10. Mehmonxona klassifikatsiyasi



Yüklə 93,14 Kb.
səhifə1/16
tarix25.11.2022
ölçüsü93,14 Kb.
#119926
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
infratuzilma

3.Turizm infratuzilmasi fanining tarkibi va vazifalari.

3.Turizm infratuzilmasi fanining tarkibi va vazifalari.

  • Turizm infratuzilmasi fanining asosiy maqsadi va vazifalari shundan iboratki, talabalarda mazkur fan bo‘yicha turizmda transport vositalari, turizmda joylashtirish vositalari, turizmda ovqatlanish korxonalari, turizmda sayr-tomoshalar va ko‘ngil yozish infratuzilmasi, turizmda aloqa va axborot vositalari, turizmda ekskursiya xizmatlari ko‘rsatish, turizmda litsenziyalash, turizmda xizmatlarni sertifikatlash va standartlash, turizmda milliy hunarmandchilik sohalari, savdo xizmatlari ko‘rsatish, turizmni boshqarish (tartibga solish) kabi mavzular bo‘yicha bilim va tushunchalar hosil qilishdir.
  • Turizm infratuzilmasi o‘z o‘rnida «Turizm asoslari», «Turizmda transport xizmatini tashkil etish», «Turizm iqtisodiyoti», «Turizmni rejalashtirish», «Turistlar ovqatlanishini tashkil qilish», «Turizm opretorlik xizmatini tashkillashtirishning asoslari», «Turizmda servis standartlari», «Ekskursiya xizmatlarini tashkil qilish» kabi fanlar bilan bog‘langan.

2.Turizm infratuzilmasi fanining predmeti va obyekti.

  • Turizm infratuzilmasi bu turistik mahsulotlar ishlab chiqarish umumiy shartlarining birlashgan mohiyatidir. «Ishlab chiqarish umumiy shartlari» tushunchasi mohiyatini ochishda mutaxassislarning fikrlari va qarashlari turlicha bo‘lib, ular bir-biridan farqlanadi.
  • Turizm infratuzilmasi parallel ravishda tegishli tashkiliy va huquqiy tashkil etish shakllarida namoyon bo‘ladi.
  • Infratuzilma turizm tizimida umumiy, ijtimoiy-iqtisodiy shartlarning tarkibiy qismi sifatida ko‘zga tashlanadi. Hozirgi davrda turizmda aholining ehtiyojini to‘liq va sifatli qondirish uchun yuqori pirovard nisbatiga qaratilgan progressiv texnologiyalar va infratuzilmani samarali boshqarish zarur.
  • Turizm infratuzilmasi fanining obyekti bo‘lib, turistik mahsulotni shakllantirishda ishtirok etadigan xo‘jalik, madaniy obyektlar, xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlar, hamda mahalliy boshqaruv tashkilotlari hisoblanadi.

Yüklə 93,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin