11-Mashg‘ulot. Yozuv va uning rivojlanish bosqichlari (2 soat) Reja : D



Yüklə 41,85 Kb.
səhifə2/4
tarix24.05.2022
ölçüsü41,85 Kb.
#116194
1   2   3   4
11 seminar

Stеnоgrаfiya grеkchа so‘z bo‘lib, «stenos - «tоr» vа grapho-«yozаmаn» dеgаn mа’nоlаrni bеrаdi. Bu yozuvni mutахаssislаr ishlаtаdi. Uning аsоsiy vаzifаsi оg‘zаki nutqni tеz vа to‘liq qоg‘оzgа tushirishdаn ibоrаt.Xatning paydo bo‘lishi bilan bir vaqtda inson nutqini tezlashtirib (qisqartirib) yozish muammosi tug‘ildi. So‘zlarning talaffuzi yozilishiga nisbatan 5-6 marta tez bo‘lganligi sababli,oddiy xatdabir daqiqada 15-20 ta so‘z yozish mumkin, talaffuzda esa bir daqiqada 100 ga yaqinso‘zni aytish mumkin.
Qadimda yozuv tezligini talaffuzga yaqinlashtirish maqsadida bir qancha harakatlar amalga oshirildi, natijada stenografiya vujudga keldi. Qadimgi Yunonitonda (Gretsiyada) eramizdan avvalgi 350 yildayoq bu usul ma’lum bo‘lgan. Ammo tarixdagi ilk stenografiya eramizdan avvalgi 63 yilda yaratilganligi ma’ lum. Bunga Rim senatori Katonning so‘zlagan nutqining stenografiya usulida yozib olinganligi misol bo‘ladi.
Ilk lotin stenografiyasi kashf etgan kishi – bu Rim oratori Setseronga adabiy kotib bo‘lib xizmat qilgan Tiron ismli quldir. Bu kashfiyotchi sharafiga lotin stenografiyasi « Tiron notalari » deb nom oldi. Boshlang‘ich davrda stenografiyaso‘zma - so‘z bo‘lgan. Bunda har bir so‘zni o‘ziga xos belgisi bo‘lib, uni eslab qolish kerak edi. Boshida ushbu belgilar soni 5000 ta bo‘lsa, keyinchalik ularning soni 13000 taga yetdi va stenografiyaning bu ko‘rinishini amaliyotda qo‘llash bir qator qiyinchiliklar tug‘dirdi.
Yechim XVIII asr boshlarida ingliz Uillis tomonidan harfli tizimning yaratilishi bilan keldi. Aynan shu harf tizimi keyinchalik ko‘pgina mamlakatlarga targ‘ib etala boshlandi. Bir necha asrlar davomida ushbu tizimning bir necha turlari vujudga kelib, ikkita asosiy tizimga olib keldi. Ular geometrik va kursivli. Birinchining asosiga to‘g‘ri chgiziq,nuqta, doira va uning qismlari, ikkinchisining asosiga oval vaoddiy xat harf qisimlari kiradi. Harf tizimida har bir harf o‘z stenografik belgisiga ega. Shu bilan birga xatning bo‘g‘inli, so‘zli va iborali usllari keng qo‘llanilmoqda.
Iborali stenografik belgi butun bir iborani yoki ibora qismini tasvirlab beradi. Shunday qilib stenografiya xat rivojlanishining asosiy davrlarida o‘ziga xos rol o‘ynaydi. Rossiyada tez yozish san’ati birinchi Romanovlar davrida: Novgorodda va Pskovda XI-XVI asrlarda, Moskvada esa XYI asrda mavjud bo‘lgan. Biroz vaqt o‘tib Rossiyada ilk ommaviy stenografik yozuv joriy qilingan.
XIX asrning ikkinchi yarmida stenografiya talabalar, yozuvchilar, jurnalistlar, olimlar tomonidan qo‘llanila boshandi. Jumladan, D. I. Mendeleevning « Kimyo asosi »asari stenografik usulida bajarilgan. XX asrda stenografiyaningrivojlanishi Rossiya Davlat Dumasining paydo bo‘lishi va faoliyati bilan bog‘iq. Hukumat boshiga bolsheviklarning kelishi davlat tomonidan stenografiyaga bo‘lgan ahamiyatini kuchaytirdi.
1925-yilda Umumittifoq stenograflar konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.1920-yilda « Stenografiya muammolari » jurnali chop etildi. Shu davrda ilk davlat oliy stenorafiya kurslari ham paydo bo‘ldi. Keyinchalik bir qancha sovet oliy o‘quv yurti va maktablarida stenografiya o‘qitilib, mamlakatda minglab stenograflar faoliyat olib borganlar. Rossiyada bir yarim asr davomida stenografiyaning faol qo‘llanilishi davrida stenografiyausuli haqida ko‘pgina kitob va o‘quv qo‘llanmalar yaratildi. Rus tili asosida stenografiya tizimlarining yuzlab variantlari ishlab chiqarildi.
Stenografiyani o‘rganish nihoyatda qiyin bo‘lib, doimiy ravishda amaliyotni talab qiladi. Stenograftning faoliyati juda ma’suliyatlidir. Shuni aytish joizki, stenografik yozuv aytib o‘tilgan nuqtani so‘zma - so‘z havola qilib bera olmaydi. XX asrning o‘rtalarida mashinali stenografiyaga o‘tish harakatlari yaxshi natija bera olmadi.Hozirgi zamonaviy texnologiyalarning rivojlanishi stenografiyani deyarli chetga surib qo‘ydi, ammo shunga qaramay stenografiya hanuzayrim sohalarda tor qo‘llanib kelinmoqda .
Stеnоgrаfik yozuvning hаr bir bеlgisi bir, bа’zаn bir nеchа so‘zning mа’nоsigа to‘g‘ri kеlаdi. Bu yozuvdаn mаjlislаr qаrоrini yozishdа kеng fоydаlаnilаdi. Stеnоgrаfistlаr tаyyorlаydigаn mахsus kurslаr hаm mаvjud.

Yüklə 41,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin