Kuchaytirgich (texnikada) -kuchlanish, quvvat va boshqalarni uzatadigan yordamchi manba energiyasidan foydalanib kuchaytiradigan qurilma. Foydalaniladigan energiya turiga qarab elektr, magnit, gidravlik, pnevmatik va mexanik kuchaytirgichlar boʻladi. Bu turdagi qurilmalarning oʻzgartgichlardan farqi, kuchaytirgichlarda chiqayotgan va kirayotgan signallar orasidagi aloqa uzluksiz va bir xil ishorali boʻladi. Elektromagnit toʻlqin energiyasini oshiradigan, elektr impulyelarini kuchaytiradigan, asosiy mexanizmning taʼsir kuchini oshiradigan kuchaytirgichlar bor. Kuchaytirgichlar avtomatika, telemexanika, hisoblash va oʻlchash texnikasi, radioelektronika va aloqadagi qurilmalarning , shuningdek, ish mashinalari (elektroenergetika, mashinasozlik, transportdagi) yuritmalarining asosiy elementlaridan biri.

Texnikada kam energiya sarf qilgan holda manbalarning katta energiyasini boshqarish jarayoni keng tarqalgan. Unda ham boshqaruvchi, ham boshqariluvchi energiya mexanik, gidravlik, pnevmatik, elektr va boshqa tur tabiyatiga ega bolishi mumkin.