Oliy ta’lim tizimining takomillashtirilishi. Ta’lim tizimining keyingi boskichi - oliy ta’lim sohasida ham ulkan islohotlar olib borildi. 1992 yil fevralda prezident farmoni bilan 8 ta pedagoka institutlarga universitet maqomi berildi. 1992 yil martda viloyatlardagi pedagogika institutlari negizida Andijon davlat universiteti, Urganch Davlat universiteti, Qarshi davlat universitetlari tashkil qilindi. Shuningdek, Jaxon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Mudofa vazirligi qoshidagi Harbiy akademiya Bank Moliya akademiyalari tashkil etildi.Bir qator chet el universitetlarining fiiallari ochildi. Jumladan, Xalqaro Vestminstr universiteti, I.M.Gubkin nomidagi Rossiya neft va gaz universiteti, Singapur menejmentni rivojlantirish instituti va boshqa bir qancha oliy o’quv yurtlari ochildi.
1992 yil respublikamizning 6 ta oliy ta’lim muassasida test sinovi asosida o’qishga qabul qilish tajribadan o’tkazildi. 1994 yilda DTM tashkil etilib, shu yildan boshlab oliy o’quv yurtlariga kirish test orqali joriy etildi. 2013 yilda Yuridik instituti universitet maqomida qayta tashkil etildi. 2014 yilda Toshkent davlat stomatologiya instituti ta’sis etildi.
IZOH: 2017 yilgi xolatga ko’ra mamlakatimizda 80 dan ortiq oliy o’quv yurti, jumladan, 19 ta universitet, 37 ta institut, 6 ta akademiya, 13 ta oliy ta’lim filiallari, 7 ta xorijiy davlat OTM larining filiallari faoliyat ko’rsatmoqda. 2017 yil 7 fevraldagi “ O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida” gi farmoniga muvofiq, 2017-2021 yillarda oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish dasturini ishlab chiqish oliy ta’lim tizimini takomillashtirish bosqichma-bosqich rivojlantirib boriladi. 2017 yil 16 noyabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “ Respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriyatiga kirish test sinovlarini o’tkazish tartibini takomillashtirish to’g’risida” gi qarori qabul qilindi. 2018-2019 o’quv yilidan boshlab alohida iqtidor talab etiladigan madaniyat, san.at, dizayin, musiqiy ta’lim,sport sohasidagi ta’lim yo’nalishlarida test sinovlari o’tkazilmaydi. Tibbiyotga oid oliy ta’lim tizimida ham bir qator islohotlar amalga oshirildi. Jumladan, tibbiyot sohasidagi ta’lim 7 yildan 6 yil va tibbiy proflaktika yo’nalishlarida 6 yildan 5 yil etib belgilandi.
Respublikada oliy o’quv yurtidan keyingi ta’limni yanada takomillashtirish ilmiy –tadqiqot faoliyatini tubdan isloh qilish maqsadida bir qancha islohotlar amalga oshirildi.
2017 yilning 1-iyulidan boshlab oliy o’quv yurtidan keyingi ta’limning ikki pog’onali tizimi joriy etildi. Birinchisi –dissertatsiya himoya qilish va tegishli fan tarmog’i bo’yicha falsafa doktori PhD) ilmiy darajasini berish nazarda tutuvchi tayanch doktorantura va ikkinchisi –dissertatsiya himoya qilish va tegishli fan tarmog’i bo’yicha fan doktori (Doktor of Science) ilmiy darajasini berishni nazarda tutuvchi doktorantura tizimidir. 2018 yilda yurtimizda xalkaro talablarga javob beradigan oliy ta’lim tizimini yaratish buyicha keng kamrovli ishlar kilindi. 2018 yilda mam- lakatimizda jami 13 ta yangi oliy ta’lim muassasasi, jumladan, Samarkandda «Ipak yo’li» turizm xalkaro universiteti, Rossiya Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasi «Milliy texnologik tadkikotlar universiteti»ning Olmalik shauridagi filiali, Toshkent shaurida Janubiy Koreyaning Puchon universiteti filiali fao- liyat boshladi.
Davlatimiz rahbarining 2018 yil 25 sentyabrdagi Farmoni bilan Vazirlar Maxkamasi uuzurida «El-yurt umidi» jamg’armasi tashkil etildi. Ushbu jamg’arma chet ellarda faoliyat ko’rsatayotgan salohiyatli vatandosh olimlar, mutaxassislar va ekspertlarni O’zbekistonda amalga oshirilayotgan keng kamrovli islohotlarga faol jalb etishga, shuningdek iktidorli yoshlarning rivojlangan mamlakatlarda ta’lim olishi, etakchi xalkaro institutlar hamda xorijiy tashkilotlarda malaka oshirishiga ko’maklashadi. 2018 yilda ilk bor xalkaro tajribalar asosida oliy ta’lim muassasalarining milliy reytingi yaratildi, ta’lim va ilmiy tadkikot jarayonlari tahlil kilindi. Mazkur tahlil sohada kator muammo hamda kamchiliklar borligini ko’rsatdi. Xususan, oliy ta’lim muassasalari kabul kvotasi kamrovi umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-uunar kollejlari bitiruvchilariga nisbatan 7-9 foizni tashkil etadi. 2018 yil 18-19 oktyabr kunlari birinchi marotaba «Yangi iqtisodiyot uchun yangi kadrlar» mavzusida O’zbekiston - Rossiya ta’lim forumi o’tkazildi. Unda Rossiyaning etakchi oliy ta’lim muassasalarining 80 dan ortiq rektori ishtirok etishdi. Ushbu forum yakunida rossiyalik xamkorlar bilan ta’lim va ilmiy faoliyatga oid 114 ta shartnoma hamda bitimlar imzolandi. Jumladan, O’zbekistonda Rossiyaning 6 ta nufuzli oliy ta’lim muassasasi filiali va 2 ta fakultet ochilishi, 52 ta qo’shma ta’lim dasturi joriy etilishi nazarda tutildi. UzMU, BDU, FarDU, Uz FA va boshqa O’zbekiston oliy o’quv yurtlari va ilmiy muassasalari Rossiya oliy ta’lim muassasalari bilan bitimlar imzoladi. «Vernadskiy – Ulug’bek» loyixasi bo’yicha qo’shma ilmiy maktablar yaratildi. Vernadskiy universiteti ilmiy-ma’rifiy Konsortsiumlari bilan 2019-2021 yillarda madaniy-gumanitar sohada hamkorlik dasturi imzolandi.
Keyingi yillarda oliy ta’limni yangi bosqichga kutarishga qaratilgan qator muhim hujjatlar qabul qilindi. Zamonaviy ta’lim standartlari, talabalikka qabul qilishning shaffof tizimi joriy etildi. Prezidentimizning 2018 yil 5 iyundagi «Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli isloxotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi qarori oliy ta’lim tizimidagi mavjud muammolarni bartaraf etish, ta’lim sifatini yanada yuksaltirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir