10-mustaqil ishi mavzu: Qo' shma gap qoliplarining nutqiy xususiylashuvi



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə1/5
tarix03.06.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#127757
  1   2   3   4   5
10-MUSTAQIL ISHI

10-MUSTAQIL ISHI MAVZU: Qo' shma gap qoliplarining nutqiy xususiylashuvi

Reja:

1. Qo‘shma gap va uning o‘zbek tilshunosligidagi tadqiqi.

2. Qo‘shma gap tasnifi masalasi. An’anaviy va zamonaviy tasnif asoslari.

Qo‘shma gap haqida umumiy ma’lumot. O‘zbek tilshunosligida qo‘shma gap mavzu sifatida ko‘pgina asarlarning tadqiq obyekti bo‘lgan. Olimlar V.V.Vinogradov – A.G‘ulomov ta’limotida qo‘shma gapning (ega – kesim), (ega – kesim) umumiy qolipi asosida ish olib borilgan. Respublikamiz mustaqillikka erishgunga qadar bir necha o‘n yilliklar davomida o‘zbek tili rus tili orqali kirib kelgan g‘arb tishlunosligi nazariyalari zaminida rivojlanib kelgan. Natijada, olimlarimiz ta’kidlaganlaridek, o‘zbek tilining grammatik kategoriyalari o‘rtasida ziddiyatlar paydo bo‘lgan. Bu ziddiyatlar keyingi yillarda bajarilgan ilmiy ishlarda o‘z ifodasini topgan.

  • Qo‘shma gap haqida umumiy ma’lumot. O‘zbek tilshunosligida qo‘shma gap mavzu sifatida ko‘pgina asarlarning tadqiq obyekti bo‘lgan. Olimlar V.V.Vinogradov – A.G‘ulomov ta’limotida qo‘shma gapning (ega – kesim), (ega – kesim) umumiy qolipi asosida ish olib borilgan. Respublikamiz mustaqillikka erishgunga qadar bir necha o‘n yilliklar davomida o‘zbek tili rus tili orqali kirib kelgan g‘arb tishlunosligi nazariyalari zaminida rivojlanib kelgan. Natijada, olimlarimiz ta’kidlaganlaridek, o‘zbek tilining grammatik kategoriyalari o‘rtasida ziddiyatlar paydo bo‘lgan. Bu ziddiyatlar keyingi yillarda bajarilgan ilmiy ishlarda o‘z ifodasini topgan.
  • O‘zbek tilshunosligi taraqqiyotining so‘nggi yillarida har xil yo‘nalishlar asosida ilmiy ishlar paydo bo‘ldi. Olimlarimiz ko‘p qirrali bo‘lgan birliklarning turli tomonlarini o‘rgandilar va o‘rganmoqdalar. Tabiiyki, har bir yo‘nalishning o‘ziga xos jihatlari ko‘p.
  • Grammatikaning ikkinchi yirik qismi bo‘lgan qo‘shma gap sintaksisida sodda gaplarning mazmun va intonasiya jihatdan birlashib, yaxlit bir gap – qo‘shma gap hosil qilishi, qo‘shma gap qismlarining o‘zaro mazmun munosabati, qismlarining o‘zaro birikish usulllari, qismlarining miqdoriga ko‘ra tasnif qilinishi, bu tasnifga kiruvchi qo‘shma gaplarning ichki turlari o‘rganilgan edi. Qo‘shma gap sodda gap bilan mustahkam bog‘langan, ammo undan ham struktur, ham uzatilayotgan axborot miqdori va sifati nuqtayi nazaridan farqlanuvchi sintaktik qurilmadir. Sodda va qo‘shma gaplar, ularning bir-biridan farqli, ba’zi bir o‘xshash tomonlarini bilish har bir insonga o‘z fikrini to‘g‘ri ifodalashga yordam beradi, uning ta’sirchanligini ta’minlaydi.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin