12-Mavzu: iste`molchilarning xulq-atvor modellari


Xaridorlar ehtiyojlarining asosiy 6 kategoriyasi



Yüklə 51,99 Kb.
səhifə3/16
tarix07.02.2023
ölçüsü51,99 Kb.
#123110
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
12.2-mavzu

Xaridorlar ehtiyojlarining asosiy 6 kategoriyasi:
1) fiziologik,
2) ijtimoiy,
3) ramziy(simvolik)
4) gedonik
5) kognitiv
6) empirik
Fiziologik – bu ovqat, qon va h.k.
Ijtimoiy ehtiyojlar biror guruhga yoki ijtimoiy birlikka mansublikka ehtiyojni qondiradi.
Ramziy ehtiyojlar – iste’molchi tovar yoki xizmatdan foydalanib turib o`zini ulug`lashga harakat qilishi mumkin. Bu tovar yoki xizmatdan foydalanish o`z-o`ziga baho belgisi sifatida chiqadi va muvaffaqiyat, yutuqlar, hukmronlik va shaxsiyatning boshqa tomonlarini namoyon etadi, ya’ni ichki ruhiy holatni ko`rsatib, ular simvolik ehtiyojlar va istaklarga javob berishi mumkin.
Gedonik ehtiyojlar – ko`pchilik iste’mollar ta’m, muattar hid(agar gap taom haqida ketsa) yoki tuyg`ular(agar gap xizmatlar haqida bo`lsa) evaziga rohatlanishni ta’minlaydi.
Kognitiv ehtiyojlar – bu bilimga, o`rganishga(kitob, jurnal, gazeta, axborot teleko`rsatuvlar,hujjatli filmlar, axborot reklama dasturlari – bularning barchasi o`qish, tadqiqot, bilimlardagi bazaviy ehtiyojlarga murojaat etishdir) bo`lgan ehtiyojdir.
Empirik ehtiyojlar – bu muayyan kutilgan emotsiya, kayfiyatni paydo qiluvchi hissiyotlarni(konsertlarga tashrif buyurish, sport tadbirlariga qatnashish) qondiruvchi ehtiyojlardir.
Esda tutish lozimki, iste’mol qilish bilan bog`liq bo`lgan xohlagan olib qaralgan faoliyat bir vaqtning o`zida ko`plab yoki istaklarning barcha tiplariga javob bera oladi. Masalan, kiyim-kechak predmeti issiqlik berishi uchun sotib olinishi mumkin; kiyimda mashhur modelyerning tovar belgisi bor, ya’ni obro`yini ko`rsatish yuz beradi; u qulay bo`lishi yoki barcha ustunliklarning hosilasi, kiyimni kiyib yurishda yoqimli bo`lishligi ham bo`lishi mumkin.
Zamonaviy o`zbek madaniyatida muvaffaqiyatli menejment, biznesning har bir bosqichi – maxsulot, reklama, sotuvdan keyingi xizmat ko`rsatish va h.k. xaridor ehtiyojini qanchalik qondirilishiga bog`liq.
Har qanday firmaning muvaffaqiyati xaridorni sizning tovarni sotib olishni va to`lovni amalga oshirishni xohlashi yoki xohlamasligi bilan bog`liq.
Firma xaridorlar ehtiyojlarini o`z faoliyatini rejalashtirishdan oldin bilishi zarur, ya’ni o`z maxsulotingni yaratganda o`z iste’molchingni yarat marketing tamoyiliga amal qilinadi.
Xaridorlar ehtiyojlari doimiy tarzda shunday kuzatilishi va tahlil etilishi lozimki, “maxsulot” va “bozorni rivojlantirish” yondashuvlarida firma o`z raqobatchilaridan o`zib ketsin.
Iste`molchi uchun avvalambor nima “qadriyat” kasb etishi va ehtiyojlari qanaqaligini tushunishdan boshlash lozim.

Yüklə 51,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin