Avtomobilda tashish - turistik tashishlarning asosiy turlaridan biri hisoblanadi. Shubha yo‘qki, avtomobilda tashishga yuksak safarbarlik, yuqori tezkorlik, maqbul narx, qo‘nib o‘tishga zarurat yo‘qligi, shuningdek harakat grafigini oson o‘zgartirish xosdir.
Turistik xizmat ko‘rsatishda foydalaniladigan avtomobil xizmati uchta asosiy yo‘nalishni o‘zida mujassamlashtirgan:
turistlarning shaxsiy transportida sayohatni tashkil etish;
avtomobillarni prokatga berish.
4.Turistik faoliyatni ta’minlashda transport vositalarining tutgan o‘rni va roli
Turistik mahsulotlar tarkibida turistlarni tashish xizmati yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Bu shuning bilan bog‘liqki, barcha turistik yo‘nalishlarda (piyodalardan tashqari) sayohatchilarni dam olish yoki ekskursiyaga eltish va uyga qaytishi uchun transport bo‘lishini taqazo qiladi.
BTT (VTO) – Butunjahon turistik tashkiloti turizm maqsadlarida qo‘llaniladigan transportni uch turga klassifikatsiyalaydi: quruqlikda harakatlanuvchi, suv va havo transportlari
Quriqlikda harakatlanish vositalaridan turizm maqsadlarida ko‘proq avtomobil va temiryo‘l transportlaridan foydalanish maqbul hisoblanadi.
Suv transporti vositalari orasida suv osti va suv usti transportlari farqlanadi. Turizmda suv transporti vositalari ta’minoti bilan bog‘liq masalalari asosan dengiz va daryoda turistik maqsadlarda muntazam va nomuntazam yo‘lovchi tashish misolida qarab chiqiladi.
Havo transporti vositalari tarkibi xilma-xil transport vositalarini qamrab oladi: fuqaro aviatsiyasidan tortib, to ekzotik hisoblangan havo sharlari, deltaplanlargacha. Turizmda havo transportining qo‘llanilishi avvalo aviatsiyada yo‘lovchi tashishdan foydalanish sifatida ko‘rib chiqiladi.
Aviatsiya (havo) transporti jahon xo‘jaliginiing nisbatan tez va dinamik holda rivojlanayotgan sohalaridan biri hisoblanadi. U umumjahon transport tizimida tobora mustahkam o‘rin egallamoqda. Olis masofalarga turistik sayohat tashkil etishda aviatsiyada tashish amalda muqomli vositadir.