12-Mavzu: iste`molchilarning xulq-atvor modellari


Iste’molchilar xulqiga ta’sir etuvchi tashqi omillar



Yüklə 51,99 Kb.
səhifə6/16
tarix07.02.2023
ölçüsü51,99 Kb.
#123110
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
12.2-mavzu

5. Iste’molchilar xulqiga ta’sir etuvchi tashqi omillar
A. Madaniy omillar. Iste’molchi xulqiga ta’sir o`tkazuvchi muhim omillarga iste’molchi madaniyati, uning muayyan etnos, ijtimoiy sinf va submadaniyatga mansubligini aytish mumkin.
Madaniyat. Madaniyat – haman va murakkablik jihatdan yirik tushuncha. Insoniyatning rivojlanishi va madaniyatlar tizmida madaniy yutuqlarning murakkablashuvi sababidan alohida tashkil etuvchilar, alohida tarkiblar(komponentlar) va tizimostilar aniqlandi.
Shunday qilib, etnografik ta’limda madaniyatni ma’naviy va moddiyga ajratish an’anaviy hisoblanadi(G. Fransev). Shuningdek, ijtimoiy, tasviriy(M.S. Kagan), xulqiy, imo-ishoraviy va b.q. madaniyatlar(E.S. Sokolov).
Oilada va boshqa jamoat bosqichlaridagi ijtimoiylashuv jarayonida insonga qadriyatlar, idrok etish qolibi va yurish-turish tarzi singib boradi. Aniqki, madaniyat bizning tafakkurimiz va xulq-atvorimizni boshqaradi va yo`naltirib boradi, shuning uchun iste’mol haqida qaror qabul qilishda ulkan ta’sir o`tkazadi.
Madaniyatni bir tilda so`zlashuvchi va bir makonda istiqomat qiluvchi bir guruhga mansub odamlarni xulq na’munalarini yetkazuvchi qadriyatlar, axloq normalari, ifoda etish(gapirish), ishontirish shakllarining jamlanmasi sifatida tariflash mumkin. Madaniyat rag`batlantirish yoki biror odamning xulqi va fikr yuritish tarziga to`sqinlik qilish tendensiyasiga ega. Tushunarliki, madaniyat bizning fikrlashimiz va hatti-harakatlarimizni boshqaradi va yo`naltiradi, shuning uchun iste’mol va xarid etish chog’ida katta ta’sir o`tkazadi.
Zamonaviy dunyoning ma’daniy o`zgarishlarda 3 guruhdagi tendensiyalarni ajratib ko`rsatishadi:
1) fan va texnikaning intensiv rivojlanishi sharotida, madaniyatning umumiy progressiv harakatlari bilan shartlanganligi;
2) zamonaviy ijtimoiy-siyosiy shart-sharoit bilan shartlanganligi(bog`liqligi);
3) dunyo xalqlarining, butun insoniyat taqdirining umumiyligini tushunib yetganliklarining o`sib borishi bilan bog`liq(S.A. Arutyunov).
Shu bilan birga, S.A. Arutyunov va E.V. Sokolovlar hamkorlikdagi ishlarida birlashuv va alohida madaniyatning mutaxassislashuvi natijasida butun dunyo uchun umumiy bo`lgan madaniyat yo`nalishlari paydo bo`la boshladi, deb hisoblaydilar: birinchisi – insonlarning mehat, kasbiy faoliyati bilan bog`liq; ikkinchisi – turmushi va bo`sh vaqtlariga aloqador; shubhasiz, servis sohasi mutaxassislari faoliyatida o`z korxonalarining marketing strategiyalarini ishlab chiqishda buni e’tiborga olishlari zarurdir. Xususan, shuni qayd etish kerakki, kasbiy madaniyat qat’iy aniqlangan faoliyatni qamrab olib, chegaralangan hisoblanishi va inson ma’naviy hayotining turli talablarini qondira olmasligini hisobga olish lozim. Shu bilan bir qatorda u yoki bu kasbdagi mutaxassislar hamjamiyatida o`zlarining xalqaro an’analari mavjud(masalan, tibbiyotda), ayniqsa kasbiy faoliyat iste’molning milliy o`ziga xosligi anchayin muhim hisoblanadi.
O`z navbatida, bo`sh vaqtni tashkillashtirish sohasi, garchi kasbiy qiziqishlar, kasbiy madaniyatga bog`liq bo`lmasada, ammo u bilan chambarchas aloqada. Chunki turmush va hordiq chiqarish kasbiy madaniyat maxsulotlariga bog`liq va kasbiy madaniyat maxsulotlari orqali dam olish madaniyatiga kasbiy-texnik, kasbiy-ilmiy bilimlar sevimli mashg`ulotlar “xobbi” ko`rinishida va hamda professional rassomchilik madaniyati tomonidan yaratiladigan iste’mol qiymatliklari kiritiladi.

Yüklə 51,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin