Tabiiy fanlarning nazariy asoslari fanidan 2-kurs sirtqi ta`lim talabalari uchun 3-mustaqil ish mavzusi va uni bajarish bo`yicha ko`rsatma
Mavzu: 11-darsdan 15-darsgacha bo‘lgan mavzularni o‘rganib chiqing. ( 11. Zamonaviy biologiya. 12. Ekologiya va biosfera haqidagi ta’limot. 13. Etologiya va ijtimoiy biologiya. 14. Dunyo iqlimidagi global muammolar. 15. Atmosfera harakati. Inson va tabiat uyg’unlashuvi) O‘rganganlaringiz asosida topshiriqni quyidagi reja asosida yozma bayon qiling.
Dunyo iqlimidagi global ekologik muammolarni yoriting.
O‘zbekiston iqlimidagi global ekologik muammolarni yoriting.
Ekologik muammolarni bartaraf etish uchun qanday o‘z shaxsiy takliflaringizni bera olasiz? Ularni yozing.
Tavsiya etilgan adabiyotlar ro`yxati: Turayev B.E., Isayev X., Akbarova G.O. Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi. O’quv qo’llanma. – T.: “Barkamol fayz media”, 2018. – 164 bet.
Karl F. Kuhn, Basic Physics. Wiley; 2nd edition (December 10, 2007), 323 pages.
Otaboyev Sh., Nabiyev M., Inson va biosfera, Toshkent, 1995; Sanginov S, Filosofskiy analiz modelirovaniya globalnix protsessov, Toshkent, 1996.
IQLIMIY SANDIQCHA O‘zbekiston Respublikasi maktab o‘quvchilari uchun ,, Iqlim o‘zgarishi“ mavzusi bo`yicha qo‘llanma. Toshkent – 2019
1.Tavsiya etilgan adabiyotlar va ommaviy axborot vositalaridan foydalanib vazifani yozma bayon qiling. 2. Siz yoritishingiz kerak bo’lgan masalalar taxminan quyidagilar: Dunyo iqlimidagi global ekologik muammolarni yoriting.
O‘zbekiston iqlimidagi global ekologik muammolarni yoriting.
Ekologik muammolarni bartaraf etish uchun qanday takliflar bera olasiz? Ularni yozing.
3. Mavzuga ijodiy yondashing. 4. Mustaqil ishni Times New Roman shriftida 14 kattalikda, Wordda yozing. 1. Mustaqil ta’limni baholash mezoni: maksimal 20 ball. Agar talaba mustaqil ishni talab darajasida bajarsa, jumladan, bolaning aqliy rivojlanshidagi o‘zgarishlarni amaliy-ijodiy yondashib to‘liq yoritsa, 18-20 ball bilan baholanadi.
Agar talaba mustaqil ishni talab darajasida bajarsa, lekin mustaqil ishda 3-4 ta xatolikka yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, 16-17 ball qo‘yiladi.
Agar mustaqil ishni to‘liq bajarishga harakat qilsa va unda 5-8 ta xatolik bo‘lsa, 14-15 ball qo‘yiladi.
Agar talaba mustaqil ishda 9-10 ta xato qilgan bo‘lsa, 12-13 ball qo‘yiladi.
Agar mustaqil ishda jiddiy qo‘pol xatolar mavjud bo‘lsa, 10, 11 ball qo‘yiladi.
Agar mustaqi ish mavzusi yoritilmagan bo‘lsa, 0 ball qo‘yiladi.
Mustaqil ishni belgilangan vaqtdan kechikmasdan jo‘natishingizni so‘rayman.