10-mavzu: yer osti suvlarining geologik ishi. Reja: Yer osti suvlarining paydo bo`lishi


-rasm. Temir yo`l polotnasining buzilishiga olib kelgan ko`chki



Yüklə 119,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/8
tarix13.12.2023
ölçüsü119,36 Kb.
#139852
1   2   3   4   5   6   7   8
10-mavzu yer osti suvlarining geologik ishi. Reja Yer osti suv

16-rasm. Temir yo`l polotnasining buzilishiga olib kelgan ko`chki. 


Yer osti suvlar bilan bog`liq bo`lgan yotqiziqlar orasida ohakli va kremniyli 
tuflar va qo`ng`ir temirtosh keng tarqalgan. 
Ohakli tuflar
— kalsitdan tarkib topgan g`ovak va bo`shliqli jinslar bo`lib, 
erosti suvlarining chiqish joylarida hosil bo`ladi. Nisbatan yirik bo`shliqlarga ega 
bo`lgan bunday tuflar 
travertinalar 
deyiladi. Tog` yonbag`irlarida travertinalarning 
yotqizilishi natijasida balandligi 200 m gacha boradigan supalar hosil bo`lishi 
mumkin. Bunday travertinalar Turkiyaning Paumqala qo`riqxonasida keng 
rivojlangan (148-rasm). 
Termal erosti suvlari er yuzasiga ko`p miqdorda erigan krem-nezem olib 
chiqadi. Bunday erosti suvlari davriy ravishda fontanlar shaklida otilib chiqadi. 
Ularning harorati +95ºC gacha boradi. Geyzer suvlaridan opaldan tarkib topgan 
kremniyli tuflar yoki geyzeritlar hosil bo`ladi. 
Hozirgi vaqtda bunday geyzerlar Kamchatkada va AQSHning Yellouston 
milliy parkida keng rivojlangan. 
Issiq geyzer suvlarida odatda kremnezem erigan bo`ladi. Er yuzasida bunday 
suvlarning tez sovushi tufayli kremnezem opal shaklida cho`kmaga o`tib kremniyli 
tuflar – geyzeritlar hosil bo`ladi. 
Yer osti suvlarining geologik faoliyati bilan bog`liq bo`lgan qo`ng`ir 
temirtosh yotqiziqlari ham ma`lum. Odatda ular temirning eruvchan birikmalariga 
boyigan erosti suvlarining chiqish joylarida shakllanadi. Bunga misol qilib Kerch 
yarimorolidagi 
temir-ma`danli 
konni 
ko`rsatish 
mumkin. 
Ohaktoshlarda 
rivojlangan karst bo`shliqlarida temir va alyuminiy gidrooksidlari bilan boyigan 
qizil rangli gilli jinslar rivojlangan. Ular karbonatli jinslarning erimaydigan 
komponentlaridan tarkib topgan bo`lib, terrarossa (qizil tuproq) deyiladi. 
Tog` jinslari ichidagi darzliklar va g`ovakliklar bo`yicha harakatlanuvchi 
erosti suvlaridagi mineral komponentlardan kalsit va gips tomirlari, kremniy, 
siderit, fosforit va markazitning konkretsiyalari va sekretsiyalari hosil bo`ladi. 
Odatda erosti suvlari terrigen cho`kindilar sementini shakllantiradi va ularni tog` 
jinslariga aylantiradi. 
Yer osti suvlarining inson hayotidagi va xalq xo`jaligining bir qator 
muammolarini echishdagi ahamiyati juda ko`lamlidir. 
Birinchi navbatda erosti suvlari qimmatli foydali qazilma sanaladi va aholini 
ichimlik suvi bilan ta`minlashda hamda qishloq xo`jaligi va sanoat uchun kundalik 
ehtiyoj hisoblanadi. 
Mineral va termal erosti suvlari balneologik ahamiyatga ega va aholini 
sog`lomlashtirishda keng foydalaniladi. YUqori haroratli erosti suvlari issiqlik 
energiyasi manbai sifatida turor joylarni isitishda, issiqxonalar va geotermal 
elektrostansiyalarda foydalaniladi. 
Bizga tabiat tuhfa etgan erosti suvlarining zahirasi chegaralangan, biz ularni 
ifloslanishdan saqlashimiz va samarali foydalanishimiz lozim.
Nazorat savollari 
Yer osti suvlari deganda nimani tushunasiz? 
Gidrogeologiya qanday fan? 
Erosti suvlari kanday paydo bo`ladi? 
Kondensatsion va yuvenil suvlar kanday paydo bo`ladi? 


Sedimentogen, singenetik va epigenetik suvlar qanday hosil bo`ladi ega? 
 
 
 



Yüklə 119,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin