11-ma`ruza charm buyumlar detallarini shakillash reja



Yüklə 445,04 Kb.
səhifə1/4
tarix26.04.2023
ölçüsü445,04 Kb.
#125895
  1   2   3   4
Маъруза 11 CHARM BUYUMLAR DETALLARINI SHAKILLASH


11-MA`RUZA
CHARM BUYUMLAR DETALLARINI SHAKILLASH
Reja.
1 Umumiy ma`lumot.
2 Tanavorni shakllantirish
3 Egish bilan shakllantirish
4 Tortish bilan shakllantirish
5 Tanavorni mexanik usulda shakllantirish
Tayanch so`z va ibоralar
Qisqich, material, poyabzal, tanavor, poshna, teri, tekiclik, ishqalanish kuchi, plastina, cho’zilish, puason, chozilish koeffitsienti.


Adabiyotlar
1.Maqsudov U.M. “Poyabzal materiallarini meyorlashtirish”. Darslik. –T.: Fan 2004. -123 bet.
2. Maqsudov U.M. «Charm buyumlari texnologiyasi» Darslik. –T.: Fan. 2015. -194 bet.
3. Maqsudov U.M. «Charm buyumlar texnologiyasi» 1-jild. 2004, -379 bet.
4. Maqsudov U.M. «Charm buyumlar texnologiyasi» 2-jild. 2004, -341 bet.
5. Gvozdyev Yu.M. “Ximicheskaya texnologiya izdeliy iz koji” Uchebnoe posobie -M: Akademiya 2006. – 256 bet.
Rejaning bayoni:
Umumiy ma`lumot
Materiallarni shakllantirish poyabzal va attorlik buyumlarini tayyorlash texnologiyasidagi asosiy jarayonlardan biri hisoblanadi.
Ishlov usuli bo’yicha shakllantirishni parallel, ketma-ket, va parallel-ketma-ket shakllantirishga ajratish mumkin.
Xozirgi vaqtda asosan, yuqori ishlab chiqarish ko’rsatkichiga ega bo’lgan parallel va parallel-ketma-ket shakllantirish usullari qo’llaniladi. Qismlarni o’zgarishiga qarab shakllantirish muammosini egish, cho’zish va siqish bilan bajarish mumkin.
Odatda poyabzal qismlarini shakllantirishda uch xil o’zgarish kuzatiladi, shunga qaramay ulardan bittasi ustun turadi.
Poyabzal materiallarini o’zgarish qobiliyati ularning anchagina oraliqda o’z hususiyatini yo’qotmasligi, to’qima xolidagi tuzilishi bilan aniqlanadi. Shaklantirish texnologik jarayonini to’g’ri o’tkazish va eng yahshi o’zgarishni aniqlash uchun terining mustahkamlik xususiyatini jiddiy ravishda pasaytiruvchi, qaytarilmaydigan, strukturaviy o’zgarishni hisobga olish lozim.

Yüklə 445,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin