Konspekt tuzish (latincha ―konspektus‖- ―obzor‖ so’zidan olingan).
O’rganilayotgan manbaning rejasiga qarab uning ideyasi va asoslash jarayoni
yozib olinadi, ya‘ni sarlavhalar, sarlavha ostidagi sarlavhachalar, tezislar,
sitatalar, qo’shimcha ma‘lumot va belgilar, xulosalardan foydalanib, o’qilgan
narsaning mohiyatini bir-biriga bog’lab, ammo bo’lib-bo’lib bayon qilish zarur.
Konspektda faktlar ham, sxemalar ham, chizmalar ham, ro’yxatlar ham, boshqa
materiallar ham bo’lishi mumkin. Konspektning titul varag’ida manbaning
oxirgi qismidagi ma‘lumotlar, konspekt tuzishning boshlangan va tamomlangan
sanalari yozilishi kerak.