11-mavzu: Elektron tijorat tizimlari va elektron raqamli imzo



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/4
tarix02.12.2022
ölçüsü1,08 Mb.
#120362
1   2   3   4
11- Маруза

O’zbekiston Respublikasida raqamli imzo
haqida qonun
O‘zbekiston Respublikasining “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, 
elektron raqamli imzo — elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron
raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus o‘zgartirish natijasida hosil
qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi
axborotda xatolik yo‘qligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini
identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo.
Elektron raqamli imzoning yopiq kaliti — elektron raqamli imzo vositalaridan
foydalangan holda hosil qilingan, faqat imzo qo‘yuvchi shaxsning o‘ziga ma’lum bo‘lgan
va elektron hujjatda elektron raqamli imzoni yaratish uchun mo‘ljallangan belgilar
ketma-ketligi.
Elektron raqamli imzoning ochiq kaliti — elektron raqamli imzo vositalaridan
foydalangan holda hosil qilingan, elektron raqamli imzoning yopiq kalitiga mos
keluvchi, axborot tizimining har qanday foydalanuvchisi foydalana oladigan va elektron
hujjatdagi elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash uchun mo‘ljallangan
belgilar ketma-ketligi.


Mazkur Qonunga ko‘ra elektron raqamli imzodan foydalanish sohasini davlat
tomonidan tartibga solishni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va u maxsus
vakolat bergan organ amalga oshiradi. Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya
texnologiyalari sohasida O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va
telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi ERIni ro‘yxatga oluvchi vakolatli
davlat organi hisoblanadi. Mazkur vazifa Qo‘mita tizimidagi «UNICON.UZ» – Fan-
texnika va marketing tadqiqotlari markazi Davlat unitar korxonasi qoshidagi Elektron
raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatga olish markazi tomonidan amalga oshiriladi.
• Elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatga olish markazi elektron raqamli imzoning
ochiq kalitlari va shifrlash sertifikatlaridan quyidagi maqsadlarda foydalanishni
ta’minlash uchun mo‘ljallangan:
• - uzatiladigan elektron hujjatlar va ommaviy axborot resurslarining butunligini, 
shuningdek ularning ishonchli autentifikatsiya qilinishini nazorat qilish;
• - axborot o‘zaro hamkorligi sub’ektlarining yuridik jihatdan ahamiyatli elektron
identifikatsiyalash tizimini yaratish;
• - tizim sub’ektlarining axborot o‘zaro ishlashida xavfsizlik va foydalana olishning
ajratilishini ta’minlash;
• - axborot o‘zaro hamkorligi sub’ektlarining elektron raqamli imzo kalitlarini
boshqarish tizimini yaratish.



Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin