarar etkazishi oqibatida ko`pgina iqtisodiy
qiyinchilikni yuzaga keltiradi. SHuning uchun ularning paydo bo`lishi, tarqalish
maydonlari maxsus dasturlar asosida o`rganib chiqilib, kerakli xaritalar
tuzilmokda.
Markaziy Osiyo hududlarida tarqalgan ko`chkilar iqlim sharoiti bilan uzviy
bog`liq. Masalan, 1954, 1958, 1969, 1978, 1989 va 1998
yillarda atmosfera
yog`inlari me`yordan yuqori bo`lgani uchun ko`chki jarayonlari ham ko`p bo`lgan.
Respublikamizda ko`chki jarayonlari Surxondaryo, Qashqadaryo, Toshkent,
Farg`ona, Samarqand va Namangan viloyatlari hududlarida eng ko`p tarqalgan.
Ko`chkilarning faollashuv xususiyatini keyingi 40 yil ichida tahlil qilish
ularning ko`payganligini ko`rsatadi. 1962 yildan 1970 yilgacha (ikki mingdan
ortiq) va 1991 yildan 1999 yilgacha (uch mingdan ortiq) ko`chkilar sodir bo`lgan.
Bu davrlarda atmosfera yog`inlari juda ko`p bo`lganligi ham qayd etilgan. O`tgan
asrning oxirgi o`n yilligi ko`chki jarayonining juda faollashgan yili hisoblanadi.
Ko`chkilar tufayli xalq xo`jaligi ob`ektlariga ham jiddiy zarar etkazadi.
Bunda sanoat inshootlari, temir yo`l plotnalari ham ishdan chiqishi mumkin(147-
rasm).
Yer osti suvlari geologik ishining yana bir ekzotik turi bo`lib balchiq
vulkanizm hisoblanadi. Balchiq vulkanizm - bu yer qa`ridan ma`lum kanallar
bo`ylab
davriy ravishda gaz, suv va balchiqning otilib chiqishidir. Balchiq
vulkanlarning hosil bo`lishi uchun yer po`stida suv, ko`p miqdorda gaz, gilli
jinslarning keng tarqalganligi va bu materiallarning davriy ravishda yer yuzasiga
otilib chiqishi uchun anomal bosim va er yoriqlari bo`lishi lozim. Omillarning
bunday uyg`unligi asosan neft va gaz konlari rivojlangan viloyatlarda kuzatiladi va
ushbu hududning neftegazliligining bevosita belgisi hisoblanadi (qarang:
Vulkanizm).
Yer osti suvlari buzish ishlaridan tashqari materiallarni tashiydi va yotqizadi.
Tashilish asosan kimyoviy shaklda, ya`ni chin va kolloid eritmalar tariqasida
amalga oshiriladi.
Eritmalardan cho`kindi hosil bo`lishi ularda modda konsentratsiyasining
oshishi, harorati va filtratsiyasining pasayishi va boshqa sabablar orqali ro`y
berishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: