16.1. Rasm. YOritish quvvatini ravon rostlash tizimining ishlash printsipi
Oxirgi o’n yilliklarda ko’p chet el firmalari tomonidan ichki yoritishni boshqarishni avtomatlashtirish uchun uskunalar ishlab chiqarish o’zlashtirildi. Zamonaviy tizimlar, foydalanuvchi uchun maksimal qulaylik bilan elektr energiyani iqtisod qilish imkoniyatini o’z ichiga oladi .
Yoritishni avtomatik boshqarish tizimlarni ikkita asosiy sinflarga bo’lish mumkin: lokal va markazlashgan.
Binolarni yoritishni lokal tizimlari konstruktiv jihatdan elektr taqsimlagich shitlariga tirkalgan yoki osiluvchi shitlar oralig’iga o’rnatiladigan bloklardan iborat. Bunday turdagi tizimlar odatda bitta funktsiyani yoki ularning qayd etilgan qatorini amalga oshiradi. Bu funktsiyalar qatoriga masalan, xonada inson borligi va tabiiy yoritilganlik darajasini hisobga olish, hamda simsiz masofani boshqarish tizimlari bilan ishlash kiradi. Lokal “yoritgichlarni boshqarish tizimlari” ko’p hollarda qo’shimcha sim o’tkazishni talab qilmaydi ba`zida simlar yotqizish zarurligini qisqartiradi. Konstruktiv jihatdan ular bevosita yoritgichlarda yoki bitta lampa kolbasida mahkamlangan kichik gabaritli korpuslarda bajariladi.
Yoritishning markazlashgan boshqarish tizimlari, “intellektual” nomiga to’liq javob bergan holda, ko’p sonli yoritgichlarni (bir necha yuzgacha) bir vaqtda ko’p variantli boshqarish imkoniyatini ta`minlaydi. Bunday tizimlar yorug’likni boshqarish yoki binolarning boshqa tizimlari bilan birga ishlashda (masalan, telefon tarmog’i, xavfsizlik tizimlari, ventilyatsiya, isitish va quyoshdan himoyalovchi to’siqlar) qo’llaniladi.
Hozirda iste`molchilar tomonidan energiya tejamlovchi yoritgichlardan va yorug’lik texnikasi buyumlaridan foydalanish rivojlanmoqda. Yaxshilangan iste`mol qilish sifatlariga ega bo’lgan holda (yuqori yorug’lik berish, spektr bo’yicha qulay va chiroyli, lipillamaydigan yorug’lik va h.k.), zamonaviy energiya tejamlovchi yoritgichlar iqtisodiyotligi va ishlatishda ishonchliligi jihatdan barcha talablarga javob beradi.
Lyuminestsentli yoritgichlar;
Galogen yoritgichlar;
Maxsus yoritgichlar.
Elektron ishga tushirish – rostlash apparatli lyuminestsentli yoritgichlar (EPRA) sosφ>0,93 bilan osiluvchi va shitli bajarishga ega bo’lib, quyidagi afzalliklarga ega:
-elektr magnit ishga tushirish-rostlash apparatdan (EmPRA) ta`minlanadiganga nisbatan 30% dan ortiq elektr energiyani iqtisod qilishga va shunga o’xshash qizdirish lampaga nisbatan oolti karra elektr energiyani iqtisod qilish;
-lampaning xizmat ko’rsatish muddatini 20% va undan ortiqqa, qizdirish iplarini (katodlarini) ravon qizdirishli optimal rejim hisobiga oshirish;
-qo’shimcha startyorsiz, kafolatli zudlik bilan ulash va shovqinsiz ishlash;
-lipillamaydigan, uzoq muddatli yuklamada lyuminestsentli lampalarning yuqori chastotali ishlashi hisobiga ko’zni charchatmaydigan tekis yorug’lik;
-stroboskopik hodisaning bo’lmasligi, ya`ni qandaydir narsa yoki rasmni kuzatish uzluksiz emas, balki ayrim birin ketin davriy ravishda, ma`lum vaqt oralig’ida, amalga oshirilishida hosil bo’ladigan ko’rishni anglash;
- elektr magnit xalaqitlarining bo’lmasligi.
Kompakt(bejirim ) lyuminestsent lampalar shu kabi yoritish texnik tavsiflarga ega bo’lgan qizitish lampalariga nisbatan 5 marta kam elektr energiya iste`mol qiladilar, ularda xizmat ko’rsatish muddati 8 marta ko’p. Aks panjarali va yorug’likni qaytaradigan yoritgichlar ham mavjud .
Dostları ilə paylaş: |