10-variant Tarbiya texnologiyalari va ularning o’ziga xos xususiyatlari



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə5/7
tarix27.01.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#122657
1   2   3   4   5   6   7
10 variant

Pedagogik mahoratning mezonlari:

  1. Pedagogik ishlarda qo’llanilayotgan usul, vosita, shakl va ish turlarining yangiliklari.

  2. Pedagogik amaliyotning (tajribaning) zich yangi yutuqlarga mosligi.

  3. Uzoq vaqt davomida o’zgarib turuvchi sharoitlar ijobiy natijalarini barqarorligi, dolzarbligi, optimalligi, istiqboli porloqligi va yuqori natijaga erishishning samaradorliligi.

  4. O’qituvchining o’z tajribasini umumlashtirish va xamkasblari bilan fikr almashish ko’nikmalarini borligi.

O’qituvchining ongliligiga, milliy g’oya va mafkuraga sodiqliligiga, bilim va fikr doirasining kengliligiga o’z vazifasiga munosabatining qay darajada ekanligigiga e’tibor bermoq kerak.
Pedagogik faoliyat samarasi o’qituvchining pedagogik qobiliyati qay darajada ekanligiga bog’liq. Qobiliyat faoliyat jarayonida paydo bo’ladi va rivojlanadi, deb ta’kidlaydi professor M.Ochilov, hamda o’qituvchi qobiliyatining quyidagi turlarini tavsiya etadi jumladan:

    • tashkilotchilik

    • muomala qila bilish (kommunikativ)

    • didaktik (tushintira olish)

    • kuzatuvchanlik

    • nutq

    • obro’ ortira olish

    • kelajakni ko’ra bilish

    • pertseptiv

    • tadbirkorlik

    • diqqatni taqsimlay bilish

    • akademik

O’qituvchi tarbiya ishida bolalar murabbiysidir. O’qituvchi ishi boshqa ishlarga qaraganda ko’proq doimo hayratlanish va zavqlanishni talab qiladi. Tashqaridan qaraganda o’qituvchining roli oddiy va sodda, biroq u o’z mehnatining yuksak ijtimoiy ahamiyatini tushunishi lozim. O’qituvchilarga doimo zo’r hurmat va g’amxo’rlik bilan qarashga hamisha e’tibor berish zarur. Chunki o’qituvchi biror fandan dars beribgina qolmay, balki tarbiyachi hamdir. U o’z ksbini sevishi, tarbiya ishiga zo’r ma’suliyat bilan qarashli, ma’lumotli bo’lib pedagogika bilan psixologiyani bilish, pedagogik mahoratga, pedagogik odobiga ega bo’lishi lozim.

  1. Yo’naltiruvchi savol:

Ta’lim tarbiya beruvchichlarni qanday nom bilan ataymiz

Ustoz
Pedagog


Muallim
O’qituvchi
Murabbiy
Tarbiyachi
Domla
Otin oyi
Pir

Ta’lim tarbiya oluvchilarni qanday nom bilan ataymiz

Shogird
O’quvchi


Talaba
Tarbiyalanuvchi
Saboq oluvchi
Tinglovchi
Murid




Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin