12 –amaliy mashg‘uloti. Baqaning skeleti va nerv sistemasi Kerakli materiallar va jihozlar



Yüklə 342,58 Kb.
səhifə5/6
tarix05.12.2023
ölçüsü342,58 Kb.
#138248
1   2   3   4   5   6
12-amaliy mash.

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Bilak
Yelka suyagi uzunchoq naysimon. Har ikkala uchi yo‘g‘onlashgan bo‘lib, bu uchlar epifiz, ularning oralig‘i esa diafiz deb ataladi. Yelka suyagi o‘zining proksimal uchidagi boshi orqali yelka kamarining biriktiruvchi chuqurchasiga kirib joylashadi. Uning distal uchida tirsak suyagi birikadigan chuqurcha bor.
Bilak ikkita bir-biriga qo‘shilib ketgan elementlardan tuzilib, ular orasidagi chegaraning izi aniq ko‘rinadi. Bu bo‘limning ichki tomonidagi suyak bilak va tashqi tomonidagisi esa tirsak suyaklari deb ataladi. Bilak suyaklarining proksimal uchida yelka suyagining distal uchi kirib birikadigan qo‘shilish chuqurchasi bor. Bu chuqurchaning orqa tomonida tirsak suyagiga tegishli tirsak o‘simtasi bor.
Endi biz oyoq kaftlarining tuzilishi bilan tanishib chiqamiz. Yosh baqalarda oldin bilaguzukning distal qismida normal holda beshta mustaqil element paydo bo‘lib, keyinchalik voyaga yetgan baqalarda carpalia distalia I-II mustaqil qolib, carpalia distalia III, IV, V suyaklari bir-biriga qo‘shilib ketadi. Bilaguzuk bo‘limiga distal holda beshta uzunchoq oyoq kafti suyaklari joylashgan, bulardan katta barmoq reduksiyalangan. Qolgan to‘rtta barmoqlari yaxshi rivojlangan.
Keyingi oyoq skeletlarining qismlari oldingi oyoqlarnikiga o‘xshash.
Son bo‘limida bitta son suyagi bo‘lib, u bir oz qiyshaygan bo‘ladi. Uning proksimal epifizi quymich kosaga joylashuvchi bosh bilan tugaydi. Boldir suyagining proksimal uchida ham biriktirish yuzalari bo‘lib, ular tizza birikishini hosil qilishda ishtirok etadi. Oyoqning ikkala boldir suyaklari birlashib, bitta suyak hosil etgan va ular orasidagi chegara aniq ko‘rinadi. Bu chegaraning ichkari tomonida joylashgan qismi katta boldir, tashqari tomondagisi esa kichik boldir suyagidir.
Oxirgi bo‘lim oyoq kafti oldingi oyoqda qanday bo‘lsa, keyingi oyoqda qam xuddi shunday tuzilgan. Oyoq kaftida beshta barmoqlari yaxshi rivojlangan, oltinchi barmog‘i reduksiyaga uchragan.
Tovonning proksimal qatori faqat uzunchoq ikkita suyakdan iborat bo‘lib, ulardan bittasi boldir suyagining ichki qismi distal uchiga birikkan bo‘lib, ostibiale, ikkinchisi, ya’ni sirtdagisi ostibulare deb yuritiladi. Ba’zan bu suyaklar boshqacha nomlanadi, chunonchi: birinchisi - to‘piq, ikkinchisi – tovon deyiladi.
Bu ikkita suyaklarning proksimal uchlari bilan boldir suyagining distal uchlarining o‘zaro harakatchan birikishidan boldir-tovon bo‘g‘imi yuzaga keladi.
Tipik holda ikki qator bo‘lib joylashgan tovon suyaklari oralig‘ida juda kichik markaziy suyakcha bor. Tovonning distal qatorida kichik distalia va distale 2+3 suyakchalari birlashmasidan hosil bo‘lgan katta suyaklargina saqlanib qoladi.
Kaft beshta uzunchoq suyakchalardan tashkil topgan. Ularga barmoq falangalari birikadi. Baqalarda eng uzun barmoq IV dir. Baqaning qadimgi ajdodlarida birinchi barmoq oldidagi qo‘shimcha, ya’ni VI barmoq rudiment holda saqlangan.
Keyingi oyoq kamari, ya’ni tos kamari sharoitga bir qancha moslashgan bo‘lsa-da, boshqa quruqlikda yashovchi hayvonlar tos kamaridagi kabi uch juft elementdan tashkil topgan. Bu elementlarning proksimal uchlari qo‘shilib, quymich kosasini tashkil etadi. Agar quymich kosasini yon tomondan kuzatsak, uning ustida yonbosh suyak joylashganini ko‘ramiz. Kamarning qolgan ikkita elementidan biri - qov qismi tog‘ayligicha qolib, uning orqasidan quymich suyagi joylashgan.

Yüklə 342,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin