12-mavzu: Tasviriy san'at fanlarini o’qitishda zamonaviy pedagogik metodlar


Talabalar ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishdagi innavatsion texnologiyalarni qo‘llashning o‘rni, imkoniyatlari va ahamiyati



Yüklə 43,18 Kb.
səhifə2/5
tarix19.04.2022
ölçüsü43,18 Kb.
#115383
1   2   3   4   5
12-MA'RUZA

Talabalar ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishdagi innavatsion texnologiyalarni qo‘llashning o‘rni, imkoniyatlari va ahamiyati.

Har tomonlama yetuk shaxsni tarbiyalash va ta’lim berish hozirgi paytda ta’limning bosh vazifasi hisoblanadi. Shaxsiyatni tarbiyalashdagi asosiy qurilmalardan biri bu ijodiy jarayon hisoblanadi. Uning rivojlanishi natijasida talabalardagi narsalarni bilishga bo‘lgan qiziqish ortadi, intellektual (aql idrokning oshishi) rivojlanish, mustaqil fikrlash darajasi oshishi, vazifani bajarishda izlanishga qiziqish, bilimga chanqokdik, o‘ziga ishonch, qat’iyatlilik kabi xislatlar shakllanadi. Talabalarning ijodiy imkoniyatlari faoliyat jarayonidagi har turdagi vazifalarning yechimini topishda rivojlanadi. Yuzaga kelgan muammoli vaziyat har bir inson uchun tasviriy san’atda ob’ektiv (xolis) yoki sub’ektiv (noxolis) aks etishi mumkin bo‘lgan qatiy va aniq yechimlar qabo‘l qilishni talab qiladi.

Ijod tushunchasini har kim har xil talqin qilishi mumkin. Katta ensiklopedik lug‘at shunday umumlashtiruvchi aniqlikni beradi: “Ijod bu yangi sifatli va takrori yo‘qligi bilan ajralib turadigan, o‘ziga xos va umum tarixiy noyoblikni yaratadigan faoliyat. Ijod insonning o‘ziga xos xususiyatlaridan biridir, shuning uchun har doim ijodiy faoliyat sub’ekta ijodkorga mansub bo‘ladi amerikalik olim P.Xillaning fikriga ko‘ra “ijod bu avval ma’lum bo‘lmagan buyumlar yaratishga undaydigan, bilimni boyitadigan fikrning noma’lum joylariga muvafaqqiyatli parvozi” deb ta’riflaydi. Polshalik tadqiqotchi A. Mateyka esa “ijodiy jarayonning mazmuni mavjud tajribani tubdan o‘zgartirib, yangi birikmalar asosida qaytadan shakllantirishdan iborat” deydi.

Bir so‘z bilan aytganda ijodiy jarayon bu ijodiy vazifalarning yechimini topish deyish mumkin. Bunda ijodiy vazifalarni shunday aniqlaymiz. Bu inson tomonidan muammo sifatida anglanayotgan, o‘zining yechimini topishda yangi usullarni talab qiladigan, qandaydir yangi texnologiya, harakat usulini yaratishdan iborat.

Talabalarda ijodiy imkoniyat rivojlanishi uchun ulardagi o‘ziga bo‘lgan ishonch va ijodiy vazifalarni yechish qobiliyatlarini shakllantirish zarur. Kimda o‘ziga nisbatan ishonchi bo‘lmasa, u omadsizlikka yuz tutishi muqarrar. Albatta bu ishonch asoslangan bo‘lishi kerak.

Talabalarning maqsad, vazifa va uni yechish vositalarini mustaqil tanlashga intilishni har tomonlama rag‘batlantirilib borilishi zarur.

Javobgarlikni o‘z bo‘yniga olib mustaqil harakat qilishga o‘rganmagan inson, ijodiy faoliyatga nisbatan qobiliyatini yo‘kotadi.

Talabaning vazifani yechimini topishdagi tavakkalchilikka moyilligini keng ko‘lamda qo‘llab – quvvatlab turish zarur. Tabiiyki har qanday tavakkal ish avvalo o‘zida ma’naviy va jismoniy tomonlarga ziyon keltiruvchi ko‘plab xavf-xatarlarni olib kelishi mumkin. Lekin bu yerda ya. Korchak (1979) tomonidan “jismoniy baquvvat lekin shaxs sifatida rivojlanmagan inson ma’qulmi yoki sog‘lig‘i, ba’zan hayotini tahdidga qo‘yib bo‘lsada yetuk shaxs sifatida tarbiyalangan inson ma’qulmi” degan muammoli savolni o‘rtaga tashlanadi. “Olib borilgan tadqiqotlar natijasi insondagi vazifaning yechimini tavakkal qilib yechishga moyillik, ijodkor shaxs xarakterining o‘ziga xos mustahkam qirralaridan biri ekanligini ko‘rsatadi.”1

Tasavvurni rivojlantirish va fantaziyaga bo‘lgan moyilligiga mo‘nelik qilmaslik kerak. Mustaqillikka rag‘batlantiradigan yoki pedagog tomonidan yangi bilimlarning o‘zlashtirishga bunday talabalardagi yangi paydo bo‘lgan o‘zining qobiliyatiga bo‘lgan ishonchni kuchaytiradigan muammoli o‘qitish usullarini keng qo‘llash kerak bo‘ladi. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki muammoli usullar orqali olingan bilimlar, an’anaviy usullar orqali olinadigan bilimlarga xos bo‘lgani kabi ijodiy jarayonni susaytirish ta’siriga ega emas.


Yüklə 43,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin