Korxona asosiy faoliyatida ishtirok etish shakliga qarab, bo‘linmalar (sexlar)ga ajratiladi. Qaysikim, faoliyat natijalari pazandalik mashulotlari va mahsulot ishlab chiqarmaydigan bo‘limlar (bo‘lim, xizmatlar), boshqaruv va ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatish (misol uchun, direksiya, omborxona, buxgalteriya)da ko‘zga tashlanadi.
Korxonaning asosiy sexlarda ovqat tayyorlanadi va tarqatiladi. Yordamchi sexlarda masalliqlarni yuvish, tozalash, idishlar va chiqindilarni saqlash ishlari bajariladi. Yordamchi xizmatlar asosiy sexlar va butun korxona faoliyat yuritishi uchun ko‘maklashadi. Ular jumlasiga, xususan, transport, energetika, ta’mirlash xizmatlari kiradi.
Korxonalar xizmat ko‘rsatish metodiga qarab farqlanadi:
iste’molchilarga ofitsiantlar xizmat ko‘rsatadi;
korxonada o‘ziga - o‘zi xizmat ko‘rsatadi.
17.Turizmda sayr - tomoshalar va ko‘ngil yozish tushunchasi
Turistlarnning sayr-tomosha industriyasi o‘z oldiga ko‘ngil ochishlar uchun sharoit yaratish, ya’ni ko‘ngil ochish natijalari xuddi shunday holatlar mavjudligiga bog‘liq maqsadlarni qo‘yadi. Sayr-tomosha qilar ekan kishi (yoki odamlar guruhi) o‘zining ma’naviy ehtiyojlarini qondiradi, o‘z shaxsiyatiga baho beradi, turli xil ijtimoiy tizimlar ko‘lamida o‘z-o‘zini, rolini tahlil qiladi. Sayyor-tomosha jarayonlari ham tabiiy, ham sun’iy yaratidigan
Sayr-tomosha infratuzilmasi ijtimoiy taraqqiyoti yo‘nalishlari shunda aks etadiki, ular yangi shaxsiy va jamiyat ehtiyojlarini shakllantirishga xizmat qiladi, shuningdek ehtiyoj paydo bo‘lishi va rivojlanishida tarkib topgan tamoyillarni boyitadi. Sayyor-tomosha infratuzilmasi ko‘p qirrali vazifalarni bajaradi, (eng avvalo, tarbiya, optimistik kayfiyatni shakllantirish, ta’lim, dam olish, inson madaniyatini rivojlaitirish), o‘z mohiyatiga ko‘ra, shaxsni shakllantiradi va rivojlantiradi. Inson o‘zining bo‘sh vaqtini sayr-tomosha bilan to‘ldirib, ham o‘zini, ham mehnat birligini tiklaydi.