12-Mavzu: Buddaviylik va xristian dini tarixi va falsafasi Reja


A'rof haqidagi ta'limot I asrdayoq paydo bo‘lgan edi. Pravoslav va Protestant cherkovlari a'rof haqidagi ta'limotni rad etadi



Yüklə 64,04 Kb.
səhifə8/12
tarix11.11.2023
ölçüsü64,04 Kb.
#132097
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
12-mavzu

A'rof haqidagi ta'limot I asrdayoq paydo bo‘lgan edi. Pravoslav va Protestant cherkovlari a'rof haqidagi ta'limotni rad etadi.
Bundan tashqari, pravoslav dini ta'limotidan farqli o‘laroq, katolik yo‘nalishida papaning begunohligi haqidagi aqida ham bor. Bu aqida 1870 yildagi birinchi Vatikan soborida qabul qilingan. Farb cherkovining Bogorodisaga nisbatan alohida e'tibori 1950 yilda papa Piy XII tomonidan kiritilgan, Bibi Maryamning meroji haqidagi aqidada o‘z aksini topdi. Katolik ta'limoti pravoslav ta'limoti kabi etti asrorni tan oladi, biroq bu asrorlarni talqin qilinishidan qarashlar mos kelmaydi. Masalan, pricheshenie (tamaddi) qilish qattiq non bilan, (pravoslavieda bo‘ktirilgan non bilan) dunyoviy (miryane)larga non va vino bilan Shuningdek faqat non bilan amalga oshiriladi. CHo‘qintirish sirini o‘tash paytida suv sepiladi (cho‘qintiriluvchiga), muz ostidagi suvga cho‘ktirilmaydi.
Miropomazanie (cho‘qinuvchining peshonasiga eley surkash) etti-sakkiz yoshlarda amalga oshiriladi, go‘dakligida emas. Bunda o‘spirin (bola) yana bitta ismga ega bo‘ladi. Bunda u o‘sha avliyoning qilmishlari va g‘oyalarini maqsad qilib qo‘yadi. Shunday qilib, bu rusumning ijro etilishi imon mustahkamlanishiga xizmat qilishi zarur.
Pravoslavlarda nikohsizlik rusumini faqat qora ruhoniylik qabul qiladi. Katoliklarda esa nikohsizlik (selibat) Papa Grigoriy VII tomonidan joriy qilingan qoidaga ko‘ra barcha ruhoniylar uchun majburiydir.
Din markazi - ehromdir. Dinning muhim elementlari cherkovga qatnovchilar hayotining maishiy asoslarini tartibga soluvchi bayramlar, Shuningdek postlardir.
Milodiy post katoliklarda advent deb ataladi. U Avliyo Andrey kunidan keyingi birinchi yakshanbada - 30 noyabrda boshlanadi. Ular uch ibodat bilan: yarim tundagi, ertalabki va kunduzgi ibodat bilan nishonlanib, Bibi Maryam homilador bo‘lishi, Isoning tug‘ilishi va dindorning qalbida bo‘lishi kabi ramziy ma'noni anglatadi. O‘sha kuni tazim qilish uchun ehromlarda go‘dak Isoning figurasi qo‘yilgan yaslilar o‘rnatiladi.
Katolik ierarxiyasida uch darajadagi ruhoniylar bor: diakon, ruhoniy (kyure, pater, kendz) episkop. Episkopni papa tayinlaydi. Papani kardinal kollegiya saylaydi. Bunda umumiy ovozning uchdan ikki qismi plyus 1-ovoz (yashirin ovoz berish yo‘li bilan) II Vatikan soborida (1962-1965 yillar) cherkov hayotining barcha jabhalarini yangilash, zamonaviylashtirish jarayoni boshlandi. Birinchi navbatda ibodat an'analariga tegishli bo‘ldi. Masalan, ibodatni lotin tilida olib borishdan voz kechildi.
3. Protestantizm oqimi. Protestanizm tarixi Martin Lyuterdan (1483-1546) boshlanadi. U birinchi bo‘lib katolik cherkovi bilan aloqani uzdi va protestant cherkovining asosiy qoidalarini ishlab chiqdi va uni himoya qildi. Bu nizomga ko‘ra, insonning Xudo bilan bevosita muloqoti mumkin. Lyuterning diniy va dunyoviy hokimiyatga qarshi chiqishlari, katolik dindorlarning imonni va vijdonni inson bilan Xudo o‘rtasidagi vositachi sifatida nazorat qilish haqidagi mulohazalarga qarshi chiqishi jamoatchilik tomonidan favqulodda diqqat bilan tinglandi.

Yüklə 64,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin