qiyinchilikni yuzaga keltiradi. SHuning uchun ularning paydo bo`lishi, tarqalish
maydonlari maxsus dasturlar asosida o`rganib chiqilib, kerakli xaritalar
tuzilmokda.
Markaziy Osiyo hududlarida tarqalgan ko`chkilar iqlim sharoiti bilan uzviy
bog`liq. Masalan, 1954, 1958, 1969, 1978, 1989 va 1998 yillarda atmosfera
yog`inlari me`yordan yuqori bo`lgani uchun ko`chki jarayonlari ham ko`p bo`lgan.
Respublikamizda ko`chki jarayonlari Surxondaryo, Qashqadaryo, Toshkent,
Farg`ona, Samarqand va Namangan viloyatlari hududlarida eng ko`p tarqalgan.
Ko`chkilarning faollashuv xususiyatini keyingi 40 yil ichida tahlil qilish
ularning ko`payganligini ko`rsatadi. 1962 yildan 1970 yilgacha (ikki mingdan
ortiq) va 1991 yildan 1999 yilgacha (uch mingdan ortiq) ko`chkilar sodir bo`lgan.
Bu davrlarda atmosfera yog`inlari juda ko`p bo`lganligi ham qayd etilgan. O`tgan
asrning oxirgi o`n yilligi ko`chki jarayonining juda faollashgan yili hisoblanadi.
Ko`chkilar tufayli xalq xo`jaligi ob`ektlariga ham jiddiy zarar etkazadi.
Bunda sanoat inshootlari, temir yo`l plotnalari ham ishdan chiqishi mumkin(147-
rasm).
Yer osti suvlari geologik ishining yana bir ekzotik turi bo`lib balchiq
vulkanizm hisoblanadi. Balchiq vulkanizm - bu yer qa`ridan ma`lum kanallar
bo`ylab davriy ravishda gaz, suv va balchiqning otilib chiqishidir. Balchiq
vulkanlarning hosil bo`lishi uchun yer po`stida suv, ko`p miqdorda gaz, gilli
jinslarning keng tarqalganligi va bu materiallarning davriy ravishda yer yuzasiga
otilib chiqishi uchun anomal bosim va er yoriqlari bo`lishi lozim. Omillarning
bunday uyg`unligi asosan neft va gaz konlari rivojlangan viloyatlarda kuzatiladi va
ushbu hududning neftegazliligining bevosita belgisi hisoblanadi (qarang:
Vulkanizm).
Yer osti suvlari buzish ishlaridan tashqari materiallarni tashiydi va yotqizadi.
Tashilish asosan kimyoviy shaklda, ya`ni chin va kolloid eritmalar tariqasida
amalga oshiriladi.
Eritmalardan cho`kindi hosil bo`lishi ularda modda konsentratsiyasining
oshishi, harorati va filtratsiyasining pasayishi va boshqa sabablar orqali ro`y
berishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: