Yer osti suvlar bilan bog`liq bo`lgan yotqiziqlar orasida ohakli va kremniyli
tuflar va qo`ng`ir temirtosh keng tarqalgan.
Ohakli tuflar
— kalsitdan tarkib topgan g`ovak va bo`shliqli jinslar bo`lib,
erosti suvlarining chiqish joylarida hosil bo`ladi. Nisbatan yirik bo`shliqlarga ega
bo`lgan bunday tuflar
travertinalar
deyiladi. Tog` yonbag`irlarida travertinalarning
yotqizilishi natijasida balandligi 200 m gacha boradigan supalar hosil bo`lishi
mumkin. Bunday travertinalar Turkiyaning Paumqala qo`riqxonasida keng
rivojlangan (148-rasm).
Termal erosti suvlari er yuzasiga ko`p miqdorda
erigan krem-nezem olib
chiqadi. Bunday erosti suvlari davriy ravishda fontanlar shaklida otilib chiqadi.
Ularning harorati +95ºC gacha boradi. Geyzer suvlaridan opaldan tarkib topgan
kremniyli tuflar yoki geyzeritlar hosil bo`ladi.
Hozirgi vaqtda bunday geyzerlar Kamchatkada
va AQSHning Yellouston
milliy parkida keng rivojlangan.
Issiq geyzer suvlarida odatda kremnezem erigan bo`ladi. Er yuzasida bunday
suvlarning tez sovushi tufayli kremnezem opal shaklida cho`kmaga o`tib kremniyli
tuflar – geyzeritlar hosil bo`ladi.
Yer osti suvlarining geologik faoliyati bilan bog`liq bo`lgan qo`ng`ir
temirtosh yotqiziqlari ham ma`lum. Odatda ular temirning eruvchan birikmalariga
boyigan erosti suvlarining chiqish joylarida shakllanadi. Bunga misol qilib Kerch
yarimorolidagi
temir-ma`danli
konni
ko`rsatish
mumkin.
Ohaktoshlarda
rivojlangan karst bo`shliqlarida temir va alyuminiy gidrooksidlari
bilan boyigan
qizil rangli gilli jinslar rivojlangan. Ular karbonatli jinslarning erimaydigan
komponentlaridan tarkib topgan bo`lib, terrarossa (qizil tuproq) deyiladi.
Tog` jinslari ichidagi darzliklar va g`ovakliklar bo`yicha
harakatlanuvchi
erosti suvlaridagi mineral komponentlardan kalsit va gips tomirlari, kremniy,
siderit, fosforit va markazitning konkretsiyalari va sekretsiyalari hosil bo`ladi.
Odatda erosti suvlari terrigen cho`kindilar sementini shakllantiradi va ularni tog`
jinslariga aylantiradi.
Yer osti suvlarining inson hayotidagi va xalq xo`jaligining
bir qator
muammolarini echishdagi ahamiyati juda ko`lamlidir.
Birinchi navbatda erosti suvlari qimmatli foydali qazilma sanaladi va aholini
ichimlik suvi bilan ta`minlashda hamda qishloq xo`jaligi va sanoat uchun kundalik
ehtiyoj hisoblanadi.
Mineral va termal erosti suvlari balneologik ahamiyatga ega va aholini
sog`lomlashtirishda keng foydalaniladi. YUqori haroratli
erosti suvlari issiqlik
energiyasi manbai sifatida turor joylarni isitishda,
issiqxonalar va geotermal
elektrostansiyalarda foydalaniladi.
Bizga tabiat tuhfa etgan erosti suvlarining zahirasi chegaralangan, biz ularni
ifloslanishdan saqlashimiz va samarali foydalanishimiz lozim.
Nazorat savollari
Yer osti suvlari deganda nimani tushunasiz?
Gidrogeologiya qanday fan?
Erosti suvlari kanday paydo bo`ladi?
Kondensatsion va yuvenil suvlar kanday paydo bo`ladi?