11-mavzu. Shaxsning kasbiy kamoloti. (2 Soat) Reja


Kasbiy kamolot - kompetentlik



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/11
tarix03.06.2022
ölçüsü0,52 Mb.
#116561
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
33386-1

11.4. Kasbiy kamolot - kompetentlik 
Ko„p qo„llaniluvchi “kompetentlik” tushunchasi kasbiy shakllanish va kasbiy 
etuklikni baholovchi me‟yor bo„lib, hali aniq ta‟rifga ega emas. U mehnat 
sub‟ektiga nisbatan aniq faoliyat talablari yoki aynan, sub‟ektning aniq 
faoliyatning o„ziga xos jihatlariga nisbatan munosabatini tavsiflovchi xususiyat 
sifatida qo„llaniladi. Umuman olganda, bu tushuncha shaxsning qandaydir hayotiy 
vaziyatlarda, ijtimoiy va kasbiy faoliyatda avtoritarligi, shu soha bo„yicha 
tushuncha hamda bilimlarga egaligi bilan tavsiflanadi. A.K.Markovaning fikricha, 
muayyan bir shaxsning kompetentligi uning kasbiy shakllanishiga qaraganda 
ko„proq uchraydigan tavsifnomasidir. Bunga ko„ra, kasbiy kompetentlikning 


xilma-xil turlarini ajratish mumkin: maxsus (mehnat jarayonini amalga oshirishda), 
ijtimoiy (hamkorlikdagi faoliyatni amalga oshirishda), shaxsiy (o„zini-o„zi 
boshqarish va takomillashtirish malakalariga egalik) va boshqalar. Ayrim 
mualliflar 
kasbiy 
muloqotdagi, 
mutaxassis 
shaxsining 
rivojlanishidagi 
kompetentlikni ham ajratib ko„rsatadilar. 
Kompetentlikning yuqorida sanab o„tilgan turlari albatta bir insonni to„liq 
shaklda tavsiflashi shart emas, chunki, shaxs yaxshi mutaxassis bo„lishi mumkin, 
lekin o„zini-o„zi boshqarish yoki shaxslararo kasbiy muloqot malakalariga ega 
bo„lmasligi mumkin, qolaversa, yuqori darajada kasbiy kompetentlikka ega bo„la 
turib, shaxsiy va ijtimoiy kompetentligi past bo„lishi mumkin. 
Aytish mumkinki, o„z navbatida professionalizm darajasi sub‟ektning 
professionalizatsiyani 
yo„nalganligi, 
ko„rsatgichi 
va 
mazmuni 
hamda 
mutaxassisning professionallashuv darajasiga ta‟sir etuvchi ijtimoiy, psixologik, 
iqtisodiy va boshqa keng doiradagi kompetentliki bilan shartlangandir. 
Dj. Raven (2003) tadqiqotlari kompetentlikning tuzilishli-funksional 
konsepsiyani asoslashga imkon berdi va u quyidagilarda aks etadi: 
Eng avvalo, shaxs qadriyatlari, ijtimoiy-siyosiy ishonchi va fikrini 
aniqlovchi shaxs motivatsion-qadriyatlar sohasini tizimli ravishda namoyon 
bo„lishi va shakllanishining ahamiyati; 
Shaxsiy qadriyatlarning mehnat jarayonini tashkil qilish va mazmuniga 
nisbatan bevosita qiziqish, liderlik, tashkilotchilik kabi xususiyatlarda aks etishi; 
Kompetentlikning 
tabiati 
kognitiv, 
emotsional 
va 
irodaviy 
jarayonlarning, individning maqsadga erishishini ta‟minlovchi masalalarni 
echishga, hal qilishga tayyorligini baholash mezoni va namoyon bo„lishiga 
asoslangan bo„ladi; 
Kompetentlik faqatgina o„zining faol komponentlari hisobiga emas, balki 
yangi hayotiy vaziyatlarda namoyon bo„lishi mumkin bo„lgan passiv 
komponentlari hisobiga ham shakllanib boradi; 
Kompetentlik o„zining bir-biridan mutlaqo mustaqil, lekin bir-birini 
o„rnini ahamiyatli darajada samarali xulq-atvor omili sifatida egallab tura oladigan, 
ko„p sonli komponentlari yordamida aniqlanadi. 
Kompetentlikning komponentlari qatoriga kognitiv, emotsional, irodaviy 
sifatlardan tashqari o„ziga ishonch (o„zining kasbiy bilimlariga, liderlik 
qobiliyatiga va b); qaror qabul qilish va uning ijrosini boshqarish malakasiga ega 
bo„lish; qiziqarli umumiy maqsadlarni qidirish, anglash va qaytarma aloqani 
qo„llashdagi samarali faoliyat; o„zini-o„zi boshqarish, o„zini-o„zi takomillashtirish 
qobiliyatlariga ega bo„lish; o„zini-o„zi nazorat qilish, moslashganlik, murakkab 
muammolarni hal qilishga tayyorlik va tavakkalchilikka moyillik, qat‟iyatlilik, 
kasbiy ma‟suliyatlilik va boshqalarni kiritishimiz mumkin. 
E.F.Zeerning ta‟kidlashicha, kasbiy kompetentlikning funksional taraqqiyotini 
tadqiq qilish kasbiy kamolotga erishish chog„ida kompetentlikning turli 
ko„rinishlari integratsiyalashib borishini va ularning kasbiy muhim shaxs sifatlari 
bilan aloqasi kuchayib borishini ko„rsatdi. Aytish joizki, kompetentlikning asosiy 
darajalari kasbiy tayyorgarlik va tajriba, o„z-o„zini anglash, o„z kuchiga ishonish, 


o„zga insonlar tomonidan ko„rsatilgan kamchiliklarni to„g„ri qabul qilish va shu 
kabi boshqa kasbiy kamolotni belgilab beruvchi shaxs xususiyatlari kiradi. 
Taxmin 
qilish 
mumkinki, 
mehnat 
sub‟ektining 
sanab 
o„tilgan 
professionallashuv ko„rsatkichlari, mutaxassis bo„lish (malaka, kompetentlik) va 
sub‟ektning kasbiy etukligi orasida o„zaro aloqa va o„zaro ta‟sir mavjud. K.Mak-
Goven va L.Xartlar asosiy urg‟uni o‟z tarkibiga kasbiy rollarni amalga oshirish va 
yangi qadriyatlarni, ustanovkalarni va kasbiy sifatlar tarkibini rivojlanishi uchun 
talab etiladigan maxsus bilim va ko‟nikmalarni o‟zlashtirishni qamrab oluvchi 
ijtimoiy o‟rganish jarayoniga qaratadilar. Pedagoglarning kasbiy shakllanishini 
tadqiq qilish natijasida quyidagicha tahliliy xulosaga kelingan: pedagog-talabalar 
tanqidiy tafakkur, shaxslararo munosabatlar, nizolarni bartaraf etish kabi sohalar 
yuzasidan maxsus bilim, ko‟nikmalarni o‟zlashtirishlari, qolaversa, kompyuter 
texnologiyalari va turli metodlarni qo‟llay olishlari zarur. 
Kasbiy sifatlarining shaxsiy va ijtimoiy aspektlarining muvofiqligi g‟oyasi 
“psixoijtimoiy sifatlar” tushunchasida to‟laligicha aks ettirilgan bo‟lib, u kasbiy 
taraqqiyotning ijtimoiy kontekstlari bilan bog‟liq kasbiy sifatlarni anglatadi. Bu 
bilan shaxs taraqqiyoti va faoliyatni amalga oshirishda ijtimoiy muhitning roli 
alohida ko‟rsatib o‟tiladi. Muammoga bu jihatdan yondoshish G.Teshfelning 
ijtimoiy sifatlar nazariyasi yuzaga kelgandan so‟ng ommalashib ketdi. Faoliyat va 
o‟zaro hamkorlikni o‟zlashtirish natijasida shakllanuvchi ijtimoiy sifatlar ishchilar 
guruhining o‟zaro munosabatlariga hamda individning kasbiy taraqqiyotiga ta‟sir 
o‟tkazadi. 
Kasb-jamiyatga zarur bo„lgan faoliyatning tarixan yuzaga kelgan shakllaridir. 
Uni bajarish uchun inson bilim, ko„nikma va malakalar yig„indisiga mos keluvchi 
qobiliyat va kasbiy muhim sifatlarga ega bo„lish lozimKasb (aniq bir kishi nuqtai 
nazaridan)-bu faoliyat bo„lib, uning yordamida ushbu shaxs jamiyat hayotida 
ishtirok etadi va bu unga yashash uchun zarur bo„lan moddiy vositalar asosiy 
manbai bo„lib xizmat qiladi. Shuningdek, u shaxsiyo„zini o„zi amalga oshirishning 
vositasi ham hisoblanadi. 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin