Bosimli qatlam suvlari
Fransiyaning Artua provinsiyasida XII asrda dastlab
o`zi oqib chiquvi suv topilgan joy nomi bilan artezian suvlari deb ham ataladi. Ular
suv o`tkazmaydigan qatlamlar orasidagi suvli gorizontlarda to`planadi va bu
gorizontlarning suvga to`liq to`yinishi tufayli gidrostatik bosim hosil qiladi.
Odatda artezian suvlarining gorizontlari
keng maydonlarni egallab, ancha
chuqurliklarda yotadi.
Bosimli
qatlam
suvlarining
shakl-lanishi
uchun qulay sharoitlar
bo`lib er po`stining botiq
strukturalari (mul-dalar,
sineklizalar, tog`oldi va
tog`etagi
botiqliklari)
yoki
qatlamlarning qiya
(monoklinal)
yotishi
hisoblanadi.
Birin-chi
holda
qatlamlar
tovoqsimon buklan-gan,
ikkinchi
holda esa bir
tomonga
qiyalangan
bo`ladi (138-rasm).
Bosimli suvlarning
oziqlanish
viloyatlari
asosiy tarqalish maydonlaridan gipsometrik balandda joylashgan bo`ladi. SHuning
uchun ham suv o`tkazuvchi qatlamga kirayotgan suv nishablik bo`yicha
harakatlanib, butun qatlamni to`ldiradi va gidrostatik bosimga ega bo`ladi.
Artezian suvlarining to`yinish va sarflanish joylari orasidagi asosiy tarqalish
maydoni bosim hududi deyiladi.
Dostları ilə paylaş: