Turistik biznesda Internet qo‘llanilishi bir necha yo‘nalishlarga ajratilinadi. Internetda reklama tobora ommaviylashib borayapti. Yirik turoperatorlar va turagentliklar Web-sahifalari va shaxsiy serverlar bilan faol kirib borishayapti. Olis mamlakatlar, ekzotik sayohatlar va turistik xizmatlarga narxlar haqida axborotlarni istalgan qidiruv tizimi orqali topishlari mumkin. Misol uchun, (http: WWW. rambler.ru) – juda ommaviy qidiruv tizimidir. U «Turizm» so‘roviga 4,5 mingdan ziyod noyob ma’lumot bera oladi.
SAYT asosiy tizim osti bo‘limlari quyidagilar hisoblanadi:
kompyuter texnik infratuzilmasi va tizimli, dasturli, ta’minotli tarmoq uskunalari;
ma’lumotlar bazalari boshqaruv tizimi (SUBD);
SAYT funksional xosligini qo‘llab-quvvatlash uchun dastur ta’minoti.;
axborot-lingvistik ta’minot. Sanalgan elementlar o‘zaro mustahkam bog‘langan va SAYT realizatsiyasi jarayonida parallel ravishda yaratilishi shart.
24.Ekskursiya xizmatlari ko‘rsatish tushunchasi va uning vazifalari
Ekskursiya xizmatlari ko‘rsatish - insonning ma’naviy va ahloqiy qadriyatlarga bo‘lgan ehtiyoji va talabini qondirish, bilimlarni egallashida, shu jumladan, kasbiy va bilish vositalari, usullari, obyektlarini erkin tanlash sharoitida ekskursiyalar tashkil etish va ekskursiya xizmatlari ko‘rsatishdir. Ekskursiya xizmatlari ko‘rsatish iste’molchi (ekskursant, turist)gacha tarix, madaniyat, geografiya, etnografiya, ekologiya va iktisodiy hamda boshqa fanlar bo‘yicha kompleks bilimlarni yetkazish imkonini beradi.
Aholini ekskursiya xizmatlari bilan qamrab olishning maqsadli yo‘nalish harakteri quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladi:
yashash joyi;
o‘quv muassasi, tashkilot, korxonalar;
turbazalar, dam olish uylari, pansionatlar va h.k.;
klublar, madaniyat uylari va saroylari;
seminarlar, kurslar, simpoziumlar, konferensiyalar va boshq;
aeroportlar (portlar) vokzallar, festival maydonlari.