11-mavzu. Shaxsning kasbiy kamoloti. (2 Soat) Reja



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/11
tarix03.06.2022
ölçüsü0,52 Mb.
#116561
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
33386-1

Birinchi jihat – muayyan kasbni tanlash uchun zarur motivasiyani aniqlash 
va shakllantirish. Bunda shaxsiy qiziqishlar tanlagan kasbning ijtimoiy mavqe, 
uning iqtisodiy manfaatdorligi va nihoyat kasbning shaxs bilimlari bilan 
muvofiqligi kasb tanlashga ta‟sir qiladi. Motivasiya mehnat va kasbiy ta‟limning 


o„zida muhim ahamiyat kasb etadi, shu bois kasb tanlash vaqtida ularni o„z vaqtida 
aniqlash va korreksiyalash muhim sanaladi. Motivasiya aynan shu kasbda faoliyat 
yuritishda shaxsiy qiziqishlarni ta‟minlaydi. Bu esa o„z navbatida ushbu 
faoliyatdagi dastlabki ijobiy ustanovkalarni belgilab beradi.
Ikkinchi jihat kasb tanlashning psixofiziologik omillarni talab qilmaydi, lekin 
shu bilan bir qatorda u yoki bu mutaxassislik bo„yicha faoliyat yuritayotgan 
shaxsga turli darajadagi kuch va vaqt talab etiladi. 
Kasbiy tanlovning uchinchi jihati – shaxsning stressga barqarorligini 
tekshirishdir. Umuman xavfsiz kasbning o„zi yo„q. Har qanday kasbda tezkor va 
nostandart reaksiyalarni talab etuvchi alohida sharoitlar yuzaga kelishi mumkin. 
Ta‟lim dasturlarida ko„pincha favqulodda vaziyatlardan chiqish ko„nikmalarini 
shakllantirishga ahamiyat berilmaydi. Bunda nerv tizimi temperament, shaxsdan 
alohida xususiyatlarni talab qiladi. Xatarli va favquloddagi vaziyatlarda shaxsning 
chidamliligni kasbiy tanlov bosqichida aniqlash muassasa, tashkilot va ish 
joylarida kadrlar taqsimoti jarayonini samarali olib borishni ta‟minlaydi. 
B.F.Lomovning fikricha, kasbiy tanlov jarayoni nomzodning obektiv 
tavsifnomasini yetarli darajada ta‟minlab beruvchi qator uzviy bosqichlarni qamrab 
oladi. 
Birinchi bosqichda ish joyi yoki faoliyatning fiziologigienik va psixologik 
xususiyatlari baholanadi. Bu to„g„ridan to„g„ri ushbu faoliyatni o„rganish yoki 
ishlab chiqilgan me‟yoriy talablar va ish yurituvchi hujjatlar, ko„rsatma, texnologik 
xarita, o„quv dasturlari, ma‟lumotnomalarni qo„llash orqali amalga oshiriladi. Bu 
bosqichda muayyan ish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo„lgan noqulay 
vaziyatlarni aniqlash muhim hisoblanadi 
Faoliyatni o„rganish asosida ushbu mutaxassislik bo„yicha nomzodga 
qo„yiladigan talablar tizimi ishlab chiqildi: 
-tibbiy talablar (sog„liq holati, umumiy tibbiy ko„rsatkichlar); 
-talimiy talablar (umumiy va maxsus tayyorgarlik darajasi); 
-xarakterologik talablar (xarakter va shaxs xususiyatlari, motivasiya); 
-psixologik va psixofiziologik talablar (xotira, diqqat, tafakkur, reaksiya 
tezligi, emotsional barqarorlik, markaziy nerv tizimining xususiyatlari va 
boshqalar) 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin