11 – Mavzu Kuchaytirgichlarni sinflanishi, tavsiflari-fayllar.org
Kuchaytirgichlar ichida elektr signali kuchaytirgichlari eng ko’p tarqalgan bo’lib, ularda boshqaruvchi va boshqariluvchi energiya elektr energiyasidan iborat boladi. Ulardan elektron kuchaytirgichlar universalligi, qator sifatli xarakteristikalarga ega bo’lishi bilan boshqa kuchaytirgichlardan ustun turadi. Shuning uchun ulardan juda ko’p radioelektron va boshqa masalalarni hal qilishda keng foydalaniladi. Qo’llaniladigan o’rni, vazifasi va boshqa belgilariga qarab juda ko’p turdagi elektron kuchaytirgichlar ishlab chiqariladi va turlicha nompar bilan yuritiladi. Shunday qilib, kuchaytirish fizikaviy jarayon bo‘lib, kam quvvatli manba yordamida katta quvvatli manba energiyasi boshqarilishidan iboratdir. Bu katta quvvatli manba energiyasi- ning kam quvvatli signalga uzatilishiga mos keladi. Shunga ko‘ra kuchaytirgich katta quvvatli manba energiyasini kam quvvatli signalga uzatilishini amalga oshiruvchi qurilmadir. Agar signal quvvatining ortishida uning shakli saqlan- sa, kuchaytirish chiziqli deb, aks holda esa, chiziqli bo‘lma- gan kuchaytirish deb ataladi.
Avtomatik sistemalarda turli xil: magnitli, elektron, elektr mashinali, gidravlik, pnevmatik va kuchaytirgichlar ishlatiladi. U yoki bu kuchaytirgichni tanlash, uning aniq ishlatiladigan sharoitidan kelib chiqqan xolda amalga oshiriladi. Ko’proq elektr kuchaytirgichlar qo’llanishga ega. Kuchaytirgichlarning asosiy tavsifi bu uning chiqishdagi quvvatini kirishdagi quvvatiga nisbati orqali aniqlanadigan kuchaytirish koeffitsientidir, ya`ni tok va kuchlanish bo’yicha kuchaytirgichning kuchaytirish koeffitsienti mos ravishda bo’ladi.