Mehmonxona faoliyatini jahon tajribasida umumlashtirganda mehmonxonalarning alohida tiplarini ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiqdir. Bu ularning tarifi, sig‘imi, mo‘ljallangani, joylashishi, shinamligi, xizmatlarga narxlar darajasi va boshqalarni birlashtiradi.
12.Mehmonxonalarning asosiy xizmatlari va ularning mo‘ljallanganligi
Mehmonxonalarda turistlarga xizmat ko‘rsatish jarayonini amalga oshirish uchun asosiy mehmonxona xizmatlari taqdim etishni ta’minlovchi quyidagi asosiy xizmatlar minimal to‘plami ko‘zda tutilishi lozim:
Turli tipdagi, turli sig‘imdagi mehmonxonalarda xizmatlar soni yuqorida ksltirilganidek kam yoki ko‘p bo‘lishi mumkin. Ularning vazifalari ham turlicha bo‘lishi mumkin. Misol uchun yirik mexmonxonalar tarkibida xizmat ko‘rsatish xizmatlari va bronlashtirish mustaqil tarkibiy tuzilma bo‘linmalari hisoblanadi. Kichik va o‘rta korxonalarda joylashtirish va mijozlarga xizmat ko‘rsatishni alohida qabul kiluvchi xizmat xodimlari bajarishadi. Bu marketing, injener-ekepluatsiya, moliya-buxgalteriya, tijorat xizmatlariga ham taaluqlidir.