11. Mavzu. Kasbiy kompetentlilik mohiyati. Mashg’ulot rejasi


Kasbiy kompetentlikning mohiyati



Yüklə 60,58 Kb.
səhifə4/8
tarix29.12.2022
ölçüsü60,58 Kb.
#121880
1   2   3   4   5   6   7   8
11-MARUZA

3. Kasbiy kompetentlikning mohiyati
Kasbiy kompetentlik - bu kishining kasbiy vazifalarni bajara olish qobiliyatidir. Professionalizm ko‘plab kasbiy kompetentlikdan tashkil topgan bo‘ladi. Kompetentlik tarkibida kishining bilim, ko‘nikma va malakalariga bog‘liq holda bu qobiliyatlardan foydalana olish imkoniyati mavjud bo‘ladi.
Kasbiy kompetentlikning bir necha turlari - kasbiy faoliyatdagi kompetentlik, kasbiy muloqotdagi kompetentlik, mutaxassisning o‘z shaxsini namoyon eta olishdagi kompetentligi kabi guruhlarni farqlash mumkin.
Kasbiy faoliyatdagi kompetentlik va uning turlari quyidagicha:

  • maxsus kompetentlik (o‘z ishini yaxshi bilish);

  • texnologik kompetentlik;

  • sub’ektiv kompetentlik;

  • professiologik kompetentlik (kasblar haqida ma’lumotga ega bo‘lish);

  • huquqiy kompetentlik;

  • iqtisodiy kompetentlik va boshqalar.

Kasbiy muloqotdagi kompetentlik va uning turlari:

  • kommunikativ va muloqotchanlik kompetentligi (hamkorlik qila olish qobiliyati);

  • ijtimoiy-perseptiv kompetentlik (boshqa kishilarni idrok qilishga qobiliyat);

  • differensial-psixologik kompetentlik;

  • diagnostik kompetentlik (boshqalarni o‘rganish qobiliyati);

  • ahloqiy kompetentlik;

  • empativ kompetentlik;

  • madaniyatlararo, ijtimoiy-madaniy kompetentlik (boshqa madaniyatlarga nisbatan bag‘rikenglik);

  • nizoli vaziyatlardagi kompetentlik va boshqalar.

Mutaxassis shaxsining shakllanishidagi kompetentlik va uning turlari:

  • psixologik kompetentlik (boshqa kishilarni o‘rgana olish ko‘nikmasi):

  • individual, autopsixologik kompetentlik (o‘zini o‘rganish ko‘nikmasi);

  • madaniy kompetentlik (jamiyatda qabul qilingan madaniy normalarni qabul qilish va o‘zi uchun etalon sifatida o‘zlashtirish);

  • refleksiv kompetentlik va boshqalar);

Professiogramma – kishining jamiyat uchun zarur bo‘lgan mehnat mahsulotlarini yaratishi, ijtimoiy ahamiyatga ega muvaffaqiyatlarga erishishi uchun kasbiy faoliyatga qo‘yiladigan talablar yig‘indisidan iborat. Professiogrammada kasbiy topshiriqlar, vositalar, usullar va texnologiyalar, mehnat natijalari va xodim uchun zarur sifatlar mohiyati aks ettirilgan hujjatdir.
Adabiyotlarda kompetentlik tushunchasining 3 ta asosiy ahamiyatga ega, ya’ni vazifalari mosligi (muassasa yoki shaxsning huquq va burchlari), shaxs bilim va malakaga ega bo‘ladigan savollar doirasi, shuningdek, tabiiy fanlarda moslik o‘ziga xoslik qobiliyati.
Kompetentlik keng ko‘lamda quyidagicha izohlanadi. Unga ko‘ra, sub’ektning jamoaviy-amaliy malakasining shakllanganlik darajasi, faollikning ijtimoiy va individual shakllarini o‘zlashtirganlik darajasi sifatida bu esa individga o‘z qobiliyatlari doirasida jamiyatda muvaffaqiyatli faoliyat yuritishga yordam beradi.
Y.F.Maysurazde kompetentlik tushunchasini aniqlashga qaratilgan yondashuvni 3 ta guruhga bo‘ladi:

  1. Ish boshqarish ko‘nikmasini bilish kompetentligini aniqlash.

  2. Kompetentlik mazmuniga ma’lumotlilik darajasini kiritish hamda mutaxassislik bo‘yicha ish malakasi va mehnat stajini qo‘shish.

  3. Kompetentlikni bilim va amalga tatbiq etish bilan bog‘lash doirasida ko‘rib chiqish.

Psixologiya fanida kompetentlik muammosini ko‘rib chiqishga qaratilgan bir qator yondashuvlarni ajratib ko‘rsatish mumkin. Xususan, ijtimoiy-psixologik, psixologik-pedagogik, umumiy psixologik, psixolingvistik. Ijtimoiy-psixologik yondashuv nuqtai nazaridan (Y.N.Emilyanov, L.A.Petrovskaya, M.K.Kabardov, Ye.V.Arsishevskaya, V.G.Loos, Y.M.Jukov, N.V.Yakovleva, G.A.Kovalev, N.V.Grishina, A.A.Kidron, Y.F.Maysurazde) kompetentlilikni rahbar va xodim ijtimoiy munosabatlari tizimi sifatida ko‘rib chiqadi.
M.Klerstning ta’kidlashicha kompetentlik mazmunini ochib berishda turli xil tarkibiy qismlarga ajratiladi:
A) kompetentlik belgilari (qobiliyat, talant, bilim);
B) inson faoliyati jarayon sifatida (tuzilish, tavsifnoma, belgilar);
V) faoliyat natijalari (mehnatning mevasi, faoliyat ob’ektlaridagi o‘zgarish).
U bir qator definitsiyalarga olib keladi, bu esa kompetentlik mazmunini ochib beradi.
1-definitsiya bu rahbar shaxsiga taalluqli shaxsning intellektual salohiyatini aks ettiradi.
2-definitsiya bu rahbar shaxsiga taalluqli uning asosiy faoliyatida kompetentlik vazifalarining miqdori va sifatida aks etadi hamda u shaxs tomonidan hal qilinadi, shakllantiriladi.
3-definitsiya kompetentlik shaxs yoki shaxs xususiyatlarining tarkibiy qismlaridan biri sanaladi hamda eng muhim vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilishning asosi hisoblanadi.
4-definitsiya kompetentlik ma’lum shaxs xususiyatlari tizimi hisoblanadi hamda u muammoli vazifalarni hal qilingan natijalarida namoyon bo‘ladi.
5-definitsiya kompetentlik shaxs rivojlanishi va muammolarni samarali hal qilinishida namoyon bo‘ladi hamda u inson faoliyati doirasida uchraydi va shu tashkilot uchun xizmat qiladi.
Y.F.Maysurazde kompetentlik tushunchasiga umumiy bilimlardan tashqari bilimlarni ketma-ketlikda qo‘llash usulini ham kiritadi. Bu yondashuv boshqalari bilan farq qiladiki, unda bilishga nisbatan talabdan tashqari, sub’ekt va ob’ekt boshqaruvi o‘rtasidagi munosabat ham talab qilinadi. Kompetentlik muammosiga N.V.Grishina ijtimoiy-psixologik nuqtai nazaridan yondashib, u rahbar kompetentligini “qarama-qarshiliklar tabiatini tushunish, muammolarga nisbatan konstruktiv qarashning shakllanishi yuzaga kelayotgan vaziyatlarni tahlil qilish, ularning kelib chiqish sabablarini aniqlash hamda ularni boshqarishda deb tushunadi.
Rahbarning kasbiy kompetentligini I.M.Kondakov nizoli vaziyatlarda adekvat qarorlar qabul qilishda deb tushunadi. Shu bilan bir qatorda bu xarakterning alohida xususiyatlari bo‘lib qolmay, u tashkilot faoliyati xususiyatlari mehnat jamoasi a’zolari bilan real munosabat mahsuldorlik faoliyati bilan bog‘liq.
M.I.Berestova rahbar kompetentligini yuqori lavozimdagi shaxs vazifalari doirasi sifatida ko‘rib chiqadi hamda u amaliy vazifalarga nisbatan javobgarlikni aniqlaydi. Muallifning fikricha, ijtimoiy-psixologik kompetentlik quyidagi anglash, boshqarish, nazorat va baholash, o‘ziga o‘zi baho berish funksiyasiga ega. Asosiy va muhimi deb anglash va regulyativ boshqaruvchi funksiyasi deb hisoblaydi hamda ular sterjen vazifasini bajaradi.
Ijtimoiy-psixologik kompetentlik, A.V.Evseevning fikricha, rahbarning qo‘l ostidagilari bilan ish va shaxsiy munosabatlarining samarali bo‘lishi qobiliyatidadir. Ijtimoiy-psixologik kompetentlik integrativ sifat deb u rahbar faoliyati davomida yuzaga keladigan bilim, malaka va tajribada ko‘rinadi.
Ko‘pgina mualliflar ijtimoiy-psixologik yondashuv doirasida kompetentlik tushunchasini kommunikativ tuzilishi nuqtai nazaridan ko‘rib chiqishadi.
Kommunikativ kompetentlik tushunchasi ijtimoiy-psixologik lug‘atda muomalaning turli vaziyatlarida bilim va malakaga asoslangan yo‘nalish deb ko‘rsatilgan.
Ijtimoiy-psixologik adabiyotlarda bu tushunchaning quyidagi umumiy va alohida xususiyatlari ko‘rsatilgan:
1. Muomalada kompetentlik tushunchasi shaxslar bilan munosabat o‘rnatish va uni qo‘llash qobiliyati darajasi.

  1. Bu qobiliyat shaxsning muomalaga ehtiyoj, o‘ziga ishonish va baho berish kabi chuqur xususiyatlari bilan munosabatini ko‘rsatish.

  2. Bir tomondan malaka va mahoratini ajratish, boshqa tomondan shaxsni individual-psixologik tavsifnomasini ko‘rsatish, ular shaxslararo munosabatni muvaffaqiyatli bo‘lishiga olib keladi.

4. Shaxs kompetentligi ko‘p o‘lchamli va ko‘p darajaliligini tushuntirish. Darajalarga ajratishda muomala tomonlari va ularga mos kompetentlikning tarkibiy qismlari olinadi ya’ni (kognitiv, ekspressiv, o‘zini o‘zi namoyon qilish interaksion ta’sir ko‘rsatish).
M.K.Kabardov va Ye.V.Arsishevskaya xulq-atvor tavsifnomasi kommunikativ kompetentlik sifatida tushunchasini shaxs faolligida еtakchi shakl sifatida izohlaydi.
Y.N.Emelyanov tomonidan “Kommunikativ kompetentlik” tushunchasi quyidagicha ochib beriladi ya’ni vaziyatli adaptivlik va ijtimoiy xulq-atvorning verbal va noverbal nuqtai nazaridan erkin egallashdir. Bunda u umumiy genetik asoslarda kasbiy va umumiy kommunikativ kompetentlikni ajratadi. Kasbiy kommunikativ kompetentlikni u ahamiyatli va hayotiy zarur deb ko‘rsatadi. Uning fikricha, kommunikativ kompetentlik hosil bo‘lishida hayotiy tajriba, ilmiy metodlar asos bo‘lib hisoblanadi.
L.V.Petrovskaya va Y.M.Jukov “muloqotdagi kompetentlik tushunchasini qo‘llashadi va uni boshqa insonlar bilan aloqa o‘rnatishi va saqlash qobiliyati sifatida belgilashadi hamda uni rivojlantirish vazifasini qo‘yishadi. Muloqotdagi kompetentlikni rivojlantirishning asosiy usuli L.A.Petrovskaya fikricha, muloqotning perseptiv tarkibiy qismining rivojlanganligi mazkur jarayonda ijtimoiy psixologik treningning qo‘llanilishidir .
Kommunikativ kompetentlikni tahlil qilishda ba’zi mualliflar faoliyatli nuqtai nazardan yondashadilar. Bunda faoliyatning ichki xususiyatlari hamda mo‘ljalga olish va bajaruvchi qismiga ajratiladi. Shuningdek, kommunikativ kompetentlik ichki zahiralar tizimi sifatida tushuniladi. Kommunikativ faoliyatda muallif boshqaruvchi va bajaruvchilarini ajratib ko‘rsatadi. N.M.Melnikovaning fikricha, shaxs muloqotidagi kompetentlik ko‘p qirrali uyg‘un shaxsning vujudga kelishi sifatida ko‘rib chiqiladi.
Xorij psixologiyasi shaxs shakllanishida muloqot jarayonining muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsiz bo‘lishi bilan bog‘liqligi quyidagi atamalar bilan belgilanadi.
1. Shaxs imkoniyatining kommunikativligi;
2. Munosabatni tashkil qilishdagi qat’iylik muomalaga tayyorgarlik;
3. Ta’sir o‘tkazish xususiyatini singdirish qobiliyati;
4. “Men”-konsepsiyasi – anglash emotsional obraz uning yadrosi bu o‘zini o‘zi hurmat qilish.
Pedagogik faoliyatda kompetentlik muammosini tahlil qilishda psixologik-pedagogik yondashuvni ajratib ko‘rsatish mumkin. Yuqoridagi fikrlardan ko‘rinadiki, kompetentlik shaxsning u yoki bu sohaga nisbatan talablarni egallashi hamda uni yuqori darajaga ko‘tarishi bilan belgilanadi.
Professiogramma – kishining jamiyat uchun zarur bo‘lgan mehnat mahsulotlarini yaratishi, ijtimoiy ahamiyatga ega muvaffaqiyatlarga erishishi uchun kasbiy faoliyatga qo‘yiladigan talablar yig‘indisidan iborat. Professiogrammada kasbiy topshiriqlar, vositalar, usullar va texnologiyalar, mehnat natijalari va xodim uchun zarur sifatlar mohiyati aks ettirilgan hujjatdir.
Akmeogramma – malakali mutaxassis shaxsi va faoliyatiga qo‘yiladigan talablar aks ettirilgan talablar yig‘indisidir. Unda nafaqat jamiyat talab qilgan natijalarga erishish uchun zarur sifatlar va faoliyatga xos xususiyatlar, balki mutaxassisning kasbiy mahoratga erishishi, professionalizmni egallashi uchun zarur jihatlar ham o‘z aksini topgan.

Yüklə 60,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin