23. Turistik safarlarni tashkil etishda turistik firmalarning o‘rni va roli. Turoperatorning asosiy funksiyalari. Turistik agentlik. Agent bitimi
Barcha sayohatlar xoh ichki, xoh xalqaro turizmda bo‘lsin, uyushtirilgan va uyushtirilmagan sifatida baholanadi. Turistik firmalar vositachiligi yoki yordamida xorijga yoki o‘z mamlakatiga individual va guruh bo‘lib sayohat qilish uyushtirilgan turizm hisoblanadi.
Turistik firma – yig‘ma tushuncha. Uning zamirida tadbirkorlik tarkibi, turistik xizmatlar oldi-sotdisi sohasida tijoriy asoslarda vositachilik operatsiyalari bilan shug‘ullanuvchilar tushuniladi. Turistik firmaning o‘zi turistik xizmatlar ishlab chiqarmaydi.
Turistik agentlik (agentlar). Ular vatandoshlari yoki chet ellik sayohatchilarga shaxsiy notijoriy iste’mol uchun turistik xizmatlarni chakana sotuvchilar sifatida chiqishadi. Chakana turagentlik turoperatorning turistik mahsulotlarini realizatsiya qilishda muhim rol o‘ynaydiTuroperator va turagent o‘rtasida hamkorlik agent bitimi asosida olib boriladi. Bu bitimda tomonlarning o‘zaro asosiy hamkorlik tamoillari – turlarni sotish, bir – birlarining va turistlar oldida ularning burch va huquqlari belgilab olinadi. Agent bitimining nisbatan ko‘proq tarqalgan formulasi quyidagilar hisoblanadi:
Turoperator huquq beradi, turagent esa o‘z nomidan turoperatorning turlarini sotish majburiyatini qabul qiladi va ma’suliyatni bo‘yniga oladi. Evaziga turoperator tomonidan komission taqdirlay oladi. .
Ekskursiya (lotinchada excursion - safar) - oldindan tanlangan (ko‘z bilan ko‘rish) obyekt bo‘yicha tabiiy sharoitda qurilgan atrof-olamni inson bilishiga maqsadli qaratilgan jarayon, u yoki bu mavzuni ochishga xizmat qiladi.
tanlangan mavzu bo‘yicha yangi ekskursiya yaratish;
uni o‘tkazishga tayyorgarlik.
Mavzu - ekskursiya mohiyati mujassamlangan mazmun, uning bosh fikri ko‘rsatish va hikoya qilish predmeti, uni unutmaslik kerak. Ekskursiya obyektini tanlash mavzu bilan aniq ravishda amalga oshiriladi.