REJA: 1. Binolarni yoritishda energiya tejamlash
2. Elektr ro’zg’or asboblar va ulardan samarali foydalanish
Tayanch iboralar:energiya tejamkorligi, ishlab chiqarish, nominal quvvat, yoritish, elektr energiya sarfi, avtomatik boshqarish, markazlashqan boshqarish.
1. Binolarni yoritishda energiya tejamlash Xozirgi dunyoda ishlab-chiqarilayotgan energiyaning 40% va barcha energiya resurslarining 37% uy-joy va jamoat binolarida ishlatiladi. Binolar energiya iste`molining sezilarli ulushini (40-60%) yoritish tashkil etadi. Bu maqsadlarga bo’lgan elektr energiya sarfini qisqartirish ikkita asosiy yo’l bilan mumkin:
YOritishning nominal quvvatini pasaytirish;
YOritgichlardan foydalanish vaqtini kamaytirish.
YOritishning nominal (o’rnatilgan) quvvatini pasaytirish birinchi navbatda, kichik energiya iste`moli bilan kerakli oqimni beruvchi samaraliroq yorug’lik manbalariga o’tishni bildiradi. Bunday manbalar kompakt lyuminestsentli lampalar bo’lishi mumkin. Jamoat binolarida eng samarador yoritgichlarni qo’llash mumkin.
YOritgichlardan foydalanish vaqtni kamaytirish yoritish qurilmalarini zamonaviy boshqarish tuzilmalarini, rostlash va nazorat qilishni tatbiq etish bilan erishiladi. Rostlanuvchi lyuminestsentli yoritgichlarni qo’llash ularni pasaytirilgan (nominalga nisbatan) quvvatlarda ishlatish imkonini beradi. Bu shuni ko’rsatadiki, yoritishning o’zgarmas o’rnatilgan quvvatida, haqiqiy iste`mol etilayotgan quvvat va energiya iste`moli pasayadi.
YOritish yuklamasini boshqarish ikkita asosiy usul bilan amalga oshiriladi:
Barcha yoki bir qism yoritgichlarni o’chirish bilan (diskret boshqarish);
YOritgichlarning quvvatini ravon o’zgartirish (barcha uchun bir xil yoki yakka tartibda).
Diskret boshqaruv tizimiga, birinchi navbatda turli surat relelari (surat avtomatlari) va taymerlarni kiritish mumkin. Birinchilarining ishlash printsipi tashqi yoritilganlik datchiklari signali bo’yicha yuklamani yoqish va o’chirishga asoslangan. Ikkinchilari oldindan kiritilgan dastur bo’yicha kecha-kunduz vaqtiga bog’liq holda yoritish yuklamasini kommutatsiyalashni amalga oshiradi. YOritishni diskret boshqarish tizimlariga hozir bo’lish datchiklari bilan jihozlangan avtomatlar kiradi. Ular binodagi yoritgichlarni oxirgi inson chiqib ketganidan keyin ma`lum vaqtdan so’ng o’chiradilar. Bu diskret boshqarishning eng iqtisodiy turidir, lekin bunda tez-tez yoqish va o’chirish xisobiga lampalarning xizmat ko’rsatish muddati qisqarishi mumkin.
YOritish quvvatini ravon rostlash tizimining ishlash printsipi 9.1.-rasmda ko’rsatilgan. Tabiiy yorug’lik boshlang’ich daraja E1 ga mos bo’lgan t1 vaqt momentida, yoritgichlar quvvati (R) t2 momentigacha ravon pasayishini boshlaydi, tabiiy yorug’lik berilgan yoritilganlikni ta`minlash uchun etarli bo’lganida (E0 darajasi) t3 momentida, kunduzgi yorug’lik E1 darajagacha yana pasayishni boshlaganda, yoritish qurilmasining quvvatining (R) ravon ortishni boshlaydi.