Turistlarni joylashtirish vositasi bo‘lib, ularga vaqtincha yoki muntazam tunash uchun beriladigan har qanday obyektlar (odatda binolar) hisoblanadi. Qo‘shimcha sharoitlar sifatida qabul qilinadi: a) tunash joyi umumiy soni ayrim minimumdan oshadi; b) joylashtirish obyekti rahbarlikka ega; v) obyekt boshqaruvi tijoriy asosda amalga oshiriladi.
Mehmonxonalarga o‘xshash muassasalar guruhlari xonalar fondiga egalik qilishadi va shart bo‘lgan xizmatlar ro‘yxatini taqdim etishadi. Pansionlar, mebeli xonalar, turistik yotoqxonalar shular jumlasidandir.
Ixtisoslashgan muassasalar ham (yagona rahbarlikda) turistlarga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan, ularda xonalar bo‘lmaydi. Bu yer birgalikda yashash, jamoaviy uxlash turar joy maydoni bo‘lishi mumkin.
Turizm sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan ovqatlanish korxonalarining asosiy maqsadlari turistlarni ovqatga bo‘lgan ehtiyojini qondirishdan iborat. Ovqatlanish jarayonlari vaqti – vaqti bilan odamlarning muloqat, tarbiyalash, ko‘ngil yozish jarayonlariga to‘g‘ri kelib qoladi.
Ovqatlanish korxonasining joylashgan o‘rni uni kurilishi oldidan yoki ovqatlanish korxonasida ilgari qurilgan binoni rekonstruksiya qilish chog‘ida tanlanadi. Shu narsa aniqlanganki, muvaffaqiyatli va qulay joylashgan restoranda uning tovar aylanmasi 30 % ga oshishi mumkin.
Ovqatlanish korxonasining asosiy faoliyati ovqat tayyorlash va uni realizatsiya qilish hisoblanadi. Xo‘randalarni ko‘ngil ochishlari uchun shinam ovqatlanish korxonalari musiqachilari artistlarni taklif qiladilar. Ovqatlanish korxonasi balanslariga magazinlar, yordamchi xo‘jaliklar va boshqalar kirishi mumkinkim, bular korxona faoliyatining asosiy rivojlanganligidan guvohlik beradi.
15.Ovqatlanish korxonalari turlari
Turistning ovqatga bo‘lgan ehtiyojini umumiy ovqatlanish korxonalari qondiradi. Ular xilma-xil shakllari bilan farq qiladi. Turistik ovqatlanish industriyasiga restoranlar, kafelar, barlar, oshxonalar, tamadixonalar va boshqalar kiradi. Turistlarning bular singari joylashtirish vositalari bilan birgalikdagi ovqatlanish korxonalari xizmat sifati va madaniyati, oshxonasi va taklif etadigan taomlari, o‘rinlar soni, ish rejimi, mijozlarga xizmat ko‘rsatish shakllari bilan tasniflanadi. Dunyo bo‘yicha ovqatlanish korxonalarining yagona tasniflari mavjud emas. Lekin, shunga qaramasdan ham, ko‘p mamlakatlarda ommaviy tarqalgan ma’lum bir ko‘rinishdagi (tipdagi) ovqatlanish korxonalari ajratilib ko‘rsatiladi. Ulardan asosiylarini ko‘rib chiqamiz.