xilma-xil turlarini ajratish mumkin: maxsus (mehnat jarayonini amalga oshirishda),
ijtimoiy (hamkorlikdagi faoliyatni amalga oshirishda), shaxsiy (o„zini-o„zi
boshqarish va takomillashtirish malakalariga egalik) va boshqalar. Ayrim
mualliflar
kasbiy
muloqotdagi,
mutaxassis
shaxsining
rivojlanishidagi
kompetentlikni ham ajratib ko„rsatadilar.
Kompetentlikning yuqorida sanab o„tilgan turlari albatta bir insonni to„liq
shaklda tavsiflashi shart emas, chunki, shaxs yaxshi mutaxassis bo„lishi mumkin,
lekin o„zini-o„zi boshqarish yoki shaxslararo kasbiy muloqot malakalariga ega
bo„lmasligi mumkin, qolaversa, yuqori darajada kasbiy kompetentlikka ega bo„la
turib, shaxsiy va ijtimoiy kompetentligi past bo„lishi mumkin.
Aytish mumkinki, o„z navbatida professionalizm darajasi sub‟ektning
professionalizatsiyani
yo„nalganligi,
ko„rsatgichi
va
mazmuni
hamda
mutaxassisning professionallashuv darajasiga ta‟sir
etuvchi ijtimoiy, psixologik,
iqtisodiy va boshqa keng doiradagi kompetentliki bilan shartlangandir.
Dj. Raven (2003) tadqiqotlari kompetentlikning tuzilishli-funksional
konsepsiyani asoslashga imkon berdi va u quyidagilarda aks etadi:
Eng avvalo, shaxs qadriyatlari, ijtimoiy-siyosiy ishonchi va fikrini
aniqlovchi shaxs motivatsion-qadriyatlar sohasini tizimli ravishda namoyon
bo„lishi va shakllanishining ahamiyati;
Shaxsiy qadriyatlarning mehnat jarayonini
tashkil qilish va mazmuniga
nisbatan bevosita qiziqish, liderlik, tashkilotchilik kabi xususiyatlarda aks etishi;
Kompetentlikning
tabiati
kognitiv,
emotsional
va
irodaviy
jarayonlarning, individning maqsadga erishishini ta‟minlovchi masalalarni
echishga, hal qilishga tayyorligini baholash mezoni va namoyon bo„lishiga
asoslangan bo„ladi;
Kompetentlik faqatgina o„zining faol komponentlari hisobiga emas, balki
yangi hayotiy vaziyatlarda namoyon bo„lishi mumkin bo„lgan passiv
komponentlari hisobiga ham shakllanib boradi;
Kompetentlik o„zining bir-biridan mutlaqo mustaqil,
lekin bir-birini
o„rnini ahamiyatli darajada samarali xulq-atvor omili sifatida egallab tura oladigan,
ko„p sonli komponentlari yordamida aniqlanadi.
Kompetentlikning komponentlari qatoriga kognitiv, emotsional, irodaviy
sifatlardan tashqari o„ziga ishonch (o„zining kasbiy bilimlariga, liderlik
qobiliyatiga va b); qaror qabul qilish va uning ijrosini boshqarish
malakasiga ega
bo„lish; qiziqarli umumiy maqsadlarni qidirish, anglash va qaytarma aloqani
qo„llashdagi samarali faoliyat; o„zini-o„zi boshqarish, o„zini-o„zi takomillashtirish
qobiliyatlariga ega bo„lish; o„zini-o„zi nazorat qilish, moslashganlik, murakkab
muammolarni hal qilishga tayyorlik
va tavakkalchilikka moyillik, qat‟iyatlilik,
kasbiy ma‟suliyatlilik va boshqalarni kiritishimiz mumkin.
E.F.Zeerning ta‟kidlashicha, kasbiy kompetentlikning funksional taraqqiyotini
tadqiq qilish kasbiy kamolotga erishish chog„ida kompetentlikning turli
ko„rinishlari integratsiyalashib borishini va ularning kasbiy muhim shaxs sifatlari
bilan aloqasi kuchayib borishini ko„rsatdi. Aytish joizki, kompetentlikning asosiy
darajalari kasbiy tayyorgarlik va tajriba, o„z-o„zini anglash, o„z kuchiga ishonish,
o„zga insonlar tomonidan ko„rsatilgan kamchiliklarni to„g„ri qabul qilish va shu
kabi boshqa kasbiy kamolotni belgilab beruvchi shaxs xususiyatlari kiradi.
Taxmin
qilish
mumkinki,
mehnat
sub‟ektining
sanab
o„tilgan
professionallashuv ko„rsatkichlari, mutaxassis bo„lish (malaka, kompetentlik) va
sub‟ektning kasbiy etukligi orasida o„zaro aloqa va o„zaro ta‟sir mavjud. K.Mak-
Goven va L.Xartlar asosiy urg‟uni o‟z tarkibiga kasbiy rollarni amalga oshirish va
yangi qadriyatlarni, ustanovkalarni va kasbiy sifatlar tarkibini rivojlanishi uchun
talab etiladigan maxsus bilim va ko‟nikmalarni o‟zlashtirishni
qamrab oluvchi
ijtimoiy o‟rganish jarayoniga qaratadilar. Pedagoglarning kasbiy shakllanishini
tadqiq qilish natijasida quyidagicha tahliliy xulosaga kelingan: pedagog-talabalar
tanqidiy tafakkur, shaxslararo munosabatlar, nizolarni bartaraf etish kabi sohalar
yuzasidan
maxsus bilim, ko‟nikmalarni o‟zlashtirishlari, qolaversa, kompyuter
texnologiyalari va turli metodlarni qo‟llay olishlari zarur.
Kasbiy sifatlarining shaxsiy va ijtimoiy aspektlarining muvofiqligi g‟oyasi
“psixoijtimoiy sifatlar” tushunchasida to‟laligicha aks ettirilgan bo‟lib, u kasbiy
taraqqiyotning ijtimoiy kontekstlari bilan bog‟liq kasbiy sifatlarni anglatadi. Bu
bilan shaxs taraqqiyoti va faoliyatni amalga oshirishda ijtimoiy muhitning roli
alohida ko‟rsatib o‟tiladi. Muammoga bu jihatdan yondoshish G.Teshfelning
ijtimoiy sifatlar nazariyasi yuzaga kelgandan so‟ng ommalashib ketdi. Faoliyat va
o‟zaro hamkorlikni o‟zlashtirish natijasida shakllanuvchi ijtimoiy sifatlar ishchilar
guruhining o‟zaro munosabatlariga hamda individning kasbiy taraqqiyotiga ta‟sir
o‟tkazadi.
Kasb-jamiyatga zarur bo„lgan faoliyatning tarixan yuzaga kelgan shakllaridir.
Uni bajarish uchun inson bilim, ko„nikma va malakalar yig„indisiga mos keluvchi
qobiliyat va kasbiy muhim sifatlarga ega bo„lish lozim
. Kasb (aniq bir kishi nuqtai
nazaridan)-bu faoliyat bo„lib, uning yordamida ushbu shaxs jamiyat hayotida
ishtirok etadi va bu unga yashash uchun zarur bo„lan
moddiy vositalar asosiy
manbai bo„lib xizmat qiladi. Shuningdek, u shaxsiyo„zini o„zi amalga oshirishning
vositasi ham hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: