Ilmiy-texnik taraqqiyot nafaqat aksariyat ishlab chiqarish sohasinigina texnologiyalashtiramoqda, balki u madaniyat, ta’lim sohalariga ham kirib bormoqda. Bugungi kunda informatsion axborot tibbiyot, ta’lim va boshqa texnologiyalar to‘g‘risida fikr yuritish mumkin.
Texnologizatsiyalash – bu obyektiv jarayon bo‘lib, ta’lim evolyutsiyasining yangi vazifalarini sifatli hal qilish uchun tayyorgarlik davri.
Tarixan texnologiya tushunchasi texnik taraqqiyot bilan bog‘liq ravishda yuzaga kelgan va bu tushuncha san’at, hunar va fan haqidagi ta’limotga muvofiq keladi.
Texnologiya deganda, odatda ashyolarni qayta ishlash metodlari va ishlab chiqarish jarayoni hamda ularning ilmiy tavsiflarining majmui tushuniladi. Siyosiy lug‘at (M., 1989)da texnologiyaga shunday izoh beriladi:
2) ashyolar, materiallar va yarim xom ashyolarga muvofiq ishlab chiqarish qurollari orqali ta’sir o‘tkazish usullari to‘grisidagi fan.
«Qomusiy lug‘at»da ham shunga yaqin izoh beriladi, lekin unda birmuncha kengroq yoritiladi: «Fan sifatida texnologiyaning vazifasi har tomonlama samarali va tejamli ishlab chiqarish jarayonlarini aniqlash va amaliyotda undan foydalanish maqsadida fizika, kimyo, mexanika va boshqa qonuniyatlarini bajarish.» (M., 1979)
Texnologiya grekcha so‘z bo‘lib, texnos - san’at, mahorat, logos - ta’limot degan ma’nolami bildiradi.
Pedagogik texnologiya pedagogning talabalarga ta’sir qilishni tashkil etish bo‘yicha kasbiy ahamiyatga molik malakalar tizimini aniqlab beradi, pedagogik faoliyatning texnologikligini anglash usullarini taklif etadi.
Hozirgi davr ta’lim texnologiyalari muammosi, pedagogik innovatsiya tajribalari ulami bir tizimga tushirish va aniqlashtirishni talab qiladi. Oliy maktab oldida pedagogik texnologiyalarning ilmiy asoslari, ularning tasnifi, mohiyatini ochib berish va o‘quv jarayonining texnologikligi muammolarini ta’minlash masalasi turibdi.