11-Mavzu : Tarbiyaning umumiy metodlari


Tarbiya metodlari haqida tushuncha



Yüklə 1,89 Mb.
səhifə2/6
tarix02.12.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#137100
1   2   3   4   5   6
11-mavzu

1.Tarbiya metodlari haqida tushuncha.

  • TARBIYA keng ma’noda tarbiya shaxsga jamiyatning ta’sir etishi, ijtimoiy hodisa sifatida qaraladi. Mazkur holatda tarbiya ijtimoiylashtirish bilan uyg’unlashadi.
  • TARBIYA tor ma’nodagi tarbiya deganda, pedagogik jarayon sharoitida ta’lim maqsadini amalga oshirish uchun pedagog va tarbiyalanuvchilarning maxsus tashkil etilgan faoliyati tushuniladi. Ushbu holatda pedagoglarning tarbiyaviy faoliyati tarbiyaviy ish deb ataladi.
  • Tarbiyalanuvchilarga ta’sir etishi natijalariga ko’ra metodlarni ikki guruhga bo’lish mumkin:

  • Axloqiy me’yorlar, motivlarni hosil qilishga, tasavvur, tushuncha, g’oyalarni shakllantirishga ta’sir etuvchi.
  • Xulq-atvorning u yoki bu turini aniqlaydigan odatlarni hosil qilishga ta’sir etuvchi.
  • Hozirgi vaqtda o’ zida tarbiya metodlaridagi yagona maqsad, mazmun va tartiblilikni aks ettiruvchi ko’proq ob’ektiv va qulay metodlar qo’llaniladi. Ana shunday tavsif bilan bog’liqlikda tarbiya metodlari uch guruhga bo’linadi:
  • Shaxs ongini shakllantiruvchi metodlar.
  • Faoliyatni tashkil etish va xulq-atvor tajribalarini shakllantirish metodlari.
  • Xulq-atvorni va faoliyatni rag’batlantirish metodlari.

Tarbiya metodi tarbiya maqsadiga erishishning yo'li; tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg'ulari va xulqiga ta'sir etish usullari.

Maktab amaliyotiga tatbiq etilganda, metodlar bu tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg'ulari va xulqiga ta'sir etish usullaridir.

Metodlarni takomillashtirish muammosi doimo mavjud, har bir tarbiyachi o'zining imkoniyatiga ko'ra uni hal qiladi, tarbiya jarayonining aniq shart-sharoitlariga mos ravishda o'zining xususiy qarashlarini ifoda etish asosida umumiy metodikani boyitadi.

Metodning ijobiy va salbiysi bo’lmaydi, tarbiya jarayonida ma'lum yo’lni yuqori darajadagi samarali va samarasiz deya baholash mumkin emas. Metodning samaradorligini u qo'llanilayotgan sharoit nuqtayi nazaridan baholash mumkin.


Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin