Ikkinchi bosqich shaxsning kasbiy muhim
sifatlarini baholash uchun
izlanuvchanlik dasturini tanlash va qayta ishlash. Hujjatlar tahlili tavsiyalar,
tavsiyanomalar, suhbat usullari qo„llaniladi.
Tanlangan metodikalar qator
talablarga, jumladan, ma‟lumotlilik va ishonchlilik talabiga javob berish lozim.
Uchinchi bosqichda tanlangan testlarni tekshirish va nazorat qilish bosqichi.
Asosiy maqsad tanlangan metodikalar qanchalik faoliyat natijasini prognoz qila
olishini aniqlashdir.
To‘rtinchi bosqichda kasbiy tanlovni o„tkazish jarayonidir. Kasbiy tanlovni
o„tkazishning muhim sharti standartlik hisoblanadi. Tadqiqot sharoiti ya‟ni test,
ko„rsatmalar,
blankalar, natijalarni qayta ishlash barcha nomzodlar uchun bir xil
bo„lishi lozim. Testdan foydalanish tajribasining ko„rsatishicha, ko„rsatmalarning
ozgina bo„lsa ham o„zgarishi tadqiqot natijalariga ham o„z ta‟sirini o„tkazadi.
Nomzodning o„zi tadqiqot natijalariga motivasiyalashganligi ham muhim. Shu
boisdan, tadqiqot o„tkaziladigan muhit do„stona, samimiy bo„lishi kerak. Natijalar
tahlili standart bo„lishi lozim. Natijada barcha nomzodlarning
natijalari muayyan
guruxga birlashadi.
Ko„pincha kasb tanlashda quyidagi tasnif qo„llaniladi:
-mutlaqo yaroqli;
-shartli ravishda yaroqli;
- yaroqsiz.
Shaxsga kasb, kasbiy soha,
mutaxassislik tanlanadi, bu ko„proq uning
individual psixologik xususiyatiga mos keladi, buning natijasida u o„zining to„liq
imkoniyatini mehnat faoliyatiga tadbiq etadi. Kasbiy o„quv
muassasalarda kasbiy
tanlov va kasbiy saralash mehnat ekspertizaning alohida shakli sifatida namoyon
bo„ladi.
Shuni nazarda tutish kerakki, espertizaning birinchi va ikkinchi shaklini sifatli
o„tkazish uchun asosiy vazifalar belgilangan:
- bu ishga kirish imkoniyati bo„lmagan insonlarni ishga olishining oldini olish
(yoshini to„g„ri kelmasligi, sog„ligi, ma‟lumoti, psixofiziologik ko„rsatkichlari);
- mavjud kasbga ishchan mehnatni o„z sog„ligiga
zarar yetkazmasdan
bajaradigan insonlarni olish;
- inson kasbining qaysi turiga qobiliyatli ekanligini aniqlash hamda faoliyatga
tavsiya qilish.
Agar kasbiy tanlovda ikkita vazifa hal qilinsa kasbiy saralashning uchinchi
bosqichi asosiy hisoblanadi
Psixologik kasbiy tanlovda quyidagi shartlar bajarilsa, samarali va maqsadga
muvofiq bo„ladi:
-obektiv ijtimoiy-iqtisodiy zaruratning mavjudligi;
- aniq kasbiy sohaning mavjudligi bunda
ishchining kasbiy layoqati,
yaroqliligi, mehnat samaradorligining ortishda katta ahamiyatga ega;
-ishlab chiqilgan va tekshirib ko„rilgan
tanlov tizimi diagnostik
metodikalarning bajarilishining ishonchliligi;
- kasbiy tanlovni o„tkazish uchun tayyorlangan mutaxassislar ular kasbiy
tanlovni o„tkazish va tashkillashtirishda amaliy tajribaga ega.
Nazorat uchun savollar
1.Obektiv omillarga nimalar kiradi?
2.Subektiv omillarga nimalar kiradi?
3.Mehnat ekspertizasi qanday jarayon?
4.Kasbga yo„naltirish ishlari kimlar tomonidan amalga oshiriladi?
5.Kasbiy yaroqlilik nima?
6.Kasbiy moslashuv uchun talablarni ayting?