12-Mavzu: Buddaviylik va xristian dini tarixi va falsafasi Reja



Yüklə 64,04 Kb.
səhifə1/12
tarix11.11.2023
ölçüsü64,04 Kb.
#132097
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
12-mavzu


12-Mavzu: Buddaviylik va xristian dini tarixi va falsafasi
Reja:
1. Buddizm. Buddizm ta'limoti - to‘rt oliy haqiqat, nirvana. Buddizm axloqiy ta'limoti - “pancha-shila”.
2. Buddizmdagi oqimlar: maxayana, xinayana, lamaizm va h.k. O‘zbekistan hududidagi buddizm yodgorliklari va ularning tadqiq etilishi.
3. Xristianlik. Xristian iloxiyoti. YAkka xudoning uch qiyofasi: Ota-xudo, O‘g‘il-xudo, Muqaddas ruh.
4. Xristianlikdagi asosiy oqimlar - ortodoks (pravoslavie), katolitsizm, protestantizm.
5. Xristianlikning O‘rta Osiyoga kirib kelishi.
TAYANCH SO'Z VA IBORALAR
Buddizm, nirvana, maxayana, xinayana, lamaizm, Markaziy Osiyoda buddaviylik., Xristianlik, Ota-xudo, O‘g‘il-xudo, Muqaddas ruh, ortodoks (pravoslavie), katolitsizm, protestantizm Markaziy Osiyoga xristianlikning kirib kelishi.

1. Buddizm. Buddizm ta'limoti - to‘rt oliy haqiqat, nirvana. Buddizm axloqiy ta'limoti - “pancha-shila”.
Buddaviylik - uchta dunyo dinlari ichida eng qadimiysi hisoblanib, eramizdan avvalgi VI-V asrlarda Hindistonda yuzaga kelgan. Bu dinga e'tiqod qiluvchilar, asosan, Janubiy, Janubi-SHarqiy va SHarqiy Osiyo mamlakatlarida, SHri-Lanka, Hindiston, Nepal, Butan, Xitoy, Singapur, Malayziya, Mongoliya, Koreya, Vetnam, YAponiya, Kombodje, Birma, Tayland, Laosda va qisman Evropa va Amerika qit'alarida, Rossiyaning shimoliy mintaqalari - Buryatiya, Qalmiqistonda istiqomat qiladilar.
Hozirgi kunda dunyoda buddaviylikka e'tiqod qiluvchilar soni qanchaligi aniqlanmagan, chunki ko‘pgina mamlakatlar huquq normalariga ko‘ra qaysi dinga e'tiqod qiluvchilar soni qancha deb hisobot ishlari olib borilmaydi. Biroq taxminan olinganda hozirgi kunda dunyoda buddaviylar soni 400 mln.ga yaqin bo‘lib, ulardan 1 mln.ga yaqini monaxlardir.
Buddaviylik bundan 2500 yildan avvalroq Hindistonda diniy falsafiy ta'limot sifatida vujudga kelib, unda ko‘plab qonuniy manbalar va ko‘p sonli diniy yo‘nalishlar mavjuddir.
Buddaviylikning turli millatlar tomonidan keng qab
ul qilinishi va uning keng doirada tarqalib ketishining sababi uning turli milliy va diniy an'analar bilan kirisha olishi bo‘lib, bu narsa buddaviylikning hayotning barcha sohalari, jumladan, diniy, madaniy, siyosiy va iqtisodiy qatlamlarga kirib borishiga sabab bo‘ldi.
Buddaviylikni din yoki falsafa, ideologiya yoki madaniyat qonunlari to‘plami yoki hayot tarzi deb baholash mumkin.
Hozirgi buddaviylikka e'tiqod qilib kelayotgan sharq mamlakatlaridagi buddaviylik ta'limotini o‘rganish u erdagi siyosiy-iqtisodiy, ma'naviy madaniyatini tuShunishning asosiy omillaridan hisoblanadi. Bu davlatlarda buddaviylik qoida va an'analari buddaviylikka e'tiqod qiluvchilar nazarida markaziy hukumat qonunlaridan ko‘ra ustun turadi. Bu narsa zamirida buddaviylikning potensial kuchi yotadi.
Buddaviylik asoschisining shaxsi. Buddaviylik asoschisi haqiqiy tarixiy shaxsdir. Bu ko‘plab buddaviylik bilan Shug‘ullangan tadqiqotchi olimlar bizgacha etib kelgan manbalar asosida isbot qilganlar. Buddaviylik asoschisi haqida xabar beruvchi folklor va badiiy Adabiyotlar uni Siddxarta, Gautama, SHakyamuni, Budda, Tadxagata, Djipa, Bxagavan kabi ismlar bilan zikr etadilar. Bu ismlarning ma'nolari quyidagicha: Siddxartxa - shaxsiy ismi, Gautama - urug‘ ismi, Shakyamuni - shaklar yoki shakiya qabilasidan chiqqan donishmand, Budda - nurlangan, Tadxagata - Shunday qilib Shunday ketgan, Djina - g‘olib, Bxagavan - tantana qiluvchi. Bu ismlar ichida eng mashhuri Budda ismi bo‘lib, Shu ismdan uning diniga buddaviylik (buddizm, buddiylik) nomi berilgan.
Hozirgi kunda Buddaning beshta biografiyasi ma'lumdir: «Maxavostu» - eramizning II asrida yozilgan, «Lalitavistara» - eramizning II-III asrlarida yuzaga kelgan, «Buddaxacharita» - Budda faylasuflaridan biri Ashvagxoshey tomonidan eramizning I-II asrlarida yaratilgan, «Nidanakatxa» - eramizning 1-asrida yozilgan va «Abnixishkramansutra».

Yüklə 64,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin