Pedagogik mahoratning mezonlari: Pedagogik ishlarda qo’llanilayotgan usul, vosita, shakl va ish turlarining yangiliklari.
Pedagogik amaliyotning (tajribaning) zich yangi yutuqlarga mosligi.
Uzoq vaqt davomida o’zgarib turuvchi sharoitlar ijobiy natijalarini barqarorligi, dolzarbligi, optimalligi, istiqboli porloqligi va yuqori natijaga erishishning samaradorliligi.
O’qituvchining o’z tajribasini umumlashtirish va xamkasblari bilan fikr almashish ko’nikmalarini borligi.
O’qituvchining ongliligiga, milliy g’oya va mafkuraga sodiqliligiga, bilim va fikr doirasining kengliligiga o’z vazifasiga munosabatining qay darajada ekanligigiga e’tibor bermoq kerak.
Pedagogik faoliyat samarasi o’qituvchining pedagogik qobiliyati qay darajada ekanligiga bog’liq. Qobiliyat faoliyat jarayonida paydo bo’ladi va rivojlanadi, deb ta’kidlaydi professor M.Ochilov, hamda o’qituvchi qobiliyatining quyidagi turlarini tavsiya etadi jumladan:
tashkilotchilik
muomala qila bilish (kommunikativ)
didaktik (tushintira olish)
kuzatuvchanlik
nutq
obro’ ortira olish
kelajakni ko’ra bilish
pertseptiv
tadbirkorlik
diqqatni taqsimlay bilish
akademik
O’qituvchi tarbiya ishida bolalar murabbiysidir. O’qituvchi ishi boshqa ishlarga qaraganda ko’proq doimo hayratlanish va zavqlanishni talab qiladi. Tashqaridan qaraganda o’qituvchining roli oddiy va sodda, biroq u o’z mehnatining yuksak ijtimoiy ahamiyatini tushunishi lozim. O’qituvchilarga doimo zo’r hurmat va g’amxo’rlik bilan qarashga hamisha e’tibor berish zarur. Chunki o’qituvchi biror fandan dars beribgina qolmay, balki tarbiyachi hamdir. U o’z ksbini sevishi, tarbiya ishiga zo’r ma’suliyat bilan qarashli, ma’lumotli bo’lib pedagogika bilan psixologiyani bilish, pedagogik mahoratga, pedagogik odobiga ega bo’lishi lozim.
Yo’naltiruvchi savol:
Ta’lim tarbiya beruvchichlarni qanday nom bilan ataymiz
Ustoz
Pedagog
Muallim
O’qituvchi
Murabbiy
Tarbiyachi
Domla
Otin oyi
Pir
Ta’lim tarbiya oluvchilarni qanday nom bilan ataymiz
Shogird
O’quvchi
Talaba
Tarbiyalanuvchi
Saboq oluvchi
Tinglovchi
Murid