10. Mehmonxona klassifikatsiyasi


Ekskursiya xizmatlari ko‘rsatishni tabaqalashtirish (differensiyalash)



Yüklə 93,14 Kb.
səhifə12/16
tarix25.11.2022
ölçüsü93,14 Kb.
#119926
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
infratuzilma

26.Ekskursiya xizmatlari ko‘rsatishni tabaqalashtirish (differensiyalash)

«Differensiyalash» atamasi butun qismni qatlamlarga bo‘linishini bildiradi, ya’ni tabaqalashtirishni anglatadi. Ekskursiya xizmatlari ko‘rsatishni tabaqalashtirish quyidagi vazifalarni hal etadi:

  • ekskursursantlarning ehtiyojlarini har tomonlama maksimal qondirish imkonini beradi;
  • ekskursiya xizmatlari ko‘rsatish mavzularini kengaytirish bo‘yicha rezervlarni qidirib topishda hamkorlik qiladi:
  • butun ekskursiya faoliyati samaradorligi va sifat darajasini oshiradi.
  • Ekskursant - ekskursiya ishtirokchisi (guruh yoki individual tarzda tashkil etilgan), mutaxassislar rahbarligi ostida o‘zining qiziqishlariga qarab, ular tomonidan oldindan tanlangan mavzu bo‘yicha ma’lum yodgorliklar va diqqatga sazovar joylarni kuzatish va o‘rganish bilan band shaxs.

27.Ekskursiya xizmatlar ko‘rsatishda ekskursovod va uning roli

Ekskursovod - mutaxassis uning rahbarligi ostida ekskursiya o‘tkazish metodlari talablariga muvofiq atrof hakiqiyligini bilish jarayoni yuz beradi.

Ekskursovod ishi bir qator xususiyatlari bilan harakterlanadi. U chuqur nazariy bilimdon tashqari ekskursovodga shaxs sifatida ma’lum amaliy ko‘nikmalar va o‘quv hamda aniq talablar qo‘yadi. U quyidagi harakterli qirralarga ega bo‘lishi zarur:

  • salohiyatli;
  • individuallik;
  • ma’suliyatli;
  • shaxsiy munosabatlik;
  • faol hayot pozitsiyasiga egalik.
  • Ekskursovod kasbini o‘zlashtirishda quyidagi qobiliyatlar turi muhim hisoblanadi:

  • konstruktiv;
  • tashkilotchilik;
  • kommunikativlik.

28.Turistik faoliyatni litsenziyalashning umumiy tushunchasi

  • Turizmni tartibga solishning davlat shakllaridan biri turistik faoliyatni amalga oshirishga maxsus ruxsat (litsenziya) berishni ko‘zda tutuvchi litsenziyalash hisoblanadi. Litsenziyalashdan maqsad davlat manfaatlari va turistik xizmatlar iste’molchilarining qonuniy huquqlarini himoya qilishni ta’minlash, ularni xalqaro talablarga muvofiqlashtirishdan iborat.
  • Litsenziyalash - ishlab chiqarish yoki tadbirkorlik, turizm faoliyati bilan shug‘ullanishni istovchilarga litsenziya berish, hujjatlarni qayta rasmiylashtirish, litsenziya mavjudligini tasdiqlash, litsenziyani amal qilish muddatini to‘xtatish va yangilash, litsenziyani bekor qilish va turistik faoliyatni amalga oshirishda litsenziya egalarining, litsenziyalovchi organlarning litsenziyalash talablari va shartlariga rioya etishlarini nazorat qilish bilan bog‘liq tadbirlarni o‘tkazish.
  • Litsenziya - litsenziyalovchi organ tomonidan, litsenziya talablari va shartlariga rioya etgan holda aniq faoliyat turini amalga oshirishga berilgan maxsus ruxsatnoma.

Yüklə 93,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin