12-mavzu: ta’limni tashkil etish turlari va shakllari ta’lim metodlari va vositalari. Mavzu rejasi



Yüklə 54,55 Kb.
səhifə9/17
tarix19.01.2023
ölçüsü54,55 Kb.
#122356
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
12-ma\'ruza

Ta’lim metodlarini tanlash. Pedagogika fanida, o’qituvchilarning amaliy tajribasini o’rganish va umumlashtirish asosida ta’lim metodlarini tanlashga o’quv tarbiya jarayoni kechayotgan shart-sharoitlar va aniq holatlarga bog’liq muayyan yondashuvlar vujudga keladi. Ta’lim metodlarini tanlashda quyidagi holatlar inobatga olinishi lozim:

  • Tа’limning umumiy mаqsаdlаri.

  • Fаnning vа o’rgаnilаyotgаn mаvzuning mаzmuni hаmdа o’zigа хоsliklаri.

  • Birоr fаnni o’qitish mеtоdikаsining o’zigа хоsliklаri.

  • Mаtеriаlni o’rgаnishgа аjrаtilgаn vаqt.

  • O’quv mаshg’ulоtining mаqsаdi, vаzifаlаri vа mаzmuni.

  • O’quvchilаrning yoshi vа bilish imkоniyatlаri.

  • O’quvchilаrning tаyyorgаrlik dаrаjаsi.

  • Tа’lim muаssаsаsining mоddiy tа’minlаngаnligi.

  • O’qituvchining nаzаriy, аmаliy vа mеtоdik tаyyorgаrligi, pеdаgоgik mаhоrаtni egаllаgаnlik dаrаjаsi.

Ta’lim vositalari. Ta’lim metodlari ta’lim vositalari bilan birgalikda qo’llaniladi. Ta’lim vositalari – bu yangi bilimlarni o’zlashtirish uchun o’qituvchi va o’quvchilar tomonidan foydalaniladigan ob’yekt. Ta’lim vositalari katta ahamiyatga ega. Ta’limning barcha vositalari ta’lim maqsadlarini muvafaqqiyatli amalga oshiradi.

Didaktik vositalar deganda, o‘quv va ko‘rgazmali qo‘llanmalar, namoyishli qurilmalar, texnik vositalar tushuniladi.

Ta’lim vositalari o’zida o’quv-tarbiyaviy maqsadga erishish uchun zarur bo’lgan moddiy yoki ma’naviy qadriyatlarni aks ettiradi. Odatda ular ta’lim metodlariga mos holatda foydalaniladi. Biroq agar metodlar «qanday o’qitish» savoliga javob bersa, vositalar esa, «uning yordamida niamani o’qitish» savoliga javob beradi.
An’anaviy ravishda qo’laniladigan ta’lim vositalariga darslik, rasmlar, jadvallar, nutq, o’quv-ustaxonasi jihozlari, laboratoriyalar, axborot vositalari, o’quv jarayonini tashkil eti shva boshqarish vositalari kiradi.
Didaktik vositalar metodlar singari ta’limiy, tarbiyaviy va rivoj-lantiruvchi funktsiyalarni bajaradi. Bundan tashqari o’quvchilarning o’quv-bilish faoliyatini hosil qilish, boshqarish va nazorat qilish vazifalarini bajaradi.
Didaktik vositalar audivizuallik tafsilotida motivatsion, axborot, ta’lim jarayonini boshqarish, optimallashtirish funktsiyalarini bajaradi.
Fanni o’qitish bilan bog’liq holda ta’lim vositasi tanlanadi. O’qituvchi o’zining ixtiyori bo’yicha ko’rgazmali material, o’quv qo’llanmadan foydalanishi mumkin. Ta’lim vositasini qo’llashning yana bir jihati albatta ta’lim jarayonining tarkibiy qismi sifatida aks ettirishidir.
Ta’lim vositasini tanlab olish ta’lim metodini tanlab olish bilan bog’liq. Agar ta’limning faol metodi(kitob bilan ishlash, mashqlar) foyda-lanilsa, u holda o’quv qo’llanmalari, darsliklar va ta’limning texnik vositalaridan foydalaniladi. Aynan ta’limning aktiv-texnik vositalari amaliy metodlarda foydalaniladi.
Ta’limning faollikni nisbatan kam talab etadigan metodlari(o’quvchilar eshitadi, ya’ni hikoya, ma’ruza, tushuntirish, ekskursiya) ta’limning ko’rgazmali vositalaridan foydalaniladi. Ta’limning ko’rgazmali vositalari pedagogning o’zi tomonidan tuzilgan bo’lishi mumkin.

Yüklə 54,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin