11-sinf 10-mavzu 1



Yüklə 29,6 Kb.
səhifə1/2
tarix19.04.2023
ölçüsü29,6 Kb.
#125569
  1   2
10-mavzu ss





11-sinf 10-mavzu

1. Gidrostatik skeletga ega organizmlarni aniqlang.
A) Hashorotlar B) Qisqichbaqasimonlar
C) Xalqali chuvalchanglar D) Baliqlar
2. O’simliklarning namlikka bo’lgan talabiga ko’ra qanday guruhlarga bo’linadi?
A) Daraxt, buta, yarimbuta
B) Kserofit, gigrofit, mezofit
C) sukkelentlar, sklerofitlar
D) Produtsent, redutsent, Konsument
3. Quyidagi malumotlarni to’g’ri juftlab ko’rsating.
a-kserofit, b-mezofit, c-sukkulent
1.To’qima va organlariga suv zaxirada saqlaydi 2. Namlik kam bo’lgan muhitda moslashgan 3. Yuqori namlikka ega tuproqda o’sadigan o’simliklar 4. Mo’tadil nam sharoitda o’sadigan o’simlikalar
A) a-1 b-2 c-3 B) a-1 b-4 c-2
C) a-3 b-4 c-1 D) a-3 b-2 c- 4
4. Sklerofitlar uchun xos bo’lgan to’g’ri javobni toping.
A) Agava, alloy, molodilo kabi o’simliklar misol bo’ladi
B) Yuqori namlikka ega tuproqda o’sadigan o’simliklar C) “nasos o’simliklar” deb ham ataladi
D) Mo’tadil nam sharoitda o’sadigan o’simlikalar
5. Kichik sathli qattiq barglar (a), mayda bo’laklarga qirqilgan barglar(b), tangacha shaklidagi barglar (c)ga ega o’simliklarni aniqlang.
A) a-yantoq, b- shuvoq, c-archa
B) a- shuvoq b-yantoq c- saksovul
C) a-saksovul, b- sho’ra, c-molodilo
D) a-agava, b-shumtol, c- qarag’ay
6. Gigrofit o’simliklarga xos bo’lgan xususiyatni aniqlang.
A) Qisqa muddat namlik yetishmovchiligiga chiday oladi
B) To’qima va organlariga suvni zaxirada saqlaydi
C) Transpiratsiya kamaytirish hisobiga metamorfozlar uchraydi
D) Barg plastinkalari yupqa va undagi og’izchalar doim ochiq bo’ladi
7. Mezofit o’simliklarga xos bo’lgan xususiyatni aniqlang.
A) Qisqa muddat namlik yetishmovchiligiga chiday oladi
B) To’qima va organlariga suvni zaxirada saqlaydi
C) Transpiratsiya kamaytirish hisobiga metamorfozlar uchraydi
D) Barg plastinkalari yupqa va undagi og’izchalar doim ochiq bo’ladi
8. Quruqlik muhitida(a), suv va quruqlik muhiti (b), suv muhitida (d) yashaydigan turkumlarni aniqlang.
A) a-tangachalilar, yirtqichlar b-dumsizlar, pingvinlar d- skatlar, zuluklar
B) a-toshbaqalar, cho’l qushlari b- dumlilar, timsohlar d-baliqlar, tasmasimonlar
C) a-tovuqsimonlar, hashorotxo’rlar b- qurbaqalar, salamandira d- gidrasimonlar, so’rg’ichlilar
D) a-yapaloq qushlar, cho’l qushlari b- dumlilar, kitlar d-baliqlar, triton

Yüklə 29,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin