Erosti suvlari doim harakatda bo`ladi va gravitatsiya qonunlariga muvofiq
holda oziqlantirish viloyatlaridan sarf bo`lish joylari tomon asta-sekin oqadi.
Ularning harakati suv o`tkazuvchi jinslar orqali filtratsiya (sizib o`tish) xarakteriga
ega bo`ladi. Odatda erosti suvlari bir-biriga parallel yo`nalishda g`ovaklar va keng
bo`lmagan darzliklar bo`ylab harakatlanadi.
Bunday harakat
laminar harakat
deyiladi. Ba`zan erosti suvlari karst bo`shliqlari bo`ylab harakatlanganda ularning
harakati daryo oqimlaridagidek turbulent xususiyatga ega bo`lishi mumkin.
Qumli jinslarda erosti suvlarining harakat tezligi 0,5 dan 12 m/sut gacha,
graviy va g`o`laktoshlarda 20-30 m/sut, karstlashgan
ohaktoshlarda esa oshib,
sutkasiga 100 m ga etishi mumkin.
Yer osti suvlarining suv sarfi (drenaj) tabiiy sharoitlarda buloqlar va
chashmalar shaklida amalga oshadi.
Odatda ular daryo vodiylarida, jarlarda, ko`l
va dengizlarning sohillarida, relefning boshqa pastkamliklarida joylashgan bo`ladi.
Toshkent mineral suvi sinklinal strukturani tashkil etuvchi bo`r
davri
qumlaridan (1800-1850 m chuqurlikdan) bosim tufayli otilib chiqadi.
Dostları ilə paylaş: