11-ma`ruza. Maishiy energiyani tejamlash reja


Elektr ro’zg’or asboblar va ulardan samarali foydalanish



Yüklə 51,49 Kb.
səhifə4/4
tarix13.04.2023
ölçüsü51,49 Kb.
#125211
1   2   3   4
Elektr ro’zg’or asboblar va ulardan samarali foydalanish
Uy-ro’zg’or ishlarida elektr energiya iste`moli yil sayin o’sib bormoqda va bu an`ana saqlanib qoladi, chunki aholi oxirgi yillarda uy va xonalarda elektr energiyaning bosh iste`molchisi bo’lgan maishiy texnikani (kir yuvish mashinalari, oshxona kombaynlari, chang yutgichlar, elektr choynaklari, elektr go’sht maydalagichlar, elektr kofe qaynatgichlar va h.k) faol sotib olmoqda.
Uylarda elektr energiyadan foydalanishni shartli ravishda to’rt guruhga bo’lish mumkin:
-xonalarni isitish;
-sovutish va muzlatish;
-yoritish;
-kirlarni va idish tovoqlarni (kir yuvish mashinalari va idish-tovoq yuvish mashinalari yordamida) yuvish.
Turli uylarda yuqorida sanab o’tilgan toifalarni turlicha o’zgartirish mumkin. Masalan ba`zi uylarda elektr plitalar o’rnatilgan, boshqalarida – gazli, optimal haroratni ushlab turish uchun bitta xonadonda markaziy isitish, boshqasida esa elektr isitgich ishlatilishi mumkin. Taxminan turli asboblar sarf qiladigan elektr energiya 20.1 - jadvalda keltirilgan.

16.1- jadval





Asbob

Iste`mol qilish, kVt.s/yil

Qizdirish lampasi 60 Vt

263
(kecha-kunduzda 12 soat ishlashi hisobidan)

Energiya tejamlovchi lampa 9-11 Vt

44
(kecha-kunduzda 12 soat ishlashi hisobidan)

Muzaltgich apparati

427

Idish yuvish apparati

475

Elektr pech

440

Kir yuvish mashinasi

275

Sovutgich

584

Televizor

180

Videomagnitofon

150

Kofe maydalagich

65

Kompyuter

40

Audioapparatura

35

Dazmol

30

Ro’zg’orda energiya tejamlash o’z uyingiz xonasidan boshlanadi. Avvalambor mavjud materiallar bilan eshik va romlarning tirqishlarini yopib isitish kerak; deraza va balkon eshiklariga qalin pardalarni shunday osish kerakki, radiatorni yopib qo’ymasin va issiqlik aylanishiga xalaqit bermasin; oynalarga qo’shimcha polietilen plyonkalar tutib qo’yish kerak; hojatxona va oshxona shamollatish tirqishlarini yarimigacha yopib qo’yish kerak, hamda tutun chiqqichni karton yoki qalin qog’oz bilan yopish kerak.


Ko’p issiqlik devor va ba`zida ochiladigan derazalar orqali radiatordan chiqib ketadi. Bu yo’qotishlarni yaltiroq plenkadan, alyumin zar qog’oz yoki ruxlangan tunukadan, fanerga yopishtirilgan kartondan aks ettiruvchi ekran yasab, radiator orqasiga qo’yib qo’yish va shu bilan yo’qotishlarni kamaytirish mumkin. Xonalarda haroratni rostlashning eng yaxshi usuli, bu radiatorlarda jo’mrak va harorat rostlagichlarini o’rnatishdir. Ro’zg’orda elektr energiyani iqtisod qilishning boshqa choralari quyidagilardir.

  1. hayot qulayliklariga xalaqit bermagan holda, kerak bo’lmagan joylarda chiroqni o’chirish va bu odatni barcha oila a`zolariga singdirish;

  2. Imkoniyati boricha qizitish lampalarini, shu yorug’likni energiyani 70-80 % kam ishlatib ta`minlaydigan energiya tejamkor lampalar bilan almashtirish. Bunda ular5-6 marta uzoq ham yonadi;

  3. Ayrim joylarda talab etiladigan yorug’lik miqdoriga bog’liq holda, turli quvvatdagi lampalarni o’rnatish. SHuni bilib qo’yish kerakki, lampalar va plafonlar ifloslanganda xonadagi yoritilganlik 10-15% ga pasayadi;

  4. Masofaviy boshqarish ko’zda tutilgan elektr asboblarni(televizor, radio, telefon) nafaqat kechasi, balki boshqa foydalanilmayotgan davrda ham (uydan chiqib ketish, tanaffus va h.k) o’chirib qo’yish kerak, chunki ular elektr tarmoqqa ulanib turgan paytda elektr energiya iste`mol qiladi;

  5. Kir yuvish mashinasini iloji boricha kichik haroratga sozlab to’la yuklamada ishlatish. SHuni esda tutish kerakki 900 S haroratda kir yuvish 400 S haroratdagiga qaraganda 3 marta ko’p energiyani talab qiladi. CHunki kir yuvish vositasi 400 S haroratda tezda eriydi va kirga faol ta`sir qiladi;

  6. Sovutgich va muzlatgichlar xonadagi eng ko’p energiya sarf qiladigan iste`molchidir. Uylarda ishlatilayotgan energiyaning taxminan 40% ularning ulushiga to’g’ri keladi. Quyidagi oddiy printsiplarga rioya qilib elektr sarfini 25% gacha pasaytirish mumkin:

  • vaqti-vaqti bilan muzlatgich kamerasida 5-10 mm qalinlikdagi muz hosil bo’lmasligi uchun muzlatgichni muzdan tushirib turish;

  • bu asboblarni isitgich elementlaridan ancha uzoqda va Quyosh nuri to’g’ridan-to’g’ri tushmaydigan joyda joylashtirish;

  • muzlatgich atrofida 1-2 sm dan kam bo’lmagan ochiq joy qoldirish;

  • sovutgich va muzlatgichga faqat sovugan oziq- ovqatlarni qo’yish;

  • muzlatgich eshigini zich yopilishi;

  • muzlatgich eshigini iloji boricha kam vaqt ochiq holda ushlab turish;

  • asboblarni orqa tomonidagi changni 1 yilda kamida bir marta tozalab turish;

  • agarda oila uydan bir necha kunga chetga chiqib ketsa, sovutgichni tarmoqdan uzib qo’yish.

Gaz plitalardan foydalanish ekologiya nuqtai nazaridan elektr plitalarda ovqat tayyorlaganga nisbatan yaxshi variantdir. Agarda uyda elektr plita o’rnatilgan bo’lsa, u holda elektr energiya iqtisodini quyidagilar hisobiga amalga oshirish mumkin:

  • kastryulya yoki tovani tashqi tekis yuzasini va diametri plitaning isitish yuzasidan 3 sm ga ortiq bo’lishini tanlash;

  • elektr plitani qaynatish yoki qovurish tugashiga bir necha minut qolganda o’chirish;

  • qopqog’i bo’lgan idishdan foydalanish;

  • optimal miqdordagi suvni quyish.

YOritish kichkina vaqt oralig’ida talab etiladigan joylarda avtomat o’chirgichlarni o’rnatish, masalan, ko’p xonali uylarning zinapoyalari maydonchalarida, yakka turadigan bir xonali uylarning old tomoniga chiqish joylarida.
Elektr ro’zg’or asboblarini sotib olayotganda birinchi navbatda nafaqat narxini, balki energiya tejamlash parametrlari bilan ham qiziqish kerak, faqat foydalanishdagi sarflarni, narxlar bilan taqqoslab, kerakli elektr ro’zg’or tovarlarini sotib olish imkoni to’g’risida qaror qabul qilish maqsadga muvofiq.
Turar joylarni isitishda foydalaniladigan elektr energiyani iqtisod qilishdagi muhim moment, bu xonadon va uylarning balkonlari, eshiklari, romlarini ishonchli isitish hisoblanadi. Eng oddiy va tez usul – gazetalardan turbka shaklida o’ralgan qog’ozni rom va deraza tirqishlariga tiqib qo’yish. Bu usul derazalarda tirqishlar kam bo’lganda va kuchli sovuqlarda yaxshi samara beradi.
Derazalarni sovuq kirishidan saqlashning ishonchli usuli, bu bo’r pastasi va undan tayyorlangan elim. Nisbati 1:1 bo’lib bu komponentlardan tayyorlangan pasta bilan barcha tirqish va teshiklarni to’ldirib chiqish kerak. Agarda romlar eski bo’lsa u holda bu komponentlarda kleyni kamaytirib (3:1 yoki 4:1) teshiklar yopiladi, buning uchun deraza ochilib pasta surilgandan so’ng deraza yopiladi va tirqishlardan ezilib chiqib qolgan ortiqcha pastani darrov olib tashlanadi.
Kirish eshiklari va yondori orasidagi tirqishlarni aptekaning rezinali turbkasi yondoriga mayda mixlar bilan qoqib chiqilib zichlashtirish mumkin. Agarda tirqish katta bo’lsa bitta turbkani eshikka, bittasini esa kosyakka mixlanadi.
Balkon eshigini bezak berilgan matodan tayyorlangan paxtali gilamcha bilan isitish mumkin. Uning o’lchamlarini shunday tanlanadiki, u eshikni yon va past tirqishlarini berkitib tursin.
Qishloq uylarida va dala hovlidagi uylarni sovuqdan himoya qilish kuzda quruq poxol va qurigan barglarni to’kib yasalgan qurilma bilan amalga oshiriladi. Qishda bu qurilmani qordan qilsa bo’ladi. Bu qurilmani tayyorlash texnologiyasi oddiy: polietilen plenkani yoki to’lni(ruberoid) uy perimetri bo’yicha shunday yozib chiqiladiki uning bitta yarmi uy poydevorida ikkinchi yarmi erda yotadi. Keyin material qor bilan sepib chiqiladi. Izolyatsiya qilayotgan to’l devor va poydevorni namdan saqlaydi, qor esa issiqlikni saqlaydi.


NAZORAT SAVOLLARI:

  1. Binolarni yoritishda energiya tejamlash nima?

  2. Yoritish yuklamasini boshqarish qanday usul bilan amalga oshiriladi?

  3. Binolarni yoritishni lokal tizimlari.

4. Yoritishning markazlashgan boshqarish tizimlari.
Yüklə 51,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin