11-ma`ruza. Maishiy energiyani tejamlash reja


Galogen yoritgichlarni o’rnatish usuli bo’yicha



Yüklə 51,49 Kb.
səhifə3/4
tarix13.04.2023
ölçüsü51,49 Kb.
#125211
1   2   3   4
Galogen yoritgichlarni o’rnatish usuli bo’yicha, shiftga, devorga va stol ustida o’rnatadigan qilib chiqariladi va yashash, ma`muriy binolarni mahalliy yoritish, ofislarni, ish joylarini, vitrina, ekspozitsiya, stendlarni yoritish uchun ishlatiladi. Ular lampa plafonini sharnir yordamida mahkamlab xonaning har qanday berilgan zonasini yoritishni ta`minlaydi.
YOritgichlarda yorug’lik manbai sifatida oddiy qizdirish ipli lampalarga nisbatan quyidagi qator afzalliklarga ega bo’lgan, quvvati 20 Vt bo’lgan galogen lampalar qo’llaniladi:
-elektr energiya iste`molini 2-2,5 baravar pasaytirish;
-xizmat ko’rsatish muddati davomida yorug’lik oqimini mo’`tadilligi;
-juda yaxshi rang uzatishni ta`minlashi va turli rangli effektlarni hosil qiluvchi tiniq yorug’lik;
-oddiy lampalarga nisbatan, xizmat ko’rsatish muddatini 2 marta ko’pligi;
-mo’`jazligi.
20 yoki 50 Vt quvvatga ega bo’lgan galogen lampali IVU seriyali maxsus yoritgichlar, yonuvchi materialdan iborat bo’lgan yuzaga bevosita o’rnatish uchun mo’ljallangan, hamda hovuzlarda, favvoralarda, akvariumlarda, yong’inga qarshi qurilmali binolarda, dushlarda, kimyoviy tozalashlarda, bog’ uchastkalarida, avtomobillarni saqlash joylarida, yo’lovchi yo’laklarida, narvonlarda, er osti o’tish joylarida, mashinalarni avtomatik yuvish joylarida, ustaxonalar va baliq do’konlarida o’rnatish uchun tavsiya etiladi.
FBU vaNBU seriyali yoritgichlar ham xona ichlarini yoritishni ham suvlardan namlik, chang va tartib buzuvchilardan himoya qilish talab etilganda xona (bino) tashqarisini yoritishga mo’ljallangan. Bu yoritgichlar mexanik shikastlanishlarga, tosh va shunga o’xshagan qattiq narsalar tegishidan himoyalangan bo’ladi. Ular bog’lar, xiyobonlar, o’tish joylari, ayvonlar, hovuzlar, vannaxonalar, hojatxonalar va h.k.larni yoritishda tengi yo’q.
Elektr energiyani iqtisod qilish uchun har qanday lampalar qo’llanilganda, elektr energiyani 20 % gacha iqtisod qilishni ta`minlaydigan, yoritish asboblarini optimal joylashtirish katta ahamiyatga ega. Masalan, bir binoda ishchi va yordamchi zonalar mavjudligida ishchi zonalarlarni umumiy lokal (har tomondan) yoritish, yordamchi zonalarni esa bunga qaraganda past jadallik bilan yoritish ko’zda tutiladi. TSexlarni, omborlarni va boshqa ishlab chiqarish xonalarni yoritishda, eng yaxshi usul –bu yog’du taralish liniyalari uskunalaridir. Har qanday yoritish tizimini loyihalayotganda va tatbiq etayotganda ko’rish muhitini ta`minlaydigan quyidagi sanitar normalarni ta`minlash zarur:
-400-500 lk;
-yorug’likning tabiiy yoritilganlikka maksimal yaqinlashtirilgan spektral tarkibi;
-yorug’likning pulsatsiyasi va ko’r qiluvchi harakati bo’lmasligi;
-yorug’likni bir tekis taqsimlanishi.
Ko’chalar, maydonlar, tezyurar magistrallarni, transport kesishadigan joylarni, cho’zilgan tonnellarni, sport inshootlarini, aerodromlarni, qurilish joylarini, arxitektura inshootlarini, vokzallarni, aeroportlarni yoritish uchun iqtisodli manbaalardan biri, barcha ma`lum gaz razryadlovchi lampalar orasida yuqori yoritishga ega bo’lgan va uzoq muddatga xizmat qilganda yorug’lik oqimini uncha katta bo’lmagan pasayishga ega bo’lmagan yuqori bosimli natriyli lampalardir.
Natriyli lampalarning yana bir qo’llanish sohasi – bu issiqxonalardagi o’simliklarni nurlantirish. Issiqxonadagi ko’pchilik o’simliklarning nurlanishi yaxshi natija berganligi tufayli natriyli lampalar simobli va metallogenli, yuqori bosimli lampalarni almashtirish mumkin. Simobli lampalardan farqli o’laroq natriyli lampalarda simob yo’q, bu esa ularning qo’llanish sohasini kengaytiradi. Ularning ishini iqtisodiylik nuqtai nazaridan solishtirganda, 10000 soat mobaynida 30 % gacha iqtisodni tashkil etadi, o’z-o’zini qoplash muddati taxminan kuniga 12 soatni(yozgi vaqtda 8 soat va qishkida 16 soat) foydalanishdan kelib chiqqan holda 2 oyga yaqinni tashkil etadi.



Yüklə 51,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin