10. Mehmonxona klassifikatsiyasi


Turizmda axborot texnologiyalari turlari va axborotlar mohiyati



Yüklə 93,14 Kb.
səhifə9/16
tarix25.11.2022
ölçüsü93,14 Kb.
#119926
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
infratuzilma

20. Turizmda axborot texnologiyalari turlari va axborotlar mohiyati.

  • Ijtimoiy ishlab chiqarish resurslari o‘rtasida tabiiy, moddiy mehnat, moliyaviy va axborot imkoniyatlari alohida o‘rin egallaydi.
  • Axborot aks etish jarayonida paydo bo‘lib, u fikrlovchi mavjudotga bog‘liq bo‘lmagan holda to‘planishi va saqlanishi mumkin va bu holda u sub’ektiv emas, balki obyektiv harakterni kasb etadi.
  • Jamiyatning uzoq rivojlanish jarayonida moddiy olamning boshqa hamma shakllarini tenglashtirish bo‘yicha axborot yangi sifat harakteriga va xususiyatlariga ega.
  • Axborotlar tushunchasida eng muhim narsa – tegishli manba va iste’molchiga ma’lumot yetkazish, maqsadga yo‘naltirilgan tizimida aloqa o‘rnatish hisoblanadi. Axborotlar – qat’iy taqsimlangan, shov-shuvdan xoli, o‘z egasigacha yetkazilgan ma’lumotlardir. Bu ma’lumotni olganlar uni tahlil qilishi, o‘z maqsadlariga muvofiq tegishli qarorlar qabul qilishda foydalanishlari mumkin.
  • 21. Kompyuter tizimida o‘rinlarni bronlashtirishning paydo bo‘lish imkoniyatlari va evalyutsiyasi
  • Bronlashtirishning hozirgi zamon kompyuter tizimi – KSB (Computer Reservation SyStem - CRS) ga XX asrning 1950 yillar oxiri va 1960 yillar boshlarida asos solingandi. Xudi o‘sha paytda avia tashishlar nufuzi oshishi aviakompaniyalarga ulkan rezervlashtirish markazlarini yaratish zaruratini tug‘dirdi. Ularning vazifasi turistik agentlar, mijozlardan pochta, telefon, telegraf orqali joyni bronlashga tushayotgan buyurtmalarni qo‘lda ishlash edi. G‘oyat kattaligi va ishlovchi xodimlar sonining ko‘pligiga qaramay, o‘tgan biroz vaqt ichida rezervlashtirish bo‘yicha markazlar ortib borayotgan axborot hajmni uddalay olmay qoldilar. Bu esa KSB ishlanamalarining boshlanishiga to‘rtki berdi.
  • “United Airlines” 1976 yilda “Apollo” tizimi bilan birinchi bo‘lib bozorga chiqdi. Oradan biroz vaqt o‘tib «American Airlenes» o‘z «Sabre» tizimini taklif qildi. Ushbu tizimlar munosabati bilan foydalanuvchilarga tizimlar ko‘priklari orqali (konnektorlar) real vaqt rejimida aviareyslar haqida axborot olish imkoniyati yaratildi.

Yüklə 93,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin