12-bayonnomasi 2023 yil 27 fevral Shahrisabz shahri Qatnashdilar: Kafedra mudiri



Yüklə 17,62 Kb.
tarix08.04.2023
ölçüsü17,62 Kb.
#125000

Shahrisabz davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Matematika va informatika kafedrasi yig’ilishi
12-bayonnomasi

2023 yil 27 fevral Shahrisabz shahri
Qatnashdilar: Kafedra mudiri X.Boqiyev, dots., katta o’qituvchi: M.Yaxiyaxonova, o’qituvchilar: D.Xayrullayev, , Sh.Mirzayeva, G.Berdiyeva, Sh.Sultonov, , K.Negmatova, A.Qodirov, , D.Vasiyeva, F.Ahmedova, K.Bobomurodov, M.O’ktamov, Sh.Raxmatov, Sh.Umarova, G.Jovliyeva, L.Tursunova,F.Jo’rayeva, Sh.Musurmonov,Amirov, S.Jo’rayev, Sh.Aliqulov.
KUN TARTIBI:

  1. Direktiv hujjatlar.

  2. Talabalarning pilatformadagi davomati va o`zlashtirmagan darslarini o‘zlashtirishini muhokomasi.

3. Reyting nazorati: joriy va oraliq nazoratlarning borishi to‘g‘risida.
4. Har xil masalalar.
1-masala. Yig‘ilishni kafedra mudiri X.X.Boqiyev so’z ochib, kun tartibida qo‘yilgan masalalarni tanishtirib o‘tdi. Shuningdek, yuqori tashkilot va muasasalardan kelib tushgan xat, buyruq va rasmiy hujjatlar bilan tanishtirib o‘tdi. Buyruqqa ko‘ra kafedra mudiri o‘z faoliyatida “Ish yuritish va hujjatlar ijrosi nazoratini tashkil qilish bo‘yicha Yo‘riqnoma” talabalariga qat’iy rioya qilinishi lozimligini aytib o‘tdi.
QAROR QILINDI:
1.Kafedra mudiri X. Boqiyev ning bergan axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2.Yuqori tashkilot va muassasalardan kelgan me’yoriy hujjatlar ijrosi barcha professor-o‘qituvchilar zimmasiga yuklatilsin.
2.Ushbu qarorlar ijrosini nazorat qilish kafedra mudiri zimmasida qoldirilsin.
2-masala. Yig‘ilish raisi X.Boqiyev eng asosiy masalalardan bir ijro intizomi haqida to‘xtaldi. Kafedrada professor-o‘qituvchilarni ish grafigi bo‘yicha tutilgan daftarga belgilandan tardib bo‘yicha ishga kelish va ketishga qat’iy rioya qilish kerakligini ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, barcha professor-o‘qituvchilarning me’yoriy ish xujjatini yana qayta ko‘rib chiqib, xato va kamchiliklarga chek qo‘yishga chaqirdi.Har bir professor - o‘qituvchi darsga kirishdan oldin o‘z tayyorgarligini kafedra mudiriga taqdim etib, keyin taqdim etgan materiallari sifat darajasi talablariga javob bergandagina ruxsat berilishi ta’kidlandi.
Talabalar davomati va qoldirilgan darslarni o`zlashtirishni muhokamasi. So`zga kafedra o`quv ishlariga ma`sul professor-o`qituvchilardan Sh.Musurmonov chiqdi. Har bir o`qituvchi dars qoldirgan talabalarni ogohlantirib, ularni davomat daftari orqali dekanatning ruxsati bilan qayta topshirish amaliyotini boshlashga da`vat etish lozim.
Q A R O R Q I L I N D I:

  1. Kafedra mudirining talabalarning davomati xususidagi axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.

  2. MI yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarning dars mashg‘ulotlariga qatnashish holati maqsadga muvofiq deb topilsin.

  3. Barcha guruh murabbiylariga o`ziga biriktirilgan guruhlar davomati bilan shug`ullanish kuchaytirilsin.

3-masala. Baholash nazorati joriy va oraliq nazoratlarning borishi haqida. 3-masala bo`yicha so`z olgan kafedra mudiri X.Boqiyev gapirib, qishki semestrda o`tiladigan fanlar bo`yicha I-II kurslarda kundalik nazorat o`tkazilayotganligi , joriy va oraliq nazoratlarning o`tkazilishi jadval asosida har bir fan o`qituvchisi belgilangan kunda o`tkazishi va uning natijalari kafedradagi hamda dekanatdagi kompyuterda qayd qilinib borilishi haqida batafsil to`xtalib o`tdi.


QAROR QILINDI:
1. I kurslarda qishgi semester reyting nazorati grafigi tasdiqlansin.
2. Reyting nazorati grafigi asosida joriy va oraliq nazoratlarini o`tkazish kafedradagi fan o`qituvchilari zimmasiga yuklatilsin.
4-masala. Masala yuzasidan professor-o`qituvchilarning 2022 yil yakuni bo`yicha hisoboti kafedraga topshirildi.
5. Turli masalalar. Shahrisabz davlat pedagogika institutining 6-sonli kengashida 2023-yilning 25-fevral kuni institut Sharaf kodeksi tasdiqlandi. Barcha professor-o`qituvchilarni Shahrisabz davlat pedagogika institutining Sharaf kodeksi bilan tanishtirish.
Eshitildi: Ushbu masala yuzasidan kafedra mudiri X.Boqiyev so`zga chiqib, “Sharaf kodeksi” mazmun-mohiyati va ahamiyati xususida ma`lumot berdi. “Sharaf kodeksi”ning barcha bob hamda moddalari bilan kafedra professor-o`qituvchilarini tanishtirib o`tdi. Barcha professor-o`qituvchilar “Sharaf kodeksi” ga amal qilishlari takidlab o`tildi.
QAROR QILADI:
1. Kafedra mudiri X.Boqiyevning bergan axboroti ma`lumot uchun qabul qilinsin.
2. Kafedraning professor-o`qituvchilari tanishganliklari tasdiqlab qaydnomada shakllantirilsin.
Yig`ilish raisi: X.X.Boqiyev
Yig`ilish kotibi: F.M.Ahmedova
Yüklə 17,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin