komissiyasidir.
Mehnat ekspertizasi quyidagi vazifalarni bajaradi:
1.Shaxs mazkur faoliyatni bajara oladimi (sog„lig„i nuqtai nazaridan).
2.Faoliyatni amalga oshirish uchun munosib insonlarni tanlay olish.
3.Ishga yaroqsiz kadrlarni o„z vaqtida ishdan ozod qilish.
4.Shaxsga mos ishni aniqlash.
Uchinchi darajasi – kasbga yo‘naltirish. Kasbga yo„nalganlik bu shaxs
imkoniyatlari darajasidagi adekvat kasbni tanlashga
ilmiy asoslangan yordam
ko„rsatish va qo„llab-quvvatlashga qaratilgan davlat tizimi. Kasbga yo„naltirish
yordamida shaxsning istak-hohishlari va kasblar olamidagi ijtimoiy talabning
o„zaro muvofiqlashuvi kechadi.
Kasbga yo„naltirish tizimi kichik tizimchalardan iborat:
1.Kasbiy tashviqot va targ„ibot tizimi.
2.Kasbiy maslahat tizimi.
3.Kasb tanlash tizimi.
4.Kasbiy moslashuv tizimi.
Sanab o‟tilgan fenomenlar yangi usulning mavjudligini tavsiflamaydi, balki,
shaxs ilgarigidek yashash imkoniyati yo‟q bo‟lgan vaziyatda qolganda o‟zining
beqaror “Men” tizimini buzilishlardan saqlab qola olmasligini anglatadi. Bu
vaziyat ba‟zida “o‟zini safarbar etish” holati deb nomlanadi. Biroq bu holatni
o‟zining namoyon bo‟lishiga ko‟ra o‟zini o‟zi safarbar etish deb nomlab
bo‟lmaydi:
tabiatdan, boshqalardan alohida tarzda anglanmagan voqelikni
yo‟qotish mumkin emas. Shunchaki, birinchi usulda turmush tarzining hayot-
avtomatdan ajratilmaganligi hech qachon axloqiy beqarorlikni keltirib
chiqarmaydi.
Munosabat murakkab ko‟rinishga ega bo‟lib, unda shaxs xususiyatlari asosiy
o‟rin egallaydi. Shaxs – ijtimoiy munosabatlar
mahsuli deyilishining, asosiy
sababi, uning doimo insonlar davrasida hamda ular bilan o‟zaro ta‟sir doirasida
bo‟lishini anglatadi. Bu shaxsning eng etakchi va nufuzli faoliyatlaridan biri
muloqot ekanligiga ishora qiladi. Har bir inson o‟zgalarini tinglashga, o‟z
fikrini
birovlarga etkazishga, ya‟ni fikr bildirishi, ya‟ni ba‟zan yozma tarzda bayon
etishga tug‟ma qobiliyatliday o‟zini tasavvur qiladi. Lekin ana shu birovlarni
tushunish va o‟z fikrlarimiz, o‟ylarimizni birovlarga etkaza olish qobiliyati aslida
bizning insoniy munosabatlar
tizimida ekanligimizni, har birimiz o‟zimizga
o‟xshash inson jamiyatisiz mavjud bo‟la olmasligimizni bildiradi.
Insoniy munosabatlar shunday o‟zaro ta‟sir jarayonlariki, unda shaxslaro
munosabatlar shakllanadi va namoyon bo‟ladi. Bunday jarayon dastlab odamlar
o‟rtasida ro‟y beradigan fikrlar,
his-kechinmalar, tashvishu-quvonchlar
almashinuvini nazarda tutadi. Odamlar muloqotida bo‟lishgani sari, ular o‟rtasidagi
munosabatlar tajribasi ortgan sari ular o‟rtasida umumiylik, o‟xshashlik va
uyg‟unlik kabi sifatlar paydo bo‟ladiki, ular bir-birlarini bir qarashda tushunadigan
yoki “yarimta jumladan” ham fikr ayon bo‟ladigan bo‟lib qoladi, ayrim hollarda
esa ana shunday muloqotning tig‟izligi teskari reaktsiyalarni – bir-biridan
charchash, gapiradigan gapning qolmasligi kabi vaziyatni keltirib chiqaradi
Shaxslararo munosabatlarni o‟rganish psixologiya
fanida eng dolzarb
muammolardan hisoblanadi. Chunki inson shaxsining eng nufuzli va etakchi
faoliyatlaridan biri bo‟lgan muloqot va u orqali o‟zaro munosabatlar odamlar
orasida umumiylik, o‟xshashlik, uyg‟unlik kabi sifatlar paydo bo‟lishiga olib
keladi. Ayniqsa, oila muhitida shaxslararo munosabatlarning,
chunonchi, ota-ona
va farzand orasidagi munosabatlarning o‟ziga xos tomonlari shaxsning hayoti,
faoliyatining samarasi va mazmuniga bevosita ta‟sir etadi. Shunday ekan, insonlar
orasida amalga oshadigan shaxslararo munosabatlar va uning shaxs xususiyatlariga
ta‟sirini o‟rganish hozirgi kunda psixologiya fanida muhim va dolzarb
muammolardan hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: