10-variant 1. Tarbiya texnologiyalari va ularning o’ziga xos xususiyatlari. Tarbiyaviy ishlarning aniq maqsad va vazifasini belgilash bu ta’lim muassasasi pedagogik jamoasi faoliyatining mazmunini aniqlaydi.
Ta’lim muassasalaridagi tarbiyaviy tizimning konseptual g‘oyasi uch-ta sohadagi birlikni nazarda tutadi:
Tarbiyaviy tizimning asosiy g‘oyasi – shaxs rivojlanishini maqsadga yo‘naltirilgan holda boshqarish. Buning uchun esa yaxshi shart-sharoit yaratilishi va avtoritarizmdan voz kechishi kerak. Bizning nazarimizda bunday hamkorlik pedagogikasi juda qo‘l keladi. Hamkorlik pedagogi-kasining mazmuni yoshlarning o‘z kuchiga ishonishini ifodalovchi mu-nosabatlar yordamida unga tanlash erkinligini berishda namoyon bo‘la-di. Demak, bunda pedagogik jamoa tomonidan o‘quvchi-talabalarning o‘z-o‘zini belgilash, mustaqil faoliyat ko‘rsatishi uchun nazarda tutiladi. Ya’ni ular o‘z oldiga qo‘yish va unga erishish yo‘llarini belgilashda, o‘z faoliyatini boshqarish usullarini tanlashda ham erkin bo‘ladilar. O‘qituv-chi unga faqat rahbarlik qilib, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib turadi.
Tarbiyaviy tizimning eng asosiy tashkil etuvchilaridan biri – shaxsni ijodkorlikka, insonparvarlikka, o‘zini qadrlay bilish va o‘zgalarni hurmat qilishga urinadilar.
Tarbiyaviy tizim asosiga insonparvar psixologiya va pedagogika ta-moyillari qo‘yiladi.
Zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tarbiyaviy ishlarni tash-kil etishning ustuvor yo‘nalishlari quyidagilar hisoblanadi:
o‘quvchi-talabalarning qiziqishi – xohishiga qarab ta’lim muassasasi va undan tashqarida tashkil etilgan turli xil uyushmalarga jalb etish;
o‘quvchi-talabalar ishtirokida muntazam ravishda har xil ma’na-viy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish;
fan to‘garaklari, texnik yo‘nalishdagi to‘garaklar va amaliy ijod-korlik mazmunini o‘zgartirish;
huquqiy ta’lim va tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish;
ommaviy sport, harbiy vatanparvarlik ishlarini rivojlantirish, sog‘-lom turmush tarzi malakasini shakllantirish;
ta’lim muassasasi faoliyatini demokratlashtirish asosi sifatida o‘z-o‘zini boshqarishni rivojlantirish.
Ta’lim-tarbiya muammolarida o‘quvchi-talaba yoshlarning ota-ona-lari bilan ishlashga katta o‘rin ajratiladi. Ota-onalar bilan ta’lim-tarbiya muammolarida muntazam ravishda psixolog suhbatlashadi va maslahat-lashadi. Shuning uchun ota-onalar lektoriyalarini muntazam ravishda (psixolog suhbatlashadi va maslahatlashadi) yo‘lga qo‘yish muhimdir. Pedagoglar, huquqni muhofaza etuvchi organlarning xodimlari va bosh-qalar ishtirokida anjumanlar tashkil etish yaxshi samaralar beradi.
Bugungi kun ta’lim-tarbiyasining asosiy vazifasi o‘quvchi-talaba shaxsini kamol toptirish. Shu ma’noda aytish mumkinki, ta’lim muassasasini bitiruvchilar shaxsini modeli “Kadrlar tay-yorlash Milliy dasturi”da hamda har bir aniq ta’lim muassasasining maqsad va vazifalarida o‘z ifodasini topgan. YuNESKO ning “Yangi mingyillikda” nomli ma’ruzasida esa ta’lim-tarbiya vazifasi quyidagicha tavsiflangan:
o‘qishni o‘rgatish;
yashashga o‘rgatish;
birgalikda yashashga o‘rgatish;
mehnat qilishga va mablag‘ topishga o‘rgatish.
Bizning nazarimizda, o‘quvchi-talabalarning ta’lim-tarbiyasi borasi-da ushbu maqsadlar hozirgi zamon uchun istiqbolli hisoblanadi. Darha-qiqat, tarbiyalash texnologiyalari borasida Vatanimiz fani va amaliyotda yetarli darajada katta tajribalar to‘planganini e’tirof etmoq zarur. De-mak, ma’naviy meros va uning natijasi o‘laroq, ma’naviy kamolot – maqsadga erishish kafolatdir, desak xato bo‘lmaydi.
Har qalay yosh avlodni oldindan belgilangan stereotiplar asosida shakllantirish payti o‘tdi. Hozirgi vaqtda o‘quvchi-talabalarni jamiyat ri-vojlanishining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tendensiyalari bilan tanish-tirib borish o‘ta muhimdir. Bu ularning o‘z hayoti yo‘lini erkin tanlashi-ga imkoniyat yaratadi. Demak, yangi maqsadlarga muvofiq holda o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish usullari ham o‘zgardi.
Ta’lim muassasalarida zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tadbirlarni tashkil etish (usullari ham) va o‘tkazishning umumiy tamoyillari quyidagilar hisoblanadi:
ma’naviy-axloqiy yo‘nalganlik;
umummadaniy mazmun;
mantiqiy yakunlanganlik, tadbirlarning yaxlitligi va g‘oyaga bo‘y-sunganligi;
hissiy rang-baranglik;
bilish va yaratuvchilik asoslarining birligi;
ishtirokchilarning umumiy madaniyatini oshirishni ta’minlash;
tadbirda ishtirok etishning ommaviyligi, ya’ni unga ta’lim muas-sasasining barcha o‘quvchi-talaba yoshlarini jalb etishga harakat qilish.
O‘quvchi-talabalar bilan darsdan tashqari mashg‘ulotlar va muloqot-lar o‘tkazish ularning jismoniy-ruhiy rivojlanishi va ta’lim-tarbiyasi uchun muhim, ko‘p hollarda esa, hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi.
Tarbiyaviy ishlar darsdan tashqari faoliyat bo‘lib, tarbiyalamoq o‘quv-chi-talaba yoshlarning faoliyatini tashkil qilmoq demakdir.
Haqiqatan ham, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydala-nish tarbiyaviy ishlarda katta samara beradi.
Texnologiya – shaxsni o‘qitish, tarbiyalash va rag‘batlantirish qo-nunlarini o‘ziga jo qiladigan va yakuniy natijasini oqlaydigan pedagogik faoliyatdir.
Zamonaviy pedagogik texnologiyalarda loyiha usulidan keng foydala-nilmoqda. Loyiha asosida o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlar tarbiya-viy ish strategiyasini butunlay o‘zgartirib yuboradi.
Loyiha usullari – maqsadga yo‘naltirilgan tarbiyaviy faoliyat bo‘lib, maqsad oldindan belgilanadi.
Tarbiyaviy ishlar loyihasi bu o‘quvchi-talabalarning ijodiy, ma’lum darajada mustaqil faoliyati:
bunda o‘quvchi-talabalarning o‘zlari bevosita ishtirok etishadi, ya’ni loyihani ijro etish uchun zaruriy material-ma’lumotlar to‘plashadi;
tadqiqot-tadbirlar o‘tkazish bo‘yicha farazlarni ilgari surishadi;
tadbirlarni amalda tashkil etish – o‘tkazishda faoliyat ko‘rsatishadi;
tadbirlarning ijtimoiy ahamiyatini bilishadi.
Darsdan tashqari tarbiyaviy ishlar quyidagilarga imkon beradi:
Demak, bularning barchasi maktab, oliy va o‘rta maxsus ta’lim muas-sasalarida amalga oshiriladigan tarbiya mazmuni bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, ular ma’lum ta’lim-tarbiyaviy maqsadga erishish uchun xizmat qiladi.